Samarqand davlat universiteti «O„zbek folklori»



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/66
tarix18.11.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#133067
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   66
@iBooks Bot o‘zbek folklori

Bola termalari.
Bola hayotida qo‘shiq, o‘yin, mashg‘ulotlardan tanaffus 
bo‘lmaydi. YUqorida keltirib o‘tilagn qo‘shiqlardan ham mukammalroq,, 
voqealari murakkabroq qo‘shiqlar bor. Biz ularni xususiyatlaridan kelib chiqib, 
afsonaviy qo‘shiqlar, voqeaband balo termalari deb atasak ham bo‘ladi. Negaki, 
bolalarning jo‘shqinligi va izlanuvchanligi, sabrsizligi va harakatchanligi to‘lib 
toshgan luarning sermahsul fantaziyasi bilan ham yo‘g‘rilgan. O‘zbek bolalari 
aytadigan «Osmondagi oy», «Asakaning yo‘lida» singari qo‘shiqlar diolog 
shaklidagi qo‘shiqlar sarasiga kiradi. 
-Osmondagi oy, 
Saydazim boy, 
Nima eyapsan? 
-Olma eyapman. 
-Olmangdan tashla 
-Acham urushadi. 
-Achang o‘lsin. 
-Xudo saqlasin. 
-Hovlingni supur, 
Lo‘li o‘ynasin,
Qozoningni yuv, 
Go‘ja qaynasin. 


O‘zi kichig-u, ichida qancha xalq hikmati borligiga diqqat qiling: olma 
eyayotgan kishining davlati Toshkentdagi mashhur savdogar Saydazimboynikidan 
kam emas, Qizg‘anchiq «acha»ning boridan yo‘g‘i yaxshi; hovli supurilsa to‘y 
buladi, tuyda lulilar uyin kursatishadi; kozon yuvilishining xam xosiyati bor - ichi 
tulib, ovkat kaynaydi. Ovkatning xam gujasi kaynasin (palov, shovla, xalim pishsin 
deyayotgani yuk!) Negaki, fakat guja kaynasagina bolalar tuyib-tuyib icha oladilar. 
«Tepdim sandik ochildi» kushiklari vokeband kissa tarikasida aytiladigan 
kushiklardan biridir. Bu kushikning bir necha variantlari tuplanib, elbek tomonidan 
nashr ettirilgan.
Tilla sandik ochildi, 
Tagiga bodom sochildi. 
U bodomni terolmay, 
Kanotlari kokildi. 
Kanot bering uchaylik, 
Ok saroyga tushaylik 
Kushik 24 yuldan iborat va uyinning sharti xam bayon kilingan. Kushikda 
bola fantaziyasi e`tiborga olingan. Bunday kushiklar bolalar kushikchiligining 
takomillashmagan yukori darajadagi shakllar bulib, kushikchilikning avvalgi yoki 
keyinchalik kuriladigan mayda termalari boskichini utgandan keyingina yuzaga 
kelgan deyish tugri buladi. 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin