Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə64/96
tarix23.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#129297
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   96
2587 (1)

Oilaning ijtimoiy maqomi
Oilaning jamiyatda moslashuvining ko’rsatgichi uning ijtimoiy maqomi hisoblanadi, ya’ni oilaning bugungi kundagi holati. Oila maqomi oila a’zolarining individual tavsiflari majmuasidan shakllanadi. Oilaning to’rtta maqomi mavjud bo’lib, ular: ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-ruhiy, ijtimoiy-madaniy, vaziyat-rol maqomlaridir.
Ijtimoiy-iqtisodiy maqom-oilaning moddiy holatini belgilaydi. Bu oila daromadlari, yashash ko’rsatgichlarini o’z ichiga oluvchi moddiy ta’minotlanganlikdir. Daromadlar yuqori, o’rta va past bo’lishi mumkin.
Yuqori-daromad va yashash sharoitlari darajasi nafaqat maishiy ehtiyojlarni qondirish imkoniyatini beradi, balki boshqa xizmatlardan foydalanishga ham zamin yaratadi.
O’rta-holat minimal ijtimoiy ehtiyojlarni qondira oladi, biroq dam olish ta’lim va boshqa xizmatlardan foydalanishga ham zamin yaratadi.
Past-daromad va yashash sharoitlari darajasi belgilangan me’yorlarlardan past, ovqat, kiyim-kechak, yashash joyi to’lovi kabi masalalarda ham muammo chiqib turadi.
Psixologik (ruhiy) maqom-bu oilaning psixologik iqlimi. Yaxshi iqlim emosional yaqinlik, hamkorlik, teng huquqlilik bilan xarakterlanadi. Yomon, noxush iqlim esa nizo-janjallar ko’pligida emosional noqulayliklarda namoyon bo’ladi.
Ijtimoiy-madaniy maqom-ta’lim darajasi, yurish-turish madaniyati, an’nalarni saqlab qolish va o’tkazish vazifasi, qiziqishlarning keng doirasi, rivojlangan ma’naviy ehtiyojlar, dam olish va maishiy hayotning birgalikdagi shakllari.
Vaziyat-rol maqomi-bolaga munosabat xarakteri______?___.
Oilaning ijtimoiy moslashuv bo’yicha tadqiqot o’tkazish uchun ijtimoiy pedagogika uning xususiyatlarini bilishi, ularga baho berish lozim. A. Q. Minavarovning7 fikricha oilaning tarbiyaviy funksiyasining darajasi uch yo’nalishda bo’luvchi uning tuzilmasiga bog’liq.
Bu yo’nalishlar demografik-ko’pbolalik, kambolalik, ikki yoki uch avlodning birgalikda yashashi, ota-onalarning ikkalasini ham bo’lishi, oila a’zolarining ta’lim olganliklari darajasi, bolalarni tarbiyalashda vazifalarni taqsimlash, oila tarbiyasining o’ziga xosligi, shuningdek oilaning milliy xususiyatlari ham inobatga olinadi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin