5. Suv hayvonlarida gazlar almashinuvi Kislorodga talab darajasiga binoan suv hayvonlari bir-biridan farq qiladi. Ularning bir guruhi O2 ga boy bo’lgan suvda yashasa, boshqa bir guruhi O2 kam bo’lgan suvlarda yashashga moslashgan. Shunga binoan, suv hayvonlari ikki guruhga bo’linadi.
1. Oksifillar - stenoksibiontlar O2-ni ko’p talab etuvchi hayvonlar. Bunday hayvonlar 1l3 suvda 7-11 sm3 kislorod bo’lsa yashaydi.
2. Evrioksibiontlar. O2-ni kam talab etuvchi hayvonlar. Bunday hayvonlar 1 l3 suvda O2 miqdori 4-0,5 sm3 hajmda bo’lsa yashaydi.
Lekin hayvonlar orasida shundaylari ham mavjudki, ular tarkibida O2 juda kam bo’lgan suvlarda ham yashaydi. Bunday hayvonlar oksifob-stenoksibiontlar deyiladi.
Oksifil hayvonlarga - tez oquvchi va sovuq suvli daryolarda yashovchi bir qancha baliqlarni, jumladan, yalang’och baliq, zog’ora baliq, kumja, tanga baliq, xarius kabilarni ko’rsatish mumkin. Sekin oquvchi va O2 uncha ko’p bo’lmagan daryolarda, ko’llarda va boshqa chuchuk suvlarda oksifob va evrioksifob baliqlarga yorsh, olabug’a, oqcha, zog’ora baliq, tovon baliqlarni ko’rsatish mumkin.
Oksifob hayvonlarga yana suv tubidagi hayvonlarning ko’pchiligi, jumladan, ko’pgina bir hujayralilar, chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar va mollyuskalar kiradi. Ushbu hayvonlar suv tubi qumida yoki loyida bo’lib, (infauna) uzoq vaqt O2 siz yashash qobiliyatiga ega.
Suv hayvonlari uchun O2 dan tashqari suvda erigan azot (N2), karbonat angidrid (SO2), vodorod sulfid (H2S), metan (SN4) va boshqa gazlarning bo’lishi ahamiyatlidir. O2 va N2 suv tarkibiga uning yuzasi orqali absorsiya qilinadi. Suvning chuqur qatlamlariga esa O2 suvning oqimi va konvension (suvning ustki va pastki qatlamlarining almashinib turishi) harakati tufayli hosil bo’ladi. Aslida suvda kislorod miqdorining o’zgarib turishi va uning zahirasining hosil bo’lishi suv harorati va sho’rlik darajasiga bog’liq. Suvda harorat va tuz miqdorining oshishi kislorodni kamayishiga olib keladi.
Daryo va uning irmoqlaridagi suv tarkibidagi erigan kislorod miqdori suv havzasidagi aerasiyaga, suvning bo’ylama, ko’ndalang va aylanma harakatiga bog’liq. Shuning uchun ham baland tog’lardan tushuvchi daryo va daryochalar suvida kislorod ko’p bo’ladi. Sekin oquvchi yirik daryo suvlarida kislorod kam bo’ladi. Suv tarkibida kislorod miqdori kamayishi unda karbonat angidrid (SO2), shuningdek, vodorod sulfid (H2S) va metan (SN4) gazlarining oshishiga olib keladi.