Samarqand davlat universiteti «O„zbek folklori»



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/66
tarix18.11.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#133067
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   66
@iBooks Bot o‘zbek folklori

Darsning vositalari
: Ko‘rgazmali o‘quv qurollari, qadimiy afsona va rivoyatlarga 
ishlangan rasmlar (SHiroq, To‘maris, Rustam). 
Darsning metodi
: An`anaviy ma`ruza, suhbat, qisqa test savollari. 


Darsning mazmuni
: Badiiy adabiyotda bo‘lganidek, fol‘klor asarlari ham tuzilishi 
va g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarga ko‘ra, o‘zaro o‘xshash hamda farqli tomonlarga 
ega bo‘lib, muayyan gruppalarni tashkil etadilar. Bunday farqli va o‘xshash 
tomonlarni ko‘rsatish uchun fanda adabiy turlar va janrlar terminlari qo‘llaniladi. 
Adabiy tur va janrlar hayotni badiiy tasvirlash shakli sifatida tarixan shakllangan 
bo‘lib, ularning paydo bo‘lishi, taraqqiyoti, o‘rin almashishi va inqirozi adabiyot 
va fol‘klor tarixida etakchi jarayon hisoblanadi. 
Adabiyotda tur (rod) nihoyatda keng tushuncha bo‘lib, o‘z ichiga turli 
janrlarni qamrab oladi. Qadimgi grek filosofi Aristotel‘ (384-322), nemis olimi 
Gegel‘ (1770-1831) va ulug‘ rus revolyutsion demokrati V.G.Belinskiy (1811-
1848) lar adabiyotni uch turga bo‘lib ko‘rsatadilar. Bular: epos, lirika va drama. 
epos voqelikni syujetli, hikoyaviy formada aks ettirsa, lirika insonning voqelikdan 
olgan taassurotlarini, ichki his-hayajonlarini tasvirlaydi. Drama esa personajlar 
nutqi va harakati orqali hayot kartinalarini chizadi. 
Bunday bo‘linishni muayyan istisnolar bilan fol‘klorda ham qo‘llash 
mumkin. Gap shundaki, fol‘klor janrlarining ayrimlari turli urf-odat va marosimlar 
bilan bog‘liq bo‘lsa, ba`zilari kuylash uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Binobarin, 
uning ayrim namunalarini yuqoridagi uch turning bittasiga ham kiritish mumkin 
emas. Mana shu holatlarni hisobga olib, o‘zbek fol‘klori janrlarini quyidagicha 
tahlil qilish mumkin. O‘zbek fol‘klori asarlari, avvalo ikki katta gruppaga 
bo‘linadi: 
1. Urf-odat va mavsum-marosimlar bilan bog‘liq asarlar. 
2. Turli urf-odat va marosimlar bilan bog‘liq bo‘lmagan fol‘klor janrlari. 
Birinchi gruppaga: 
a) mehnat qo‘shiqlari (ho‘p-mayda, turey-turey, churey-churey, ho‘sh-ho‘sh 
va boshqalar); 
b) mavsum qo‘shiqlari; 
v) marosim qo‘shiqlari (tug‘ilish, to‘y, aza va boshqalar); 
g) olqish, afsun va qarg‘ishlar; 
d) aytimlar kiradi. 
Ikkinchi gruppa epik (doston, ertak, afsona, rivoyat, lof, latifa), lirik 
(qo‘shiq, ashula, terma), dramatik (aksiya, og‘zaki drama) va kichik (maqol, 
topishmoq) janrlarni o‘z ichiga oladi. Har bir janr o‘z navbatida yana ichki turlarga 
bo‘linadi. Masalan, ertaklarni hayvonlar haqidagi, sehrli, fantastik, hayotiy-
maishiy va hajviy turlarga bo‘lish mumkin.
Asosan mustaqil to‘rtliklardan tashkil topgan, tugal fikrni badiiy ifodalovchi, 
el orasida keng tarqalgan va kuylangan xalq she`ri namunalariga qo‘shiq deyiladi. 
Qo‘shiq termini keng ma`noda bo‘lib, xalq she`riyati, lirik qo‘shiqlar, xalq lirikasi, 
ashulalar degan umumiy nomlar ostida yuritilib kelinadi. SHu bilan birga, uning 


konkret namunalarining o‘z nomlari bor. Masalan, «YOr-yor», «O‘lan», «Lapar», 
«Lirik terma», «Alla», «Bayt-g‘azal», «Kelin salom», «Xush kelibsiz», «Yig‘i» va 
boshqalar. Qo‘shiqlarni ijro etuvchilar qo‘shiqchi, go‘yanda, ashulakash 
(ashulachi), laparchi, o‘lanchi deb nomlanadi. Qo‘shiqlarda ham kollektivlik, 
og‘zakilik, variantlilik, anonimlik kabi xususiyatlarni ko‘ramiz. Ular, asosan, 
barmoq vaznida yaratilgan bo‘lib, ba`zan aruzda to‘qilganlari ham uchraydi. Xalq 
qo‘shiqlari uchun musiqiylik, ravonlik, kuylashga (ijrochilikda ko‘pchilik yoki 
yakka) moslik xosdir. 
Qo‘shiq termini birinchi marta XI asrda yozilgan, ilmiy adabiyotlarning 
bizgacha etib kelgan eng qadimiysi hisoblangan Mahmud Koshg‘ariyning 
«Devonu lug‘otit turk» asarida 
qoshug’
shaklida berilgan bo‘lib, bu so‘zning izohi 
she`r, qasida deb ko‘rsatilgan. SHuningdek, «qo‘shiq» so‘zini YUsuf Xos 
Hojibning «Qutadg‘u bilig» asarida, XII asrda yozilgan Mahmud Zamaxshariyning 
«Muqaddimatul-adab» lug‘atida ham xudi shu ma`nolarda uchratamiz. Xususan, 
Alisher Navoiyning «Mezonul-avzon» va Zahiriddin Bobirning «Risolai aruz» 
asarlarida qo‘shiq so‘zi surud, ayolg‘u, lahn, turki tarona, ashula, o‘lan, chipga 
(chinka) nomi bilan ham tarqalgan, ular qo‘shiqning turli janrlarini atash uchun 
qo‘llanilgani bayon qilinadi. 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin