Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


bo`lib, muqaddima, 3 qism, 54 moddani o`z ichiga qamrab olgan



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə10/96
tarix23.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#129297
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   96
2587 (1)

bo`lib, muqaddima, 3 qism, 54 moddani o`z ichiga qamrab olgan.




Butun jahon bolalariga xos bo`lgan bolalar huquqi haqidagi Konvensiya, O`zbekiston Respublikasi “Ta`lim to`g`risida”gi qonuni, “O`zbekistonda Respublikasi kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” kabi va boshqa me`yoriy hujjatlarda ko`rsatilishicha, barcha bolalar, shu jumladan, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar ham mehnat qilish, ta`lim olish, hayotda o`z o`rnini topib ketish huquqlariga egadirlar. Bola huquqlari haqidagi Konvensiyaning 19-moddasiga ko`ra “ Bola ota-ona yoki har qanday boshqa shaxs tomonidan haqoratlanishi, qo`pol muomalada bo`lishdan himoyalanishi huquqiga egaligini inobatga olib, ayrim mamlakatlarda ilgarilari ishlatiladigan atamalardan “defektologiya”, “anomal bolalar ”, “aqlan zaif” kabi va boshqalardan voz kechmoqdalar. XIX asrning 20-yillaridan beri defektologiya fani – jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar talim-tarbiyasi bilan shug`ullanadigan fan sifatida o`rganilib kelmoqda. Hozirgi kunda bu fan «Korreksion pedagogika» deb ham yuritilmoqda. Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor kishilarni haqoratlamaslik uchun Moskva shahridagi Defektologiya ilmiy-tadqiqot instituti “Korreksion pedogogika ilmiy tadqiqot instituti” deb nomlanmoqda. Defektologiya fanining predmeti- anomal bolalar, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar anomal (yunoncha anomalos- odatdan tashqari, norasa) degan ma`noni bildiruvchi so`zi bilan yuritiladi. Hozirgi kunda O`zbekistonda Defektologiya —maxsus yordamga muxtoj jismoniy yoki ruhiy kamchiliklari bor bolalarning psixofiziologik rivojlanishidagi xususiyatlarini o`rganadigan, ularning ta`lim-tarbiyasi bilan shug`ullanadigan fandir. Defektologiya so`zi lotincha defekt — kamchilik, nuqson, yunoncha logos — ta`limot, fan, o`rganish degan so`zlardan olingan. Ruhiy va jismoniy kamchiliklari bor bolalar anomal bolalar deyiladi (yunoncha odatdan tashqari, noraso degan ma`noni bildiruvchi anomalos so`zidan olingan). Defektologiya fanining mavzu bahsi anomal maxsus yordamga muxtoj bolalardir.


Defektologiyaning vazifasi — anomaliyalarning kelib chiqish sabablari, turlarini, anomal bolalarning psixofiziologik rivojlanishdagi xususiyatlarini o`rganish, shular asosida inklyuziv yoki differensial ta`limni tashkil etish, ularning ta`lim-tarbiyasi bilan shug`ullanishdir.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin