8-Mavzu:Xorijda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi 1.Xorijda ijtimoiy pedagogikaning ijtimoiy fan sifatida rivojlanish tarixi
2.Xorijda ijtimoiy pedagogika taraqqiyotining asosiy bosqichlari
3.XX asr ijtimoiy pedagogika vakillarining qarashlari
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanish tarixi tadrijiy tavsifga ega. Ana shu nuqtai nazardan ijtimoiy pedagogika fani rivojining uch bosqichi aloqida ajratib ko‘rsatish mumkin. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishining birinchi bosqichi qadimgi davrlardan XVII asrgacha bulgan davrni uz ichiga oladi. Bu davrda faktlar to‘planishi, tarbiya tajribasining ortib borishi, pedagogik va ijtimoiy nazariyalarning shakllanishi ro‘y bergan bulib, ijtimoiy pedagogikaning bu rivojlanish bosqichi tarbiyani ijtimoiy hodisa sifatida asta-sekin tan olinishi bilan tavsiflanadi. CHunki bu davrda tarbiyaning turli nazariyalari yuzaga kelgan. Birinchi bosqichning bu kabi davriy chegaralanishi, avvalambor, insoniyat tarixining ilk bosqichlarida ham ijtimoiylashtirish muammosining mavjud bo‘lganligi bilan izo^tanadi. Biroq ibtidoiy jamoada ijtimoiy-pedagogik goyalarga tavsif berganda faqatgina tarbiyaga oid tajribalar to‘g‘risida ran borishi mumkin. Tarbiya ijtimoiy hodisa sifatida insonni hayvonot olamidan ajralishi bilan paydo bulgan. Dastlab tarbiya umumiy taqlidiy ma’no kasb etgan bo‘lsa, keyinchalik esa uziga xos faoliyat turiga aylangan va bu bilan shug‘ullanuvchi kishilar — tarbiyachilar paydo bulgan. BaKj o‘tgani sari tarbiya jarayoni ham murakkablashib borgan, yosh, jins, mazmuniga ko‘ra farqlana boshlagan, uning axloqiy jihatlariga e’tibor qaratila boshlangan. Ta’kidlash joizki, arxeologik qazilmalar asosida olingan ma’lumotlar ibtidoiy jamoada kasal va yaradorlarga yordam ko‘rsatilganligini to‘la tasdik^laydi (qazilma skeletlardagi shikaet izlari bolalikdagi kasallik oqibatida yoki o‘limidan ancha oldin olingan jarohatlar bilan bog‘liq bulgan). Bu kabi qarashlar etnografik ma’lumotlarda ham ham o‘z tasdig‘ini topgan. Ibtidoiy jamoa tuzumida yashagan barcha elatlarda meqnatning jins va yoshga qarab ajratish an’anasi bulgan. Keksalar yoshlarni muntazam ravishda turli kasb-hunarlarga o‘rgatishgan. Bularning hammasi ibtidoiy jamoada ijtimoiypedagogik tajribani n g ilk ko‘rinishlari mavjud bo‘lganligi haqida tasavvur qilishga imkon beradi. Agar ibtidoiy davr ijtimoiy-pedagogik amaliyotning vujudga kelishiga zamin yaratgan bo‘lsa, qadimgi dunyoning ilk sivilizatsiyalarining paydo bo‘lishi ijtimoiy-pedagogik fikrning shakllanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. SHarqning quldorlik davlatlarida ijtimoiy pedagogik g‘oyalar bir nechta mualliflar tomonidan shakllantirilgan va, odatda, muqaddas kitoblar shaklida butun xalq mulkiga aylangan (Xitoyda — SHukit, Hindistonda — Vedalar, Misrda — Tot xudosi kitoblari, O‘rta Osiyoda — Avesto va boshqalar). Faqatgina miloddan avvalgi I ming yillikning o‘rtalari va ikkinchi yarmida ijtimoiy pedagogik g‘oyalarni yaratgan allomalarning nomlari ma’lum bo‘la boshlaydi. SHubhasiz, ijtimoiy pedagogik tafakkurning rivojlanishiga antik davr (yunon va rim) faylasuflari katta hissa qo‘shganlar. Xususan, Suqrot (mil. avv. 469 — 399 y.) iO‘z-o‘zingni angla” degan shiorni ilgari surgan va shu bilan ong insonda barcha yovuzlikni yo‘qotishi mumkinligini ta’kidlagan. Demokrit (mil. avv. 460 — 370 y.) o‘z ta’limotida tarbiyada bola tabiatini hisobga olish tamoyilini asoslab bergan. Bundan tashqari, uning fikricha, bola tarbiyasini yoshligidan boshlamoq kerak. Aflotun (mil. avv. 423 — 347 y.) ilk marotaba davlat va tarbiyaning o‘zaro munosabati g‘oyasini ilgari surgan. Uning fikriga ko‘ra, tarbiya davlatning eng muhim vazifasi bo‘lgan. Arastu (mil. avv. 384 — 322 y.) antik dunyoda tarbiyaning to‘liq nazariyasini ishlab chiqqan. Aflotundan farg‘uti o‘laroq, Arastu inson tarbiyasida asosiy e’tiborni davlatga to‘liq bo‘ysunishga emas, balki insonning uz manfaatlariga, uning rivojlanishiga qaratadi. SHaxsning jamoa bilan uyg‘un rivojlanishi to‘g‘risidagi g‘oya ham unga tegishlidir. Mark Fabiy Kvintilian (mil. avv. 42 — 118 y.) qadimgi yunonning notikdik san’ati nazariyotchisi, pedagog. “Notiqning tarbiyasi haqida” deb nomlangan ilk pedagogik asar unga tegishli bo‘lib, unda tarbiyaning muhim g‘oyalari, ta’lim metodikasi bayon etilgan . Kvintilianning asosiy g‘oyalari uz “men”ini sakdab qolish, maktabining yaratilishi bilan bog‘liq. SHuni ta’kidlash joizki, ta’riflanayotgan davrda din, pedagogika va ijgimoiypedagogika bir-biri bilan uzviy bog‘liqholda rivojlangan. Diniy qarashlarda asosiy e’tibor umuminsoniy qadriyatlarga yo‘naltirilgan. Diniy rivoyatlarda, muqaddas kitoblarda, oyatlarda axloqiy o‘gitlar, insonlararo munosabatlar, qavm-qarindoshlarga, bolalarga g‘amxo‘rlik haqida ko‘p gapirilgan. Bu asosda ko‘pgina avlodlar tarbiya topishgan va bu borada Evropada cherkov uzoq vaqt mobaynida “nogiron bolalar rahnamosi” bo‘lgan. Unga nafaqat ruxrty yordam so‘rab, balki tibbiy, moddiy yordam so‘rab, adolatsizlikdan himoya so‘rab murojaat qilishgan. Bu borada butun dunyoda diniy tashkilotlarning boy an’fnalari mavjud. Masalan, Evropada antik davrlardan buyon ota-onasiz qolgan bolalarni ibodatxonalar eshigi oldiga qo‘yib ketishgan. Manbalarga ko‘ra, ota-onasiz qolgan bolalar uchun ilk tarbiya uylari IV aerda Kesariya shahrida episkop Vasiliy Kesariyning tashabbusi bilan paydo bo‘lgan. 787 yilda bunday muassasa Milandagi soborda ham paydo bo‘lgan. Uzoq vaqg u Evropada yagona tashkilot bo‘lib qolavergan va faqat XIV aerga kelib tarbiya uylari soni o‘ttiztagacha ko‘paygan. Qizig‘i shundaki, bu uylarda faqatgina bolalarga g‘amxo‘rlik qilmasdan, profilaktika ishlari ham olib borilgan: onalarga yordam berilgan, bolalarni boshqa oilalar tarbiyasigaberishgan, ularningtarbiyasini nazorat qilishgan. Keyinchalik ham bolalar uylari ruhoniylar tomonidan boshqarilgan. Parijda 1640 yil ruhoniy Vinsento Depolen tomonidan asos solingan tarbiya uyi juda mashhur bo‘lgan. U tarbiya uyini qirol Lyudovik XIV tomonidan moliyalashtirishga erishgan. huquk^ari tengligi bilan bog‘lana boshlangan. Aynan shu davrda ijtimoiy pedagogikadagi asosiy yo‘nalishlarning aniq faoliyatda amalga oshishi sodir buladi. Ijtimoiy pedagogik g‘oyalarning rivojlanishiga fransuz faylasufi, yozuvchi, ma’rifatparvar J. J. Russo (1712 — 1778) ulkan hissa qo‘shgan. U huquqiy, diniy va tabiiy rivojlanish asosiga qurilgan tabiatan shakllangan tarbiya g‘oyalarini ilgari suradi. Rus qomusiy olimi va pedagogi M. V. Lomonosov (171 1 — 1765) uz “Reglamentlar”ida tarbiyaning xalqparvar g‘oyalarini, insonga faol shaxs sifatida yondashuvni \amda bolada axloqiy sifatlarini shakllantirishning o‘ta muhimligini bayon etgan. YAngi ijtimoiy pedagogik g‘oyalar fransuz faylasufi va ma’rifatparvari Klod Adriana Gelvetsiy (1715 — 1771) ishlarida ham tilga olingan bulib, ular tarbiya omillari hisoblanmish muhit va pedagogik ta’sir hamda shaxs va jamiyat manfaatlarining birligi masalalaridir. SHvetsariyalik buyuk pedagog Iogann Genrix Pestalotssi (1746 — 1827 y) o‘z faoliyatida ijtimoiy pedagogik nazariya va amaliyotni birlashtirgan va o‘z mablag‘lari hisobiga etimlar uylarini ochgan. Ingliz faylasufi va pedagogi Robert Ouenning ijtimoiy pedagogik faoliyati bir qancha qiziqarli va sermahsul tajribalardan iborat. Nyu-Lenarkda “Inson xarakterini tuzishningyangi institugi”ni ishchilarningturmush darajasini yaxshilash uchun yaratib, u amaliyotda ishlab chiqarish ta’limini madaniyat bilan bog‘lab qo‘ydi. Jahonda ilk marta didaktik o‘yinlar o‘tkaziladigan, bolalarning jismoniy holati haqida g‘amxo‘rlik qiladigan muassasalar u tomonidan tuzilgan. Ingliz faylasufi Gerbert Spenser (1820 — 1903) oilaning shaxs shakllanishidagi o‘rni haqidagi ijtimoiy-pedagogik g‘oyalar bilan singdirilgan asarlar yaratgan. Bu maqsadlarga erishishi uchun u qiziq usulni ilgari surgan, ya’ni Angliyaning davlat va siyosiy tuzilmasini oila va maktab tomonidan imitatsiyalashuvini. XIX asr shunisi bilan xarakterliki, bu davr mobaynida, bir tomondan, ijtimoiy pedagogikaning pedagogika fanidan ajralish jarayoni sodir bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, uning psixologiya, sotsiologiya, tibbiyot, falsafa kabi fanlar bilan yaqinlashuvi ro‘y bergan. Ijgimoiy pedagogika rivojining ikkinchi davri — XVII — XIX asrlar — ijtimoiy-pedagogika eng ilg‘or g‘oyalar va ilmiy konsepsiyalar bilan boyitilgan davr bo‘ldi desak, xato bo‘lmaydi. XVIII — XIX asrlar (burjua-demokratik inqiloblar davri) olimlarining (pedagog, faylasuf, sotsiolog, psixologlar) davlat va jamoat instituglari bilan hamkorlikda ijtimoiypedagogik muammolarni hal qilish g‘oyalarining paydo bulishi davridir. Tarbiya masalalari jamiyat islohotlari, inson XIX aerda ijtimoiy pedagogikaning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘lgan. 1) ijgimoiy pedagogikaning nazariy asoslari ishlab chiqilgan. Bu uning fan sifatida paydo bo‘lishiga olib kelgan; 2) ta’lim sohasidagi ijtimoiy pedagogik faoliyat vujudga kelgan. Bu erda ijtimoiy pedagogik ta’lim, tarbiya maqsadi va xarakteri, ta’siri haqida ran bormoqda; 3) ijtimoiy pedagogika faoliyat doirasining kengayishi ro‘y bergan. “Nochor” va tanlab olingan bolalar bilan bir qatorda, katta yoshdagilar bilan ham ijtimoiy-pedagogik faoliyat boshlangan. Eng asosiysi, ijtimoiy pedagogika faoliyat davlat siyosati darajasiga kutarilgan. XIX asrning 60 — 70 yillarida Germaniya, Angliya, AQSHda ijtimoiy qonunchilik tizimlari yaratilgan. SHuni aytib o‘tish joizki, ijtimoiy pedagogika fani rivojlanishining barcha yo‘nalishlarini uning eng asosiy vazifasi — bolalarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish g‘oyasi birlashtiradi. Biroq XVIII — XIX asrlarda u avvallari e’tiborsiz bo‘lgan g‘oyalar bilan to‘ldiriladi. Aniqrog‘i, ijtimoiy pedagogika nazariyasi va amaliyotida birinchi o‘ringa umuminsoniy qadriyatlar chiqadi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab pedagogika va ommaviy tarbiya tizimiga e’tibor kuchayadi. Unda yoshlarni tarbiyalash, shuningdek, ijtimoiy xulq-atvor me’yorlarini buzuvchi shaxslarni qayta tarbiyalash muammolari hal qilina boshlandi. Bu ishlarning davom i Evropa va Amerika qit’alarida ro‘y berayotgan o‘zaro ijtimoiy-madaniy jarayonlarda o‘z aksini topishi kerak bo‘ldi. Industriyalashtirish qishloqaxolisining shaharga ommaviy migratsiyasini keltirib chiqardi. Qishloq aholisining yangi turmush tarzi ga moslashishda qiyinchiliklarga uchrashi oqibatida axloqsizlik, jinoyatchilik, daydilik ko‘paydi. Kam rivojlangan Evropa davlatlaridan aholi ko‘chib kelishining ortishi sababli AQSHda ahvol nihoyatda og‘ir edi. Ayni vaziyatda cherkovning rolini susayishi kuzatildi. CHerkov shu paytgacha axloqiy me’yorlarning ana’naviy tashuvchisi bo‘lib kelgan, biroq endi u jamiyatning yangi ehtiyojlari va voqeliklarini anglay olmadi va ko‘pgina odamlar hayotida o‘zining avvalgi mavqeini yo‘qotdi. SHu bilan birga, Evropada milliy davlatchilikning shakllanishi va Amerikada millatning yuzaga kelishi barcha ijtimoiy qatlamlarda muayyan goya va qadriyatlarning madaniylashuvini talab qilardi. Ushbu masalani \al qilish vositalarini topish zarurati paydo bo‘ldi. XIX asr oxirida mustaqil fanga aylangan ijtimoiy pedagogika rivojiga aynan shu omil turtki bo‘ldi. SHunday qilib, nemis pedagogi Fridrix Disterveg tomonidan fanga kiritilgan «ijtimoiy pedagogika» atamasi XX asr oxiriga kelib rasmiy ravishda keng qullanila boshlagan. Aynan shu vaqtdan boshlab ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishining uchinchi bosqichi boshlanadi. XX asr inson sivilizatsiyasi tarixida ilmiy-texnikaviy inqiloblar asri sifatida nom qoldirdi. Fan ishlab chiqarish ob’ektidan iqtisodiy va madaniy sohaning etakchi omiliga aylandi. Ilmiy inqiloblar ijtimoiy pedagogikaning keyingi rivojiga eng birinchi navbatda falsafa orqali uz ta’sirini kursatdi. Ijtimoiy pedagogikaning qator fanlar: psixologiya, fiziologiya, anatomiya, tarix, sotsiologiya va boshqalar bilan yaqinlashuvi ro‘y berdi. Eng asosiysi XX aerda insonning muammolari, uning tarbiyasi va ta’limi uchun ijtimoiy sharoitlarni yaratish zamonning eng global muammosiga aylandi. Aynan shu davrda “pedalogiya” — bolani har tomonlama o‘rganish hdqidagi fan rivojlana boshlandi. Uning asoschilari E. Meyman, S. Xoll, Torndayk hisoblanadi. Bu borada Rudolf SHteynerning pedagogikasi hdm muh]im ahamiyatga ega. Ijtimoiy pedagogikani yangi g‘oyalar va tarbiya usullari bilan boyitgan pedagog olimlardan Georg Kirshenshteyner (1854 — 1932, Germaniya), Jon Dyui (1859 — 1952, AQSH), Vilgelm Naylarning (1862 — 1926, Germaniya) nomlarini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. G. Kirsheniggeynerning pedagogik nazariyasi maktablarda bolalarning sust qabul qilishidan faol harakatdagi ehtiyojlarini ijodiy amalga oshirishga, ijodga ko‘ra isloh qilish g‘oyasiga asoslanadi. Kirshenshteyner ijtimoiypedagogik qarashlarining asosini bolalarni jamiyatda har tomonlama tayyorlash uchun mehnat maktablarini yaratish, hamkorlik malakalarini rivojlantirish, davlat manfaatiga xizmat qiluvchi bolalarning fuqarolik tarbiyasini amalga oshirish kerakligi tashkil etadi. Jon Dyui pragmatik pedagogika asoschisi hisoblanadi. Amaliy natija hamda biznesda muvaffaqiyatga erishish mazkur pedagogikaning oliy qadriyatlari hisoblanadi. Jon D’yui xizmatlari shundaki, u maktab bilan hayotning aloqasi, ta’limning individuallashuvi kabi ijtimoiy psixologik g‘oyalarga murojaat qilganidadir. Hozirgacha turli davlat olimlari o‘rtasida ijtimoiy pedagogikaning boshqa pedagogik fanlar orasidagi o‘rni borasida “Bu mustaqil fan bo‘la oladimi yoki faqatgina yosh guruhlarini o‘rganish bilan cheklanadigan pedagogikaning bir sohasi bo‘lib qolaveradimi?”, degan masalada bahs-munozaralar davom etmokda. Bu bahslar, yangi fan tushunchasining shakllanmaganligi ijtimoiy pedagogika mohiyatini inkor etuvchi ba’zi pedagoglar nazariyalarida paydo bo‘lgan. Masalan G Noll va G Boymer (1920 — 1930 y.) ijtimoiy pedagogikani bolalarga yordam berish va voyaga etmagan huquqbuzarlarning profilaktikasi, deb tushunishgan. Ijtimoiy pedagogikaning mohiyatini nemis olimi Paul Natorp (XX asrning 20-yillari) umuman boshqacha ta’riflagan. U ijtimoiy pedagogika xalqning madaniy va ahloqiy darajasini ko‘tarish maqsadida jamiyatning barcha tarbiyaviy kuchlarini yaqinlashtirish muammosini tadqiq etadi, deb hisoblagan. Bunaqd tushunish yangi davrning buyurtmasiga ko‘proq mos kelgan va ijtimoiy pedagogika insonni hayoti davomida tarbiyalash haqidagi bilim sohasi ekanligini tasdik^lagan. XX asrning 60-yillarida ijtimoiy pedagogika huquqbuzarlik sodir etgan bolalarga yordam berish, bolalar uylarida tarbiyaviy ishlarni olib borish, ijtimoiy pedagogik faoliyat olib boruvchi mutaxassislarni tayyorlashni o‘z ichiga qamrab oladi. Xususan, XX asrning 70-yillaridan boshlab Germaniyada oliy ma’lumotli ijtimoiy pedagoglar tayyorlana boshlangan. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib ijtimoiy pedagogik muammolarning global darajaga etganiga BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1959 yilning 20 noyabrida va 1989 yilning 20 noyabrida qabul qilingan «Bola huqukugari Deklaratsiyasi» guvoqlik beradi. Unda alohida e’tibor etimlarning ijtimoiy himoyasiga, ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalar bolalariga ijtimoiy yordam ko‘rsatilishiga va boshqa bir qator muammolarni \al qilishga qaratilgan. O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning an’ana va tamoyillarini tiklanishi murakkab sharoitlarda amalga oshmokda. Davlat ta’lim standartlarini va darsliklarni yaratish, mutaxassislar tayyorlash, o‘quv rejalari va dasturlari i tuzish mavjud tajriba va chet el mutaxassislari bilan yaqin hamkorlik asosida amalga oshirilishi kerak. CHunki Germaniya, Angliya, AQSH kabi davlatlarda boy ijtimoiy pedagogik tajriba mavjud.