Samarqand davlat universiteti «O„zbek folklori»


«CHodir jamol» qo`g`irchoq teatri



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/66
tarix18.11.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#133067
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   66
@iBooks Bot o‘zbek folklori

«CHodir jamol» qo`g`irchoq teatri. 
Bunda
 
qo`g`irchoqlar qo`lga kiyilib, 
barmoqlar vositasida harakatga keltirilgan. Bu teatrda, asosan, uch ko`rinishli 
―Polvon Kachal sarguzashtlari‖ xalq komediyasi o`ynalgan. O`z-o`zidan 
ayonlashayotirki, bu teatrning (komediyaning ham) bosh qahramoni Kachal polvon 
bo`lib hisoblanadi. ―Kachal‖ so`zining lug`aviy ma`nosi kal bo`lib, ko`chma holda 
―maymoq, qaltiroq, qo`rqoq‖ degan ma`nolarda qo`llanilib, istehzo va pichingni 
ifodalaydi. 
CHodir jamol‖da o`ynovchi qo`g`irchoqbozning kamida 20 ta qo`g`irchog`i 
bo`lgan. Spektakl jarayonida shulardan 8-12 tasini qo`lga kiyib, 4-6 epizodni 


namoyish qilgan. U, asosan, kunduzi o`ynalganligi sababli ―ro`z bozi‖ deb ham 
atalgan. 
Professor M.Qodirov ―CHodir jamol‖da 100dan ortiq qo`g`irchoq 
qatnashganini ta`kidlab, ularni tubandagicha to`rt guruhga taqsimlab tasvirlaydi:
1. 
Satirik personajlar
: rais, yasovul, sudxo`r, hoji kampir, tergovchi, 
ko`knori, dalla-sovchi... 
2. 
Xalq tiplari
: o`zbek, rus, qozoq, yahudiy, turkman, Abram mujik va 
Oyqiz SHura. 
3. 
San`at ahli
: sozanda, yallachi, masxaraboz, raqqosa, dorboz, 
maymunboz, tosboz... 
4. 
Hayvonlar va afsonaviy maxluqlar
: yalmog`iz kampir, ajdaho, shayton, 
Qoravoy it va boshqalar. 
Bu personajlarning har biri betakror qiyofaga ega va xalq komediyasida 
o`zigagina xos ijtimoiy-estetik vazifani bajarishlari tufayli asarning g`oyaviy-
badiiy maqsadini ochishga xizmat qilgan va tomoshabinlarga zavq va saboq 
berishgan. 
2. 
“CHodir xayol” qo`g`irchoq teatri.
Buni hozir zamonaviylashtirib 
marionetka teatri
deyiladi. ―CHodir xayol‖ teatrida qo`g`irchoqlar harakati iplar 
yordamida amalga oshiriladi. Qora iplarga bog`langan qo`g`irchoqlar kechasi qora 
parda fonida harakatlantirilgani uchun iplari ko`zga tashlanmaydi va 
qo`g`irchoqlar go`yo o`zi harakatlanayotganday ko`ringani uchun tomoshabinlarda 
katta qiziqish hamda estetik zavq uyg`otgan. Bu teatrda, asosan, ―Sarkardalar‖ xalq 
komediyasi o`ynalgan. 
―CHodir xayol‖da ham 100 ta qo`g`irchoq –personaj mavjud. P.A.Kamarov 
kollektsiyasida shulardan 47 tasi mavjud, qolganlari esa hanuzgacha noma`lum. 
―CHodir xayol‖ spektaklida voqea, asosan, xon saroyida kechadi. SHu 
vajdan unda harbiylarni ifodalovchi qo`g`irchoq – personajlar ko`p. CHunonchi 
yasovul, rus sarbozlari, xitoy sarbozlari va xalq komediyasining bosh qahramoni 
Yo`ldosh yasovul shu silsilaga kiradi. 
SHuni ta`kidlash joizki, ―CHodir xayol‖ spektaklida kamida 50 tacha 
qo`g`irchoq ishtirok etganligi tufayli ularni ip bilan boshqarish zaruriyatga 
aylangan. Bu tomosha, asosan, kechqurun o`ynalganligi tufayli ―shab bozi‖ deb 
ham hritilgan. 
3

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin