tomoshalaridan tushgan daromad evaziga ro`zg`or tebratishgan. Buxoroda O`g`lon
darvozasi mahallasida qo`g`irchoqboz va sozandalarning hzga yaqin oilasi
yashagani ma`lum. Toshkentda ham Ko`kcha, Sebzor, Beshyog`och va
SHayxontohur dahalarida qo`g`irchoqbozlar oilalari istiqomat qilishgan.
Qo`g`irchoq teatri o`ziga xos o`yin-kulgi vositasi bo`lib, xalqning ijtimoiy-
maishiy turmush tarzi, axloq normalari, turli munosabatlarini satira va hmor orqali
namoyish etish san`ati sanaladi. Qo`g`irchoq teatrining tarixiy-genetik ildizlari
juda qadimga borib taqaladi. Uning ilk ildizlari ajdodlarimizning o`tmishdagi urf-
odatlari va marosimlariga bog`liq bo`lib, ibtidoiy insonning tabiat hodisalari oldida
o`zini ojiz sezib, turli ma`budlarga sig`inishi, tabiiy ko`ringan hodisalarni ta`riflash
maqsadida yasalgan ramziy shakllarga, totem sanalgan hayvonlar qiyofasini aks
ettiruvchi niqoblarni kiyib ritual raqsga tushishi hodisalari pirovardida qo`g`irchoq
teatri hzaga kela boshlagan. Tadqiqotchilarning aniqlashicha, qo`g`irchoq
teatrining paydo bo`lishi dunyodan o`tgan ajdodlarni teatrlashtirilgan holda yodga
olish marosimi asosida hz bergan. Bu marosim qoidasiga ko`ra, marhumning eng
yaqin kishisi uning niqobini kiyib, xuddi o`sha marhumga o`xshab va o`xshatib
gapirgan, harakat qilgan. Keyinchalik esa, bu marosim o`zidagi urfiy belgilarini
yo`qotib, oddiy tomoshaga aylana borgan, ibtidoiy-mifologik ishonchlarning
kuchsizlanishi
va
yo`qola
borishi
natijasida
mazkur
ramziy
shakllar
qo`g`irchoqbozlar qo`liga o`tib, tanqidiy vazifani ado eta boshlashi tufayli
qo`g`irchoq teatri shakllangan. Qo`g`irchoq teatrining mavzulari kengaya
boshlashi oqibatida niqoblar arsenali ham turfalashib ko`paya borgan. XI-XII
asrlarda O`rta Osiyoda qo`g`irchoq teatri juda tez rivojlangan. Temuriylar davriga
kelib qo`g`irchoq teatri yanada gullab-yashnaganki, buni Alisher Navoiyning
―Xamsa‖ asarida odamlar hayotini qo`g`irchoq teatriga o`xshatib ta`riflagani ham
yaqqol tasdiqlaydi. Qolaversa, XY asrda yashagan Husayn voiz Koshifiy
―Futuvvatnomai sultoniy yoxud juvonmardlik tariqati‖ asarining to`rtinchi fasli
ikkinchi qismini maxsus ―Qo`g`irchoqbozlar bayonida‖gi sarlavha bilan xalq
qo`g`irchoq teatrining tabiati va turlarini tavsiflashga bag`ishlangani bejiz emas.
Ayni zamonda qo`g`irchoq teatrining uch ichki turi keng taraqqiy etayotir:
1.
Dostları ilə paylaş: