Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


PEDAGOGIKA FANINING ASOSIY KATEGORIYALARI



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə82/283
tarix21.11.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#133475
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   283
Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi

PEDAGOGIKA FANINING ASOSIY KATEGORIYALARI
Har bir fan o’zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi.
Insonshunoslik fanlari tizimida pedagogika faning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u shaxsni shakllantirish va rivojlantirish uchun tarbiya, ta’lim, ma’lumot qonuniyatlarini o’rganadi va ularning yaxlitligini, uyg’unligini ta’minlash uchun pedagogik shart sharoitlar yaratadi. Shu bois pedagogika fanining asosiy tushunchalari (kategoriyalari) tarbiya, ta’lim, ma’lumotdir.
Fanning mohiyatini ochib beruvchi asosiy tusuncha, atamalar kategoriya deb ataladi.
Tarbiya- aniq maqsadga yo’naltirilgan ta’sir hisoblanib, ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirishga yo’naltirilgan jarayondir.
Tarbiya jarayonida insonda alohida xususiyatlar, qarashlar, fikrlar rivojlanishi bilan bir qatorda, unining intellekti(aqliy qobiliyati), jismoniy hamda ruhiy sifatlarini tarkib toptirish amalga oshiriladi. Tarbiya inson ma’naviy olami-ko’zgusidir.
Tarbiya xakida pedagogik nuktai nazardan keng ma’no beradigan bo’lsak, ta’lim tarbiya muassalari tizimida amalga oshiriladigan butun o’quv tarbiya jarayonining biror maqsadni amalga oshirish uchun oldindan tashkil etilgan faoliyat tushuniladi.
Milliy mustakillik tarbiyasining maqsadi mehnat va ijtimoiy faoliyatga, Vatan himoyasiga tayyor bo’lgan, barkamol shaxsni tarkib toptirishdan iborat. Zero, «Yurtiga Vataniga muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari, xalqimizning qon - qoniga singib ketgan azaliy xususiyatdir. Ana shu noyob insoniy fazilatlarni asrab - avaylab va yanada takomillashtirish, farzandlarimizni ozod va demokratik O’zbekistonning munosib o’g’il - qizlari etib tarbiyalash masalasi ma’naviyat soxasidagi ishlarimizning asosiy yo’nalishini, tashkil etmog’i kerak»1.
Ikkinchi asosiy pedagogik kategoriya - ta’lim ya’ni o’qitish, bilim berish, ko’nikma, malakalar bilan qurollantirish tushunchasidir. O’qitish o’qituvchi bilan o’quvchilarning o’zaro munosabatidan iborat bo’lgan, aniq maqsadga karatilgan jarayondir. Ta’lim jarayonida o’quvchilar, o’qituvchi boshchiligida insoniyat tomonidan yaratilgan, hayot uchun, kelajak faoliyati uchun zarur bo’lgan ilmlar bilan qurollanadilar, amaliy ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar. Ta’lim jarayonining o’ziga xos xususiyatlardan yana biri shundan iboratki, bu jarayonda ijodiy tafakkur rivojlanishi, intellektual qobiliyatlarni jadal o’sishi, mustaqil bilim olishi uchun imkoniyatlar yaratiladi. Agar bu jarayon o’qituvchi va o’quvchining faolligi asosida tashkil etilmasa o’qishdan kutilgan maqsadga erishib bo’lmaydi. O’qituvchi bu jarayonda faqat ma’lumotlar bayon qilish, o’zlashtirish jarayonini boshqarish bilan cheklanmay, o’quvchilar o’quv-biluv faoliyatlarini tashkilotchisi bo’lishi kerak.
Asosiy pedagogik kategoriyadan yana biri ma’lumot tushunchasidir. Ma’lumot- ta’lim tarbiya jarayonining natijasi orqali egallangan bilim, ko’nikma malakalar yig’indisi va shakllangan dunyoqarashlar majmuidir. Ma’lumot olishning to’g’ri va ishonchli yo’li davlat ta’lim standartlari bo’yicha bilim beradigan, aniq rejalar, dasturlar asosida o’quv yurtlarida tashkil kilinadigan ta’lim-tarbiya jarayonidir. Ma’lumot ta’lim tarbiya natijasidir.
Xullas, pedagogikaning asosiy kategoriyalari tarbiya, ta’lim, ma’lumot jarayonida o’quvchilar ma’naviy axloqiy yuksaklikka erishadilar, qo’lga kiritilgan ilmiy bilimlar yordamida o’z dunyokarashlarini shakllantiradilar, intelektual qobiliyatlari, ijodiy tafakkurlari, aqliy faolliklarini namoyon qiladilar, jismoniy kuchlarini rivojlantiradilar.
Hozirgi vaqtda pedagogika bir nechta tarmoqlarga bo`lingan. Jumladan, umumiy pedagogika (maktab yoshidagi o`quvchilarni tarbiyalash va o`qitish haqida bahs yuritadi), maktabgacha tarbiya pedagogikasi (maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash muammolari bilan shug’ullanadi), madaniy-oqartuv pedagogikasi (madaniy-ma`rifiy ishlarni boshqarish muammolarini o`rganadi), harbiy pedagogika (armiya sardorlari va o`quvchilarini vatanimizning shon-sharafi va or-nomusi uchun yetuk kurashchi, harbiy qurol-yarog’lardan samarali foydalana oladigan yoshlarni tarbiyalash yo`nalishida) kabi tizim-tarmoqlari mavjuddir.
Pedagogika faqat sog’lom o`quvchilarning ta`lim-tarbiyasi bilangina emas, balki shaxsida qusuri bor bolalar ta`lim- tarbiyasi bilan ham shug’ullanadi. Bunday tarmoqlarni maxsus pedagogika tizimiga oligofrenopedagogika (aqliy jihatdan orqada qolgan bolalarga ta`lim-tarbiya berish), tiflopedagogika (ko`zi ojiz bolalarni tarbiyalash), surdopedagogika (kar-soqov bolalarni tarbiyalash) kabi fanlar kiradi.
O`zbekiston mustaqilikka erishgandan so`ng o`z tarixini, jumladan pedagogika tarixini o`rganish uchun keng yo`l ochildi. O`tmishdagi pedagogik tafakkur daholarining shuhratini tiklash, ularning g’oyalarini hayotga tadbiq etishdek ulug’ ishlar amalga oshirilmoqda. Darhaqiqat, ota-bobolarimiz yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashga alohida e`tibor berganlar.

Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   283




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin