158
XIX-BOB. JON MEYNARD KEYNS TA‟LIMOTI
19.1. Resurslar cheklanmaganlik sharoiti
Ingliz iqtisodchisi Djon Meynard Keyns (1887-1946), mustaqil marjinalistik
maktabi bo`lmish Keynschilik yo`nalishi asoschisi bo`lib, ushbu yo`nalish 1930-
yilning oxirlaridan boshlab rivojlangan. Mazkur maktab XX asrning boshlaridan
boshlab, Keynsning «Bandlik, foiz va mablag` umumiy nazariyasi» nomli kitobi
1936 yilda nashr etilganidan keyin rivojlana boshladi. Dj. M. Keyns
A.Marshallning Kembridj universitetidagi talabasi edi. 1906 yildan boshlab,
hukumat moliyaviy tuzilmalarida, xususan g`aznachilikda mehnat faoliyatini
yuritgan. Birja operatsiyalari bilan ham Shug`ullangan. Keyinchalik u Kembridj
universitetiga o`qituvchi sifatida ishlagan. O`zining ilk asarlarida, u katta e`tiborni
mablag` isloxoti va oltin standarti masalalariga qaratgan («Mablag` isloxoti haqida
traktat» (1923); «Mister CHerchil` siyosatining iqtisodiy natijalari» (1925);
“Mablag` haqida traktat”. 2 tomda (1930)). 1929 yilda Buyuk Britaniyada tuzilgan,
moliya va sanoat bo`yicha qo`mita (Makmillan qo`mitasi) a`zosi sifatida u
hukumat siyosatiga ham, ayniqsa mablag`, kredit va moliya siyosatiga mo„ayyan
ta`sir ko`rsatgan. 1940-yillarda, u angliya banki direktorlaridan biri bo`lgan.
Ayniqsa uning Bretton- Vud konferentsiyasi ishidagi hissasi katta bo`lib, mazkur
konferentsiya ikkinchi jahon urushidan keyin xalqaro valyuta munosabatlarini
belgilash uchun chaqirilgan edi. Unda, Keyns ingliz delegatsiyasi boshida turib,
oltin standartidan to`liq voz kechish tarafdori bo`lgan. aynan Keyns xalqaro
operatsiyalarni amalga oshirish uchun yagona to`lov vositasini yaratish g`oyasini
ilgari surgan.
Mazkur g`oya qo`llab -quvvatlanmagan bo`lsa ham, konferentsiya
xulosalariga ta`sir etib, xususan jahon banki va xalqaro valyuta fondi yaratilishi
uchun asos bo`lgan.
Dostları ilə paylaş: