Samarqand davlat universiteti «O„zbek folklori»



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/66
tarix18.11.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#133067
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   66
@iBooks Bot o‘zbek folklori

hayvonlar haqidagi etaklar, sehrli ertaklar, hayotiy-maishiy 
ertaklarga
bo‘linadi. 
Hayvonlar haqidagi ertaklar
. Hayvonlar haqidagi ertaklar qadim 
zamonlarda vujudga kelgan bo‘lib, unda ibtidoiy tuzum davridagi insonning 
hayoti, mehnati, dunyoqarashi, tabiat haqidagi tushunchalari ifodalangan. 
Keyinchalik hayvonlar haqidagi ertaklarning bir qismi o‘z ma`nosini yo‘qotib, 
ko‘chma ma`no kasb etdi – majoziy ertaklarga aylandi, ya`ni ba`zi qo‘y, buzoq va 
echki singari hayvonlar orqali tadbirkor kishilar, bo‘ri, tulki orqali ochko‘z, yovuz, 
aldamchi, makkor kishilar obrazlari berilla boshladi. 
Sehrli ertaklar
. Sehrli ertaklarning yuzaga kelishi qadimiy tarixga ega 
bo‘lib, ildizi boshlang‘ich jamiyatga borib etadi. Ma`lumki, ibtidoiy inson 
noma`lum bo‘lib ko‘ringan tabiat hodisalari oldida talvasaga tushgan. Har 
qadamda uchraydigan xavf-xatarlar uning ruhiga ta`sir etgan. Ana shular dunyo 


haqida yuzaki mulohaza yuritishga va g‘ayri tabiiy bo‘lib ko‘ringan hodisalarni 
o‘zicha izohlashga majbur qilgan.
Hayotiy-maishiy ertaklar
. Ular real, hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan 
bo‘lib, fantastika elementlari yordamchi motivlar shaklida namoyon bo‘ladi. 
Hayotiy-maishiy ertaklar sehrli ertaklar asosidagi an`analardan kelib chiqqan va 
ko‘p jihatlari ularga o‘xshab ketsa-da, biroq ulardan real hayot voqealari asosida 
qurilganligi bilan ajralib turadi. 
Hajviy ertaklar
. Ular xuddi hayotiy-maishiy ertaklardek, ijtimoiy hayotda 
real asoslari bo‘lgan hayotiy uydirmalar zaminiga qurilgan bo‘lib, o‘tkir satira va 
xushchaqchaq yumor asosiy xususiyatini belgilaydi. Syujet tuzilishi ixcham, voqea 
va hodisalar lo‘nda ifodalanadi. Nаql – o`zbеk хаlq оg`zаki ijоdidа аlоhidа, 
mustаqil, kеng tаrqаlgаn jаnrlаrdаn biri. Turmushdаgi turli nаrsа vа hоdisаlаrni 
izоhlаshgа qаrаtilgаn ахlоqiy-didаktik mаzmundаgi, rаmz vа mаjоzgа 
аsоslаnuvchi kichik оg`zаki hikоyalаr 
 nаql
dеb hritilаdi


Nаql хаlq dоnоligining o`zigа хоs ifоdаsi bo`lib, аsоsаn, ахlоq nоrmаlаri 
hаqidа bаhs hritаdi. Nаqllаr mа`lum bir hаyotiy еhtiyoj munоsаbаti bilаn аytilаdi. 
Bеsаbаb аytilmаydi. U ko`pinchа muhоkаmаgа sаbаb bo`lgаn vоqеаni tаsdiqlаsh 
yoki ахlоq qоidаlаrini buzib ish hritаyotgаn birоr-bir shахsni оgоhlаntirish yoхud 
nоto`g`ri tushunchаni tаrtibgа sоlish mаqsаdidа аytilаdi.

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin