Shaxsning shakllanishida: 1) Shaxsning rivojlanish davri va uning natijasi.
2) Shaxsni maqsadga yo‘naltirilgan tarzda tarbiyalanishi katta ahamiyat kasb etadi.
Shaxsning rivojlanishini uning faoliyatida o‘zgarib turuvchi ehtiyojlari bilan ularni qondirishning imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatlarda aniqlanadi.
Hozirgi sharoitda insonga ijtimoiy muhit ko‘rsatayotgan ta’sirini quyidagicha tasnif etish mumkin:
Birinchidan,har bir insonga bo‘lgan global ta’sir, ya’ni radio, televidenie, matbuot, kino va hokazolar orqali axborot almashinuvi.
Ikkinchidan, mamlakat va mintaqa miqyosidagi ijtimoiy ta’sir insonni mavjud shart-sharoitlar doirasida inson dunyoga kelishidan to hayotdan ko’z yumgunigacha o‘z orbitasida tutib turadi.
Uchinchidan,insonni avval boshidan o‘rab turgan mikromuhit – oila, maktab, ko‘cha va hokazolar o‘z ta’siriga oladi.
Ana shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, inson shaxsning shakllanishidagi birinchi bosqich – oiladir. Oila bioijtimoiy sifatga ega bo‘lgan tuzilma sifatida jamiyatning barqaror va dastlabki bo‘g‘inidir.Oilada go‘dak ilk bor ijtimoiy-madaniy qadriyatlarni anglamagan holda o‘zlashtiradi va ular zamirida faolligini asta-sekinlik bilan oshirib boradi. Maktab, turli ijitmoiy guruhlar (masalan, tengdoshlar, sport uyushmalari va boshqalar) bilan muloqot davomida madaniy ideallik qaror topa borib, shaxs shakllanishining muhim manbaiga aylanadi.
Hozirgi davr sotsiologiyasida «inson» deganda Yerda yashayotgan mavjudot turlaridan biri tushuniladi. Inson alohida olingan tur (Homo sapiyns) vakilini ifodalovchi umumiy tushunchadir. Inson, umuman inson zotining yig’iq obrazi sifatida bioijtimoiy mavjudot bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida ham tabiatga, ham ijtimoiy hayotga mansubdir. Gegel ta’biri bilan aytganda, «insonning o‘zida bevosita mavjudligi qandaydir tabiiydir, bu uning o‘z tushunchasiga binoan tashqidir; faqat o‘ziga tegishli tana va ruhini takomillashtirish vositasida, mohiyatan o‘zini-o‘zi anglashi sababli ham u o‘zini erkin tutadi, u o‘ziga o‘zi egalik qilishga kirishadi va ham o‘ziga, ham boshqalarga nisbatan bo‘lgan munosabatlarda o‘ziga o’zi egalik qiladi. Bu o’ziga o‘zi egalik qilishga kirishish, shuningdek, bu holatni voqelik deb bilish shuni ko‘rsatadiki, inson o‘z tushunchasiga binoan (imkoniyat, qobiliyat, moyillik), endi o‘zini o‘ziniki deb bilishi, o‘zini xuddi predmetdek hisoblashi – oddiy o‘zini o‘zi anglashdan farq qilib, u haqiqatda narsa (buyuk) shaklida namoyon bo‘la olish qobiliyatiga erishadi»5.
Mustaqil O‘zbekistonning buyuk kelajagini barpo qiladigan, unga munosib shaxs bo‘la oladigan kishini tarbiya qilib yetishtirish hozirgi davrning asosiy vazifasi ekanligi shaxs sotsiologiyasida o‘rganiladi.