Samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 84,04 Kb.
səhifə1/27
tarix12.05.2023
ölçüsü84,04 Kb.
#126853
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
Zoologiya kafedrasi
Hayvonlar ekologiyasi
fanidan maruzalar matni
Tuzuvchi: dots. Hakimov N.X.
Samarqand-2015
1. Ma’ruzamatni
§1. Hayvonlar ekologiyasi fanining predmeti, tarkibi va vazifalari
Reja:

  1. Hayvonlar ekologiyasi fanining predmeti, mazmuni va o’rganadigan obyekti.

  2. Hayvonlar ekologiyasi fanining tarkibi.

  3. Individlar ekologiyasi, populyasiyatlar ekologiyasi va uyushmalar (biosenozlar) ekologiyasining o’rganadigan obyektlari.

  4. Hayvonlar ekologiyasining boshqa zoologik fanlar bilan munosabatlari.

  5. Hayvonlar ekologiyasi fanining vazifalari va ahamiyati.

Organizmlarning atrof (yashash) muhitiga munosabati va yashash uchun kurashishini ifodalash maqsadida 1866 yil nemis olimi E.Gekkel “ekologiya” atamasini taklif etadi. Ushbu atama ikki yunon so’zlaridan iborat bo’lib, “oikos”-uy, boshpana, yashash joyi ma’nosini bildirsa, “logos” fan yoki so’z demakdir.


Yashash uchun kurash deganda Ch.Darvin iborasi bilan aytsak, ma’lum bir organizmning (individning) nafaqat shu turga mansub bo’lgan boshqa bir individi orasidagi kurashi yoki boshqa turlarga mansub bo’lgan individlar bilan kurashini tushunmoq kerak, balki shu organizmlarni o’rab turuvchi turli-tuman omillar bilan ham kurashini tushunmoq lozim. Bundan tashqari yashash uchun kurash deganda nafaqat yirtqichlik, parazitlik, raqobat bilan oziqa topish, boshpanaga ega bo’lish, kabilarni tushunmoq kerak, balki yana muhitning fizikaviy va kimyoviy omillariga organizmlarning javob bera olish xususiyati va shu orqali ularning ma’lum bir muhitga moslasha olish qobiliyatini ham tushunmoq lozim.
Hozirgi kunda hayvonlar ekologiyasi uch asosiy bo’limdan iborat va har bir bo’lim o’zining o’rganadigan ob’yektiga (mavzusi) ega.
Birinchi bo’lim individlar ekologiyasi bo’lib, ma’lum bir tur individi yoki individlarning atrof-muhit bilan munosabatlarini, organizmning muhitga bog’liq holda yashovchanlik imkoniyati, rivojlanishi va yetilishi kabi xususiyatlarini o’rganadi.
Har xil turlarning individlari tashqi muhit omillariga turlicha munosabatda bo’ladi.Ushbu munosabatlar asosida tashqi muhit ta’surotlariga organizmlarning morfo-fiziologik reaksiyalari turadi.Bunday reaksiyalar hayvonlarda mavjud bo’lgan reflekslar (reflektor yoyi) orqali namoyon bo’ladi. Organizm atrof-muhitning turli-tuman omillari ta’sirida hosil qilgan javob reaksiyalarini o’rganish ekologik tadqiqotning eng dastlabki bosqichi hisoblanadi, chunki ushbu tadqiqot tufayli har xil turlarga mansub bo’lgan individlarning ta’sir etuvchi ma’lum bir omilga nisbatan munosabatini o’rganish va aniqlash imkoniyatini beradi.
Ikkinchi bo’lim populyatsiyalar ekologiyasi hisoblanib, ma’lum bir turning tabiiy holda shakllangan va ma’lum bir arealni egallagan individlar to’plamidan iborat tabiiy guruh hisoblanuvchi populyatsiyalarning shakllanish sharoiti, strukturasi (tarkibi) va dinamikasini o’rganadi.
Populyatsiyalar ekologiyasi bo’limi yana turning populyasiyalari asosida tur ichidagi munosabatlar hamda uning biologik ahamiyatini ham tahlil qiladi. Hayvonlar ekologiyasining uchinchi bo’limi uyushmalar ekologiyasi yoki biosenologiya deyilib, ma’lum bir yashash joyidagi (biotop) turli-tuman tirik organizmlarning populyatsiyalarini hosil qilgan jamoalari (biosenoz)ni o’rganadi. Shunga binoan, biosenologiyaning ob’yekti hayvon va o’simliklarning turli-tuman turlarini hosil qilgan populyatsiyalari orasidagi munosabatlarini o’rganar ekan, ushbu bo’lim hayvonlar ekologiyasi fanini o’simliklar va mikroorganizmlar ekologiyalari fanlari bilan chambarchas bog’laydi.
Biosenologiya yoki biosenozlar ekologiyasining eng asosiy predmeti quyidagilardan iborat, ya’ni:
a) turlar orasidagi munosabatlarning shakllari: o’simlik va hayvon turlari orasidagi munosabat, parazit va uning xo’jayini, raqobatchilar orasidagi munosabat, kommensallar, ijarachi va boshpana beruvchi organizm hamda boshqa ko’rinishdagi simbiontlar orasidagi munosabatlarning kelib chiqishi hamda uning ahamiyati;
b) turlar orasidagi munosabatlar asosida shakllangan jamoaning tuzilishi (strukturasi), chegarasi va turlarning bir-biriga bog’liqligi;
v) biosenozdagi turlar jamoasining atrof-muhit omillari bilan bog’liqligi va ularning dinamikasi kabilar.
Hayvonlar ekologiyasi fani aytib o’tilgan 3 bo’limdan tashqari yana bir qator xususiy fanlar (bo’limlar)ga ham ajraladi. Masalan, suv hayvonlari ekologiyasi, quruqlik hayvonlari ekologiyasi, parazit hayvonlar ekologiyasi va hokazolar.
Shuni alohida qayd qilish o’rinliki, hayvonlar ekologiyasi fani umumiy ekologiyaning tarkibiga kiruvchi fan emas, balki u zoologiyaning tarkibiga kiruvchi mustaqil fan hisoblanadi.
Hayvonlar ekologiyasi fani boshqa bir qator biologik fanlar bilan, jumladan, hayvonlar fiziologiyasi, hayvonlar morfologiyasi, embriologiya, zoogeografiya, sistematika, genetika, paleozoologiya, bioximiya kabi fanlar bilan chambarchas bog’liqdir. Masalan, ekologik morfologiyaning predmeti o’zgaruvchan muhit omillari ta’sirida organizm va uning organlari shakllarining o’zgarishini o’rgansa, ekologik zoogeografiya hayvonlarni turli omillar ta’sirida yer yuzida tarqalish qonuniyatlarini o’rganadi. Xuddi shuningdek, populyasion genetika yashash muhiti ta’sirida hosil bo’lgan belgi va xususiyatlarni kelgusi avlodlarda mustahkamlanish sabablarini o’rganadi. Paleozoologiya fani esa yerning turli qatlamlarida topilgan hayvon qoldiqlari orqali ularning qanday muhitda yashaganligini aniqlash kabi muammolari bilan shug’ullanadi va hokazolar.



Yüklə 84,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin