Yig‘lama oppoqqinam,
Boshimdagi qalpoqqinam.
Tez aytishlar va topishmoqlar. Tez aytishlar yoki so‘z o‘yinlari o‘zbek xalq
og‘zaki ijodi turlaridan biri bo‘lib, ayrim nutq tovushlarining ko‘p qaytarilishi
yoki tovushlarning so‘z va iboralar tarkibida murakkab joylashtishiga
asoslanadi.Tez aytishlar vositasida bolalar ona‘ tilidagi tovush va so‘zlarni ravon,
burro, aniq talaffuz etishni, tovushlar ohangdorligini, so‘zlarning nozik ma`nolarini
his va idrok qilish, aniqlash va ilg‘ab olishni mashq qiladilar.
Qishda kishmish pishmasmish,
Pishsa kishmish qishmasmish.
O‘zbek xalq og‘zaki
ijldida tez aytishlar, so‘zo‘yinlari qadim zomonlardan
beri bor. Lutfiy, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlarning asaralrida ham so‘z
o‘yinlarini uchratishimiz mumkin. A.navoiy tuyuqlari haqida so‘z yuritar ekan,
uning ildizlari xalq poeziyasi janrlaridan kelib chiqishiga ishora qilib., tuyuqlarni-
«yor-yor», «qo‘shiq»lar bilan bir o‘ringa qo‘yadi. Tajnis va iyhom- ikki va undan
ko‘p ma`noli so‘z san`ati deb ta`riflaydi. Aksariyat tez aytishlar talaffuzi bir-
biridan katta farq
qildigan fonemalar asosida, jumladan, «SH», «L», «R»
undoshlari asosida tuzaladilar. Masalan: «Lola arralaydi, Sora allalaydi»
Bu birinchi turkumga kirgan tez aytishlar yordami bilan uch-to‘rt yoshga
kirgan bolalarning «R», «SH» tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qilishi yoki «L»va
«S»ga almashtirib yuborishi ma`lum bo‘ladi.
Ikkinchi bir turkum tez aytishlar borki, unda bolani ayrim tovushlarni to‘g‘ri
talaffuz qilishga o‘rgatish bilan birga, bolaning xayolini bir joyga yig‘ishga,
jumlaning mantiqiy urg‘o‘sini aniqlab olishga jalb qilinadi.
Masalan: Bir tup tut, bir tup tutning tagida bir bir tup turp. Bir tup tut bir tup
turpning tomirini turtib turibdi, bir tup turp bir tup tutning tomirini turtib turibdi
Ko‘rinib
turibdiki, misoldagi «tut», «turp» so‘zlarini to‘g‘ri talaffuz
qilishdan tashqari, jumladan to‘g‘ri takrorlash, tutning va turpning turgan o‘rni va
holatlarini yodda saqlab qolish kerak.
Tez aytishlar kichik va maktab yoshidagi bolalar nutqida ayrim nutq
tovushlarni buzib talaffuz etish hollarini tuzatishga, to‘g‘ri so‘zlaydigan bolalarda
esa adabiy talaffuz normalarini mustahkamlashga yordam beradi.
Bolaga tish chiqishi bilan bog‘liq irimlarda esa «yordamchi» so‘zlar bulmay,
bunda xalq og‘zidagi afsonalar aytiladi., ba`zi odatiy ishlar qilinadi: Onalar
qozonda bug‘doy qovurib, chvqoloqning ustidan sochadilar, «chaqaloqning tishlari
xuddi bug‘doydek chiroyli chiqsin deyishadi To‘plangan bolalarni bug‘doy
qovurmochi bilan mehmon qilinadi. Ba`zan bu odatni-bug‘doy sochilishiyb-
«nasibalik bo‘lsin» deb tushuntiradilar. CHorvador
joylarda chaqaloqning tishi
chiqish vaqtida otga mindirib olishadi., «ot tishi chiqadi» deyishadi.Agar qo‘yga
mindirilsa «qo‘y tish» chiqar ekan.
Dostları ilə paylaş: