Geneologik afsonalarda urug`–qabila, xalq va elatlarning kelib chiqishi va
nomlanishi haqida hikoya qilinadi: «Laqay», «Do`rmon», «Qirg`iz» urug`larining
kelib chiqishi haqidagi afsonalar shular jumlasiga kiradi.
Tarixiy voqea va tarixiy shaxslar haqidagi afsonalarlarda o`tmishda yashab
o`tgan donno kishilarning sarguzashtlari, mo``jizakor ishlari,
ajdodlarimizning
bunyodkorlik faoliyati, shahar va qo`rg`onlarning barpo etilishi haqida hikoya
qilinadi. Bunga Buxoro Arki, Xiva qal`asi, Minorai Kalon qurilishi haqidagi
afsonalar misol bo`la oladi.
Kasb-hunarlar haqidagi afsonalarda u yoki bu kasb-hunarning kelib chiqishi,
ularning piri haqida hikoya qilinadi.
Aytaylik, bo`yoqchilik kasbining kelib
chiqishi Hazrati Ayhb, temirchilik kasbining kelib chiqishi Dovud payg`ambar
nomi bilan bog`lab talqin qilingan afsonalar shu siraga kiradi.
Kichik hajmli, mazmunan sodda bayon va hikoyalar shaklida tashkil topgan
afsonalar o‘zbek xalq og‘zaki ijodining eng qadimgi namunalaridan hisoblanadi.
Afsonalar ijtimoiy hayot bilan bog‘liq bo‘lgan voqea va hodisalarni xayoliy
shaklda hikoya qiladi. Ular insoniyatning tabiat va jamiyat haqida bilish va
tushunishga bo‘lgan intilishi jarayonida vujudga kelgan.
SHuning uchun ham
afsonalar ijtimoiy hayot va madaniyat, dunyoqarash va ruhiy kechinmalar, urf-odat
va tarixiy hodisalardan darak beradi.
Afsona forscha so‘z bo‘lib, fantastika, sehr-jodu hamda hayotiy uydirmalar
asos bo‘lgan nasriy hikoyalar demakdir. Bu xildagi hikoyalar Mahmud
Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida
caw
so‘zi orqali ifodalangan bo‘lib,
juda keng ma`noni bildiradi. Bu so‘z devonda hikoya hamda qissa deb izohlangan.
Afsonalarni tematik jihatdan uch xil turga bo‘lib o‘rganish maqsadga
muvofiq. Birinchisi – xayoliy voqea va xayoliy qahramonlar haqida hikoya
qiluvchi afsonalar, ikkinchisi – tarixiy voqea va tarixiy
shaxslar haqida hikoya
qiluvchi afsonalar, uchinchisi jangnoma tipidagi afsonalar yoki qahramonlik
afsonalari.
Xayoliy voqea va xayoliy qahramonlar haqida hikoya qiluvchi afsonalar
ibtidoiy dunyoqarash, u
yoki bu kuchni muqaddas bilib, unga sig‘inish, e`tiqod
qo‘yish hamda sevgi-sadoqat kabi kechinmalar ta`sirida paydo bo‘lgan
«Devqal`a», «SHirin qiz», «Kalta minor», «Ilon buzgan» singari to‘qima afsonalar
mazkur turkumga oiddir. Bu afsonalar O‘rta Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan.
Ular insonlarning beqiyos kuchi va go‘zalligini madh etadi. Bu afsonalar fantastik
uydirmalar zaminida naql etilgan bo‘lib, syujeti ko‘proq xayoliy epizodlardan
tashkil topadi va ma`lum bir tarixiy joylar, tepaliklar, qal`alar bilan bog‘liq
ravishda hikoya qilinadi. Qoraqum sahrosida «YOrbakir», «SHirvon», «SHmaxa»,
«Xalaf» nomi bilan mashhur bo‘lgan qal`alarning xarobalari mavjud bo‘lib, ular
«SHohsanam va G‘arib» afsonasi, «Devqal`a» esa, SHarqda mashhur bo‘lgan
«Farhod va SHirin» afsonasi bilan bog‘lanadi.
Rivoyatlar – voqelikni hayotiy uydirmalar
asosida aks ettiruvchi, shjet
tizimida mifologik obrazlar uchramaydigan, voqelik talqini hududiy –etnografik
lokallik kasb etishi bilan xarakterlanadigan, qadimiy asoslarga ega bo`lgan, xalq
orasida keng ommalashgan fol`klor janridir. Ularda hayot voqeligi real aks
ettiriladi. SHuning uchun o`zbek xalq og`zaki
ijodining qadimiy, an`anaviy va
keng tarqalgan janrlaridan biri bo`lgan va hayotiy voqelikni hayotiy uydirmalar
orqali bayon etadigan, biror ma`lumot haqida tinglovchiga xabar berish maqsadida
hikoya qilinadigan og`zaki nasriy asarlar
Dostları ilə paylaş: