-umumiy o’rta ta’lim olishdan chetga chiqish,
-kasbiy ta’lim olishdan chetga chiqish.
-yetimlik,
-xulq-atvor normasidan og’ish: aroqxo’rlik; norkamaniya; taksikomaniya; fohishabozlik; daydilik va b.
Ijtimoiy pedagogning og’ish xulq-atvorli bolalar bilan ish yuritishi og’ishlar profilaktikasi, muayyan norma va qoidalarni buzishni oldini olish, shuningdek xulq-atvorida u yoki bu og’ish aniqlangan bolalarning reabiliatatsiyasiga qaratilishi lozim.
Chekinish (oqish) nazariyasi. Odob-axloq me'yorlari va ulardan chekinish yoki og`ish hollari borasidagi to`plangan bilimlar ularning sabablarini belgilovchi faktorlar mavjud ekanligidan dalolat beradi. Bu faktorlarni uchta guruhga ajratish mumkin: biogen, sotsiogen va psixogen.Insonlarning hayotdagi har qanday “og`ish” hollari ularning potentsial imkoniyatlarining cheklanishiga, tashqi muhit bilan muloqatga kirishishiga o`zining salbiy ta'sirini ko`rsatadi. Insonda ro`y beradigan holatlarni sotsiologiya, psixologiya, ijtimoiy pedagogika, tibbiyot kabi ko`plab fan sohalari o`zlarining spetsifik xususiyatlaridan kelib chiqib o`rganadi, bu borada o`z nazariyalarini boyitib boradi.
Masalan, tibbiyot fani me'yorlardan chekinish holatini bolalarning patologik sog`ligining buzilishi bilan bog`liq deb baholaydi. XIX-XX asrlarda chet mamlakatlarda imkoniyatlari cheklangan insonlarning tibbiy modeli hukmronlik qildi. Bu model imkoniyatlari cheklangan insonlarga hech bo`lmaganda elementlar ijtimoiy faoliyat yuritishlarini nazarda tutdi. Bunday insonlar ma'lum tayyorgarlikdan o`tib, o`zlari uchun o`zlari harakat qilishar va bu bilan ular kimgadir ortiqcha yuk bo`lmasligi mumkin edi.
So`ngra chekinish holatiga tushgan insonlarga nogiron (lot.invalidus-kuchsiz, ojiz) sifatida qarash vujudga keldi. Bu nazariyaga ko`ra imkoniyatlari cheklangan insonlar mutloq sog`lom insonlar nazorati ostida bo`ldi. Bunday insonlarga yordam berish tashkil etildi va bu tibbiyot modeli davlatning ijtimoiy siyosatiga o`z tasirini o`tkazdi.
XX asrning 60-yillariga kelib imkoniyatlari cheklangan insonlarga yordam berishning tibbiy modelining o`rniga ijtimoiy model vujudga keldi va uning rivojlanishi psixolik tahlilga suyandi. Bu modelga ko`ra imkoniyatlari cheklangan insonlar assotsiatsiyalarga birlashib, o`z haq-huquqlarini talab etishdi va bu talab o`z sog`liqlarini tiklashdan ko`ra, jamiyat a'zolari bilan o`zaro munosabatni yaxshilashga nisbatan bo`ldi.