Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


O’qitish metodlariga qo’yilidigan pedagogik talablar va ularni guruhlash



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə100/283
tarix21.11.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#133475
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   283
Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi

O’qitish metodlariga qo’yilidigan pedagogik talablar va ularni guruhlash.
Hozir o’qitish metodlarining samaradorligini oshirish eng dolzarb masalalardan biridir.O’qitish metodlarining muvaffaqiyati, samarasi, natijasi ko’proq, o’quvchilar faoliyatining faolligi va mustaqilligini tarkib toptirishga ko’p jihatdan bog’liq. Bu yo’l o’qitish metodlarini takomillashtirishning eng samarali shaklidir. Metod shunday vaqtda samarali bo’lishi mumkinki, o’qituvchi darsda shunday vaziyat, sharoit yaratishi kerakki, ularning mustaqilligini oshirish bilan birga, olayotgan bilimlarni o’zlashtirishda va fikrlashga o’rgatishi zarur.
O’qitish metodlarini takomillashtirish o’quvchi shaxsini, uning dunyoqarashiga, uning pedagogik-psixologik, metodik va maxsus ilmiy jihatidan tayyorgarligiga bog’liq. Ana shunday omillar o’qitish metodlarining samaradorligini oshirish omilllari hisoblanadi.
Yaxshi tayyorgarlik ko’rgan o’qituvchida ma’lum tanlangan metodlarning ustunligini ko’rinadi. Tayyorgarligi kam o’qituvchida buning aksi bo’lishi mumkin.
Maktab ta’lim tizimida o’qitish metodlari bilan birga "metodik usul" va "vosita"lar ham ishlatiladi. Usul - metodning bir qismi bo’lagidir. Masalan, o’quvchining bilimini yozma tekshirish metodiga xatolarni tuzatish usuli kiradi.
Vosita - ma’lum bo’lgan yordamchi o’quv materiali - asbob, qurol va apparatlardan foydalanishdir. O’qitish metodlari dars xarakteriga qarab turli - tuman bo’lishi mumkin. Lekin har bir fanni o’qitishda o’ziga xos umumiy talablarni hisobga olishi kerak. Masalan, fizika, ximiya, biologiya fanlarini laboratoriya mashg’ulotisiz o’qitish mumkin bo’lmaganidek, matematika, ona tili grammatikasini mashq qilmay, misol va masalalar yechmay turib kutilgan maqsadga erishib bo’lmaydi. Aksincha tarix, geografiya darslarida misol va masalalar yechishga hech qanday zaruriyat yo’q.
Ta’lim jarayonida xilma-xil ta’lim vositalaridan foydalaniladi. Ularni foydalanish maqsadi nutqai nazaridan bir qancha guruhlarga ajratish mumkin:
1. Ko‘rgazmali qurollar
2. Ta’lim ashyolari (daftar, ruchka, parta,doska, bo‘r va hokazo).
3. Ta’limning texnik vositalari (audio, video universal ham ovoz­li ham tasvirli).
4. O‘quv xonalari.
Ta’lim usul va vositalarini tanlash me’yorlari.
O‘qituvchi ta’limning usul va vositalari arsenalidan o‘z fao­liyatida samara beradiganlaridan foydalaniladi, albatta. Buning uchun u ta’lim jarayonining ko‘p qirrali va o‘qitayotgan predmetining o‘ziga xos tomonlarini hisobga olishi lozim. Shu bilan birga usul va vositalarni samarali tanlash va foydalanishning uslubiy shart-sha­roitlari, me’yorlariga amal qilgan holda faoliyat ko‘rsatadi.
1. Har bir darsda qo‘llaniladigan ta’lim usuli va vositasi o‘sha predmetning asosi fanning tadqiqoti usullaridan kelib tanla­nadi.
2. Mashg‘ulotlarda usul va vositalar majmuidan foydalaniladi.
3. O‘quvchilarning yosh va bilish imkoniyatlarini mos tushadigan usul va vositalaridan foydalaniladi.
4. O‘qituvchining pedagogik mahorati, tajribalik darajasiga bog‘liq.

Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   283




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin