Samarqand davlat universiteti «O„zbek folklori»



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/66
tarix18.11.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#133067
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   66
@iBooks Bot o‘zbek folklori

 rivoyat deyiladi.
 
Rivoyatlar g`oyaviy-mavzuiy jihatdan rang–barang bo`lib, toponimik va
tarixiy rivoyat kabi turlarga ajratiladi. 
Toponimik rivoyatlar yana aholi yashaydigan joylar nomining kelib chiqish 
sabablarini izohlovchi oykonomik rivoyatlar; suv havzalari - daryo, ko`l, quduq, 
soy, chashma, ariq nomining kelib chiqishi bilan bog`liq bo`lgan gidronomik 
rivoyatlar; tog`u toshlar, tepaliklar, g`orlar, cho`llar to`g`risidagi oronomik 
rivoyatlar; mozor, qabirston nomlari, ziyoratgohlar va muqaddas qadamjolarning 
nomi bilan bog`liq nekronomik rivoyatlar kabi ichki turkumlarga bo`linadi.
Toponmik rivoyatlarda muayyan jug`rofiy atamaning paydo bo`lishi aniq 
faktlar va etnofol`kloriy detallar bilan tushuntiriladi, joy nomining vujudga kelish 
sababi izohlanadi. 
Tarixiy rivoyatlarda haqiqatda hayotda bo`lib o`tgan voqealar, yashab o`tgan 
shaxslar to`g`risida so`z hritiladi. Atoqli va mashhur shaxslarning hayoti va 
faoliyatini hikoya qilish orqali axloq va odobning ideal normalari tashviq etiladi. 
Jumladan, To`maris, SHiroq kabi vatanparvarlar, Ibn Sino kabi buhk tabib, 
Ulug`bek, Alisher Navoiy kabi olim va shoirlar, Mashrab singari ilohiy ishq 
yo`liga kirgan oshiq, Amir Temur kabi jasoratli va dono hukmdor, Imom Ismoil 
Buxoriy, xoja Ahmad YAssaviy, Abduxoliq G`ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, 
Najmiddin Kubro, Xoja Ahrori Valiy singari din va tasavvuf arboblari haqida
qator rivoyatlar yaratilganki, ularni xalq hamisha sevib tinglaydi. 
Rivoyat hayotiy voqealarni badiiy uydirmalar vositasida hikoya qiluvchi, 
realistik xarakterdagi og‘zaki ijod turlaridan bo‘lib, g‘oyaviy-tematik jihatdan 
rang-barangdir. Rivoyatlar tarixiy voqealar va ayrim shaxslar bilan bog‘liq bo‘lgan 
hodisalarni, ijtimoiy hayot va turmush, geografik joylar – sahro, ko‘l, cho‘l, 
dengiz, shahar, qishloq, qal`a, Saroy va boshqalarning barpo bo‘lishi hamda 
vayron qilinishi haqida hikoya qilishi mumkin. Mazkur hikoyalar u yoki bu 
voqelik haqida xabar berish va uni tasdiqlash funktsiyasini bajaradi. Rivoyatlarda 
lutf va nazokat, aql va tadbir, ishq va vafo, yaxshilik va odamiylik kabi ilg‘or 
g‘oyalar jamiyatda uchragan zulm va zo‘rlik, haqsizlik va adovat singari illatlarga 


qarshi qo‘yiladi. Rivoyatlarni ikki turkumga bo‘lish mumkin. Biri muayyan voqea 
va tarixiy shaxslar bilan bog‘liq bo‘lgan rivoyatlar, ikkinchisi toponimik rivoyatlar. 
Tarixiy rivoyatlar biror shaxs faoliyati va xalq qahramonlari bilan bog‘liq bo‘lgan 
hodisalarni hikoya qiladi, axloq va odobning ideal normalarini tashviq etib
muayyan faktlar haqida axborot beradi. Alisher Navoiy, Ulug‘bek, Ibn Sino, 
Beruniy, Mashrab kabi olim va shoirlar, Amir Temur, Sulton Mahmud singari 
tarixiy shaxslar haqida yaratilgan rivoyatlar shular jumlasidandir. 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin