Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə36/283
tarix21.11.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#133475
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   283
Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi

Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalar tomonidan “Umumiy pedagogika” fanining puxta o’zlashtirilishi uchun zamonaviy ta’lim turlari, pedagogik texnologiyalar, jahon ta’limining eng ilg’or yutuqlaridan izchil foydalanish muhim ahamiyatga ega. Fan asoslarini o’zlashtirishda o’quv darsliklari, o’quv va metodik qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma va elektron materiallar, pedagogik, psixologik va tegishli mutaxassisliklarga doir ensiklopediyalar, lug’atlar, o’qitishning texnik vositalari, zamonaviy axborot texnologiyalari kabilardan o’rinli foydalaniladi. Ma’ruza, seminar, laboratoriya mashg’ulotlarining ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalari yordamida tashkil etilishi ta’minlanadi.
Fanni o’qitish jarayonida shaxsga yo’naltirilgan ta’lim turlari (dasturiy, modul, innovasion, interfaol, muammoli, rivojlantiruvchi, masofaviy va mustaqil ta’lim, o’yin texnologiyalari), o’qitishning samarali shakllari, zamonaviy metodlari, vositalari, pedagogik va axborot texnologiyalarini muntazam qo’llash nazarda tutilgan. “Pedagogika nazariyasi va amaliyoti” fanini o’qitishda quyidagi interfaol metodlarni qo’llash ta’lim jarayonining muvaffaqiyatini ta’minlaydi: “Bumerang”, “Baliq skleti”, “Nilufar guli”, “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Keys”, “Charxpalak”, “Qarorlar shajarasi”, “Venn diagrammasi”, “Qanday?”, “Nima uchun?”.
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.

Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   283




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin