Ruhiy rivojlanishining susayishi turlari qo’yidagilardan iborat:
Ruhiy rivojlanish susayishining kontitutsion turi.
Ruhiy rivojlanishi susayishining somatagen turi.
Ruhiy rivojlanishi susayishining psixogen turi.
Ruhiy rivojlanishi susayishining organik serebral turi.
Konstitusional shakli. Infaltil bolalar psixik rivojlanishi bo’yicha o’z tengdoshlaridan orqada qoladilar.
Infaltilizm tug’ma yoki o’sish davridagi xar xil kasalliklar taxsirida kelib chiqadi. Bolalarda infaltilizm yuqimli kasalliklar, ichki sekresiya bezlari, miya kasalliklari, tomirdagi nuqsonlar kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
Ularning qiziqishlari o’yin faoliyati bilan chegaralanadi. O’yin jarayonida ular o’ziga xizmat qilish malakalarini egallab olsalar ham undan kam foydalanadilar. Mustaqil o’yinlari mazmunli, qizqarli bo’lib, uzoq davom etishi mumkin. Infaltil bolalarning lug’at boyligi yetarlicha bo’lib, ular hikoyaning, ertakning mazmunini tushunib oladilar. Qiynalganda yordamdan yaxshi foydalana oladilar. Infaltil bolalar uchun ayniqsa xulqning murakkab formalarining rivojlanmay qolishi, xarakterlidir. Bunday bolalarda barcha faoliyat turlarining funksional faoligining pasayganigi kuzatiladi. Infaltil bolalar odatda buyi past, gavda tuzilishi noto’g’ri bo’ladi. Ularning ko’pchiligida jinsiy sisitemaning rivojlanmay qolganligi kuzatilib, jinsiy yetilishning orqada qolishi va ikkilamchi jinsiy tomonning rivojlanmay qolishiga olib keladi. Bunday bolalar maktabda o’qishga qiziqmaydilar «ta’lim olish uchun yetilmagan» bo’ladilar.
O’zlashtirmaslik bolaning astenik holatiga ham bog’liq bo’lishi mumkin. Astenik holatni qattiq charchash, ruhiy kechinmalar keltirib chiqaradi. Bunday bolalar o’qish jarayonida tez charchaydilar, bosh og’rig’i, quvvatsizlik natijasida ish qobiliyati pasayadi, xotira, diqqati zaiflashadi. Topshiriqni bajarayotganda e’tiborini bir joyga tuplay olmaydi. Buning natijasida o’qish, yozish, hisoblashda qiyinchiliklar yuzaga keladi. Yozuvda harflarni tashlab ketish, so’zlarni oxirigacha yozmaslik, bug’inlarni tashlab ketish kuzatiladi. Bu bolalarda charchash kuchayib borganda, tinch sharoit bo’lmaganda, sustkashlik, qatiyatsizlik, yig’loqilik, qiziqishning sustligi kuzatiladi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashganlikning psixogen shaklida bola yoshligidan noqulay, noto’g’ri sharoitda tarbiyalanishidan va shu tarbiyaning salbiy tamonlari ruhan rivojlanishiga ta’sir o’tkazgan bo’ladi. Serebroastenik xolatlarda markaziy nerv sisitemasi tez charchaydi. Nevrologik o’zgarishlar kuzatiladi.
Psixogen shaklining kelib chiqish sabablari:
bola tarbiyasi bilan shug’ulanmaslik, burch, mas’uliyat hissining shakllanmasligi, zarur bilim va tasavvurlarning yetishmasligi;
bolaga qupol munosabatda bo’lish, jazolash, ota-onaning majoralari, alkogalizmga ruju qo’yishi;
Psoxogen shaklida bosh miyaning kasalliklariga yaxshi yetilmaganligiga aloqador o’zgarishlar kuzatiladi, ularning his tuyg’u, irodaviy holatlari taraqqiy etmaganligi asosan organik infatilizm tarzida namoyon bo’ladi: