v) Ho’p-mayda
. Xirmon yanchish vaqtida dehqonlar
tomonidan aytiladigan
qo‘shiqlar
ho’p-mayda
yoki
maydagul
deb yuritiladi. Ho‘p-mayda baland ovoz
bilan cho‘zib aytiladi. Ularda dehqonning hosilni yig‘ishtirish, ro‘zg‘or-
tirikchilikni ta`minlashga
intilishi, ho‘kizning – ishchi hayvonning dehqon
hayotida g‘oyat katta o‘rin tutishi unga bo‘lgan muhabbatini
tasvirlash bilan
ko‘rsatiladi. SHuning uchun ho‘p-mayda qo‘shiqlarida ho‘kizning tavsifi, uning
tuyog‘idan shoxigacha bo‘lgan tasviri beriladi:
Ayri-ayri tuyoqqa, mayda-yo, mayda,
Ayri nahal yarashar, mayda-yo, mayda,
Jilviragan quloqqa, mayda-yo, mayda,
Tilla sirg‘a yarashar, mayda-yo, mayda.
Dostları ilə paylaş: