Samarqand davlat universiteti «tasdiqlayman»


Kafedra mudiri prof. Mirzayev I.K



Yüklə 321,5 Kb.
səhifə2/12
tarix10.04.2022
ölçüsü321,5 Kb.
#115216
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Узбек тили амалий грамм. 2019. 68 соатлик.

Kafedra mudiri prof. Mirzayev I.K.
“O‘zbek tili amaliy grammatikasi” fanining ishchi-o‘quv dasturi filologiya fakulteti ilmiy kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2019-yil _____-iyuldagi _____-bayonnoma).

Fakultet ilmiy kengashi raisi prof.Eltazarov J.

Fakultet o‘quv-uslubiy kengashi raisi prof.Abdiyev M.

Kelishildi:

O‘quv- uslubiy boshqarma boshlig‘i Aliqulov B.


I. О‘quv fanining dolzarbligi va kasbiy ta’limdagi o‘rni
“O‘zbek tili amaliy grammatikasi” fani quyidagi masalalarni qamrab oladi: 1. Hozirgi o‘zbek adabiy tili, til sathlari va qonuniyatlari, adabiy merosimizni chuqur o‘rgatish asosida tilimizning boy imkoniyatlarini yoshlar ongiga singdirish. 2. Tildan to‘g‘ri va oqilona foydalanishga o‘rgatish. 3. Yoshlarni mustaqil fikr, keng tafakkur va erkin mushohada egasi qilib tarbiyalash. 4. Ularni muttasil kitob mutolaasiga odatlantirish, badiiy asarlar o‘qishga qiziqtirish, shu asosda ularning so‘z boyligini oshirish. 5. Talabalarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, ifoda imkoniyatlarini kengaytirish va savodxonlik darajasini oshirish. 6. Muloqot madaniyati va nutq tadbirkorligini tarkib toptirish va rivojlantirish. 7. Darsda qo‘yilgan muammolar yechimini izlashga o‘rgatish.

“O‘zbek tili amaliy grammatikasi” fani ta’lim muassasasida o‘zbek tili o‘qitishning bosh maqsadini ro‘yobga chiqarishni tilning jamiyatda tutgan o‘rni, bajaradigan vazifasini talabalar ongiga singdirishdan boshlaydi. Fikr faqat til yordamida ro‘yobga chiqadi. Shuning uchun ham har bir kishi undan foydalanishni bilishi va avvalo uning o‘zini to‘la-to‘kis o‘rganib olishga harakat qilishi zarur. Tilni o‘rganish bu faqat uning grammatik qurilishini bilish, tushuncha, ta’rif va qoidalarni o‘zlashtirib olish emas, balki ona tilining boy imkoniyatlaridan foydalanib, fikrni og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash malakalarini egallashdan iboratdir. “O‘zbek tili amaliy grammatikasi” fani talabaga ona tilining grammatik qonuniyatlarini o‘rgatish bilan birga, tilning serqirra imkoniyatlaridan nutqda foydalanish me’yorlarini ham o‘rgatadi.



Yüklə 321,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin