Samarqand davlat universiteti «O„zbek folklori»



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/66
tarix18.11.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#133067
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   66
@iBooks Bot o‘zbek folklori

CHarx qo`shiqlari
to`quvchilik qo`shiqlari silsilasida keng tarqalgan bo`lib, 
ularda ip yigirish quroli bo`lgan charxning tavsifi, charx yigirishning mashaqqati, 
charx yigirmasa, tirikchilikning o`tmay qolishi, charx yigiruvchi ayolning o`z 
mehnati samarasidan bahramand bo`lish orzusi kuylanadi. 
O`tmishda turli matolarga bo`lgan ehtiyoj faqat qo`l mehnati orqali, oddiy 
to`qish dastgohlari vositasida qondirilgan. Hozirgidek to`qimachilik sanoati 
mavjud bo`lmagan.
Mehnatkash, hunarmand kishilar oddiy dastgohlarda 
atlas, kimxob kabi matolar bilan bir qatorda bo`z ham to`qiganlar. Bo`z arzon va 
pishiq, qishda issiq, yozda esa salqin bo`lishi tufayli atlas va kimxobga nisbatan 
ancha xaridorgir bo`lgan. Uni ko`pincha mehnatkash xalq olib kiygan. Atlas va 
kimxobni to`yda kiyish o`rinli bo`lsa, bo`zni kundalik mehnat jarayonida kiyish 
ancha qulay bo`lgan. 
Bo`z to`qish dastgohlari zax va qorong`i hujralarda joylashgan. Bo`z
to`quvchini bo`zchi deb aytganlar. Bo`z to`qish nihoyatda qiyin hmush bo`lgan. 
Bo`z to`qish uchun kecha-kunduz dastgohlar oldidan jilmay ishlashga to`g`ri 
kelgan. SHunday qiyinchilikni engish, charchoqni unutish maqsadida bo`zchilar 
ko`plab qo`shiqlar yaratganlar. Ular tomonidan yaratilgan qo`shiqlar bo`zchi 
qo`shiqlari deb hritiladi. 
Bo`zchi qo`shiqlarida unumsiz va mashaqqatli bo`lgan bo`z to`qish 
mehnatining qiyinchiligi, bo`zchi bozorining kasodligi, to`quvchilarning 
oilalaridagi muhtojlik va qashshoqlik xususida kuylanadi:
Go`sht ololmay gurda olgan bo`zchi, 
Qiz ololmay beva olgan bo`zchi. 
Munchalar shildirab o`tar nochasi, 
Qip – qizil shalg`omga o`xshar pochasi. 
Hozirgi paytda mato to`qish ishlarining texnik jihatdan avtomatlashtirilishi 
oddiy to`qish dastgohlarini siqib chiqarmoqda. Faqat Farg`ona vodiysining ayrim 
joylarida (ayniqsa, atlas o`lkasi hisoblanmish - Marg`ilonda) atlas to`qish 
dastgohlari kam miqdorda saqlanib qolgan, xolos. SHundamikin, bo`zchilar 
qo`shiqlari ham asta-sekin unutilib bormoqda. 


O`tmishda gilam, shol va boshqa jun matohlarni tayyorlashda jun ipdan 
foydalanilgan. Jundan ip yigirishda urchuq asbobi ishlatilgan. Urchuqda ip 
yigirish, asosan, xotin-qizlar mashg`uloti sanalgan. Xotin-qizlar urchuqda ip 
yigirishday og`ir va mashaqqatli mehnatni bajara turib, o`zlarining ayanchli 
turmushlaridan, erksiz hayotlaridan qalblarida tug`ilgan iztirobu alamlarni 
qo`shiqqa solganlar va shu qo`shiqlarni kuylash asnosida bir lahza bo`lsa-da, 
turmush mashaqqatlarini unutganlar. Bu qo`shiqlar urchuq qo`shiqlari deb hritiladi. 
Xalqimiz orasida keng tarqalgan hunarlardan biri gilam, sholcha 
to`qish, ya`ni o`rmak o`rishdir. SHu jarayonda ijro etilgan qo`shiqlar o`rmak
qo`shiqlari deb hritiladi. Gilam va sholcha to`qish bo`z to`qishdan ham og`ir va 
mashaqqatli bo`lgan. U kishidan katta sabr-toqatni va matonatni talab qilgan.
Tikuvchilik qo`shiqlari xalqimizning uzoq asrlar davomida shakllangan 
tikish-bichishga aloqador an`analarini ifodalaydi. Ular, aksar hollarda, tikiladigan 
kiyimlarning turlari va ularga daxldor e`tiqodlarga qarab ichki xilma-xillik hosil 
qilgan. SHu sababli bir kiyimga atalgan namunasi boshqa kiyimni tikayotganda 
aytilmaydi. SHu zaylda bir-biridan farq qiluvchi kashtachilik, do`ppido`zlik, 
to`ndo`zlik, zardo`zlik va boshqa turkumlarga mansub qo`shiqlar paydo bo`lgan. 
O`zbek kashtachiligi dunyoga mashhur. Xalqimiz bu hunar bilan juda 
qadim zamonlardan beri shug`ullanib keladi va uni san`at darajasiga ko`tarishga 
erishgan. Kashtachilikning bir necha turlari mavjud. 
Bular bosma, jimalay, 
sanama, ilma 
deb hritiladi. Ularning xar biri kashtachidan alohida mehnat va 
mahoratni, bilim va qobiliyatni talab etadi.
Kashta tikish bilan ayollar shug`ullanishadi. O`tmishda har bir qizdan
kashta tikishni bilish talab etilgan. CHunki u o`z sepini o`zi tikkan kashtalari 
bilan to`ldirishi lozim sanalgan. Kashtaning turiga qarab, uni tikkan qizning 
qandayligiga, fe`l-atvoriga, qobiliyatiga baho berishgan va bu hol kashtachilik 
qo`shiqlarida o`z ifodasini topgan: 
Bosma
tikkan botir qiz,
Jimaloy 
tikkan chevar qiz. 
Sanama
tikkan sardor qiz, 
Ilma 
tikkan ilgir qiz. 
O`tmishda mahalliy boylar uy bekalarini, qiz-juvonlarni, cho`rilarni kashta 
tikishga yollab ishlatganlar va ularga og`ir mehnati evaziga arzimas haq 
to`laganlar. SHu sababli ba`zi kashtachilik qo`shiqlarida kashtado`z ayollarning 
rahmsiz boylardan shikoyati yangraydi: 
Kashta tiktiradi boy, 
Kashta guliga gadoy. 
Kecha-kunduz tik deydi, 
Nega hribdi o`lmay? 


Tikuvchilik ishlari orasida kashta tikish to`n, ko`rpa, ko`ylak kabi 
narsalarni tikishga qaraganda bir muncha qiyin va mas`uliyatlidir. Bu
kashtachilik qo`shiqlarida alohida tilga olib o`tilgan: 
Jomovdi jonli tikadi, 
To`rmagin egri tikadi. 
To`n tikish, ko`rpa tikish- 
Uni ko`r ham tikadi. 
Hozirgi paytda kashtachilik san`ati milliy qadriyatlarimizdan biri sifatida 
nihoyatda qadrlanadi. Uni yanada rivojlantirish, kashtado`zlikni rag`batlantirish 
uchun qator chora-tadbirlar ko`rilmoqda. Har yili kashtachilarning an`anaviy
ko`rik-tanlovlari o`tkazilib turilibdi. Eng yaxshi kashtado`zlar uchun maxsus 
sovrinlar tashkil etilmokda. 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin