Samarqand davlat universiteti «O„zbek folklori»



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/66
tarix18.11.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#133067
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   66
@iBooks Bot o‘zbek folklori

Oqzaki dramaturgiya.
Xalq teatrlari og‘zaki dramaturgiyasida dramatik 
harakat, sahnaviy o‘yin matn bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularning birini 
ikkinchisisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Xalq p‘esalarining «O‘yin» deb atalishi 
ham uning mana shu xususiyatidan kelib chiqqan. Og‘zakilik xalq ijodining
jumladan, masxarabozlar dramasining etakchi xususiyatlaridan biridir. Xalq 
teatrida qishloq ko‘chasi, shahar bozori, hovli yuzasi sahna bo‘lsa, tabiat manzarasi 
daraxtzor, sahro sahna bezaklari vazifasini bajaradi. Ijroda esa, dialog, ishora, 
harakat, pardoz aniq va yorqin bo‘lmog‘i kerak. Bundan tashqari, tomoshabinlar 
sahnadagi gap, harakat va imo-ishorani hayajon bilan qabul qilgan holda o‘z his-
hayajonlarini ham izhor etadilar.


Og‘zaki dramaning ahamiyatli tomoni shundaki, u jamiyatdagi illatlarni fosh 
etadi. Ularda asosan, boylar, sutxo‘rlar va savdogarlar qattiq hajv ostiga olinadi. 
Hajviy kulgi, tanqidning ta`sirli ko‘rinishidir. Kulgi qanchalik asosli va kuchli 
jaranglasa, tanqid shuncha zo‘r va o‘tkir bo‘ladi. Unda hayotda g‘ov bo‘ladigan 
hamma narsa fosh etiladi. YUmor u yoki bu voqea-hodisalarni ko‘proq tuzatish va 
yaxshilashga, yo‘qotishga xizmat qiladi. U do‘stona hayrixox kulgidir.
Og‘zaki satirik komediyalarda amaldorlar, boylar, o‘g‘rilar, qimorbozlarni 
fosh etish markaziy o‘rinda turadi. Xalq satirasining o‘tkir tig‘i illatlarni fosh 
etishga qaratilgan. Masalan, «Rais», «Xirmon ko‘tarish», «Mirob», «Qozibozlik» 
kabi qator dramalarda ma`muriy – diniy amaldorlar hajviy vositalar bilan fosh 
etiladi.
Qo‟g‟irchoq teatri. 
Qo‘g‘irchoqbozlik eng qadimgi davrdan boshlab xalq 
orasiga keng tarqalgan dramatik shakl bo‘lib, unda turli obrazlar yog‘och 
o‘yinchoqlar, uni o‘ynatuvchi va o‘rgatuvchi, o‘yin boshlovchilar ijro etadi. 
Qo‘g‘irchoq o‘yini asosan, bolalar, yoshlar orasida namoyish qilinadigan o‘yin-
kulgi vositalaridandir. SHuningdek, qo‘g‘irchoq teatri sayil-tomosha, to‘y, bozor 
kabi yig‘inlarda ijro qilingan. Hozirgi kungacha o‘tmishda yaratilgan 
qo‘g‘irchoqbozlik ma`lumotlari turli manbalar orqali bizgacha etib kelgan. 
Ularning ayrim matnlari «Kachal polvon», «Sarkardalar», «Tegirmonchining 
uylanishi» kabilardir. Bu tomoshalar hozirgi kunda deyarli o‘ynalmaydi. 
«Oftobxon va Moxtobxon» komediyasida ko‘p zamonlardan beri xalqni alba 
kelgan duoxon va avliyolar o‘tkir hajv kulgi bilan masxara qilinadi. Qo‘g‘irchoq 
teatrini tashkil etish juda murakkab bo‘lib, ijrochilardan chidamli mehnat talab 
qilingan. Ko‘rsatiladigan tomosha mavzularini tomoshabinlarning didi, zavqiga 
qarab belgilagan. Ular hayot hodisalari, kishilarning o‘zaro munosabatlari yog‘och 
qo‘g‘irchoq obrazida aks ettiriladi. Ular bisotidagi asosiy kulgi chiqarish vositasi 
so‘z o‘yinlaridir. Qahramonning xususiyatlarini ochishda lutf – qochirim yo‘llari 
bilan birga, birdan ortiq ma`no ifodalaydigan so‘z va gaplarni ishlatish ham muhim 
o‘rin tutgan.
Qo‘g‘irchoqbozlar ham o‘z ijrosi jarayonida keng tarqalgan an`anaviy 
tomoshalar qatorida zamon ruhiga moslab yangi-yangi dramalar ijod qiladilar. Ular 
xalq orasida mashhur bo‘lgan, ba`zi ertak, hajviy hikoya va latifalar mazmunidan 
ham tez-tez foydalangan. SHulardan biri «Tegirmonchining uylanishi» 
tomoshasidir.

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin