Hozirgi davrda jamiyatimizda shaxsning quyidagi belgilari mavjud: 1. Birinchi guruh shaxs belgisi: jamiyatga, siyosatga munosabati bilan bog‘liq (Vatanga sadoqat, o‘lka boyligi xo‘jayini ekanliginianglash,optimizm, maqsadsariintilish, intizomlilik, uyushqoqlilik, aktiv hayotiy pozitsiya va boshqa).
2. Ikkinchi guruh shaxs belgisi: uning o‘z faoliyatiga bo‘lgan munosabati bilan xarakterlanadi (Mehnat qilish, so‘z bilan ish birligi, bilim olishga intilish, madaniyatga intilish, mehnatda tashabbuskorligi va boshqa).
3. Uchinchi guruh shaxs belgisi: uning boshqa kishilarga bo‘lgan munosabati bilan bog‘liq (Kishilarni hurmat qilish, qardoshlik, to‘g‘rilik, axloqiylik).
Shaxsning asosiy xislatlari, bular:
- onglilik;
- ma’naviy boylik;
- ijtimoiy munosabatlar;
- jamiyatga nisbatan nisbiy mustaqillik;
- javobgarlik.
Insonning ijtimoiy sifatlarini belgilovchi omillar: 1) ijtimoiy maqsadi:
2) egallab turgan maqomi;
3) bajarayotgan ijtimoiy roli;
4) normalar va qadriyatlar:
- madaniyat;
- inson foydalanadigan belgilar tizimi;
- bilimlar;
- bilim va maxsus tayyorgarlik darajasi;
- ijtimoiy-psixologik o‘ziga xosliklar;
- yechimni qabul qiladigan mustaqillik;
- faollik.
Bugungi kunda, ayniqsa Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 2000 yil Oliy Majlis 2-chaqiriq 1-sessiyasining 2-yig‘ilishida (11 fevraldagi) rahbar kadrlar quyidagi xislatlarga ega bo‘lishini alohida ta’kidlagan edi6 1. Shaxsiy xislatlar: 1) ijtimoiy manfatlarni o‘z shaxsiy manfatidan yuqori qo‘yishi;
2) adolatlilik;
3) o‘z qo‘l ostidagilarga hurmat bilan qarash;
4) mehnat jamoasida qulay psixologik munosabatni vujudga keltirish;
5) odamlar bilan osonlikcha til topisha bilish;
6) umumiy madaniyat saviyasining yuksakligi;
7) bosiq bo‘lish;
8) o‘ziga ishonch va hokazo.
2. Amaliy xislati: 1) fikrining tiniqligi;
2) yangilikni qabul qila bilish;
3) tashabbuskorlik qobiliyati;
4) tashkilotchiligi;
5) o‘z so‘zi ustidan chiqa bilish;
6) puxtaligi va hokazo.