Iste`molga nisbatan maksimal moyillik
. Keynschilik nazariyasiga muvofiq
samarali talab ikki qismdan iborat, ya`ni iste`mol va investitsiyalardan. Iste`mol
162
qilish, olingan daromadning mo„ayyan ulushi ko`rinishida bo`ladi, demak unga
to`g`ridan - to`g`ri bog`liq bo`ladi. Daromadning qaysi qismi iste`molga tortilishi,
iste`molga maksimal darajada moyillik tomonidan belgilanadi, va bu holat
quyidagicha talqin etiladi.
∆ C
k =
∆ Y
Bunda: X iste`mol, Y esa daromaddir.
Bundan Dj.M. Keyns Shunday xulosa qiladi, neomumtozlar tomonidan taklif
etilgan ish haqi darajasi tushirilishi aholining katta qismi daromadlarini
pasaytiradi, iste`mol darajasini tushiradi va talab samarasini pasayishiga olib
keladi. Bu holat ishlab chiqarish hajmlariga salbiy ta`sir o`tkazib ishlab
chiqarishning keyingi o`sishiga olib keladi. Dj. M. Keyns nuqtai nazaridan
daromadlarning oshishi iste`mol darajasiga ham salbiy ta`sir o`tkazadi.
U asosiy psixologik qonuniyat haqida gapirib, mazkur qonuniyatga muvofiq
daromad ortishi sayin individ mazkur daromadning kamroq qismini iste`mol
qilishga moyil bo`ladi. Demak daromadlar ortgani sayin, iste`mol darajasi kam
darajada o`sib boradi. Iste`mol o`zgarishini DC sifatida ko`rsatadigan bo`lsak,
daromad o`zgarishini esa DY deb belgilaydigan bo`lsak, bu holatni quyidagicha
yozib olish mumkin bo`ladi.
∆ C
< 1
∆ Y
Ma`lumki daromad ikki qismdan iborat, ya`ni iste`mol va zahira, demak
daromadlar o`sgani sayin, iste`mol ulushi tushib boradi, ammo zahira ulushi ortadi
(S):
∆ C
> 1
∆ Y
Neomumtoz nazariya nuqtai nazaridan bunda muammo kelib chiqmaydi, zero
barcha zahiralar avtomatik ravishda foiz normasi o`zgarishi vositasida
investitsiyaga aylanadi: zahiralar o`sgani sayin kapitalga nisbatan foiz tushib
boradi; bu holat, investitsiya uchun yanada qulay bo`ladi. Investitsiyalar hajmi
foizning pasaygan darajasi bilan daromad o`rtacha normasi tenglashmagunga
qadar, o`sib boradi. Investitsiyalar esa, umumiy talabning bir qismiga aylanadi.
Demak iste`mol normasi tushishi, talab hajmiga ta`sir o`tkazishi mumkin emas.
Dj.M.Keyns, mazkur masalada neomumtozlar pozitsiyasini tanqid qiladi.
Bunda biz, umumiy talab, ya`ni investitsiyalar muammosining keynschilik
nazariyasida ko`rib chiqilishiga o`tamiz.
163
Zahiralar va investitsiyalar mutanosibligi. Dj.M.Keyns ta`kidlashicha, barcha
zahiralarni investitsiyalarga aylantiruvchi avtomatik mexanizm mavjud emas. O`z
nazariyasining mazkur bandida, u ingliz iqtisodchisi Denis Xolm Robertson aytib
o`tilgan g`oyalarni rivojlantiradi, zero Denis Xolm Roberts o`zining «Bank siyosati
va narxlar darajasi» (1926) kitobida, iqtisordiyotda mazkur mexanizm mavjud
emasligini aytib o`tgan edi. Zahiralar avtomatik ravishda investitsiyalarga
aylanmasligi sababli esa, zahiralar ulushi daromadlar o`sishi sayin oshib borishi
sababli, mazkur daromadning kattaroq qismi samarali talabdan tushib qoladi.
Bunda Dj. M. Keyns zamonaviy iqtisodiyotning asosiy muammosini ko`rib,
resurslarning to`liq ravishda band emasligini keltirib chiqarishini aytib o`tgan. O`z
pozitsiyasini
Keyns
quyidagicha
belgilagan.
U
investitsiyalar
darajasi
investitsiyalar maksimal samarali (MPI) va foiz normasi (R) nisbati bilan
belgilagan.
Investitsiyalardan
kutilayotgan
daromad,
foiz
normasidan
oshmaguncha o`sishda davom etadi. Demak, investitsiyalash hajmini belgilovchi
markaziy toifa, foiz normasi bo`ladi. Dj.M. Keyns foiz normasi bo`yicha o`z
nazariyasini taklif etadi. U foizni kapital emas, balki mablag` narxi sifatida
belgilab, aynan Shu g`oya bilan neomumtoz maktabga qarshi chiqadi. Demak foiz
darajasi, kapital talabi va taklifi mutanosibligi bilan emas, mablag`, talab va taklifi
mutanosibligi bilan belgilanadi. Shunday qilib, foiz kapital bozoriga bog`liq
bo`lmagan element sifatida belgilansada bozorga ta`sirini o`tkaza oladi.
Mablag` taklifi (Ms) ularning aylanmadagi umumiy miqdori bilan belgilanadi,
mablag`ga nisbatan talabni belgilovchi omil (Md) sifatida Keyns likvidlikka
nisbatan moyillikni hisoblaydi, ya`ni individlarning o`z aktivlarini eng likvidli
mablag` shaklida formasiga saqlashga harakatida deb hisoblagan. U likvidlikka
nisbatan talabni belgilovchi uchta asosiy motivni ajratgan. Birinchi motiv -
transaktsion bo`lib, u tovar va xizmatlar oldi - sotdisi amalga oshirish zaruriyati
bilan bog`liq. Mazkur motivga ko`ra mablag`ga nisbatan talab intensivligi,
daromad umumiy darajasiga bog`liq bo`lib, unga nisbatan to`g`ridan - to`g`ri
proportsionaldir. Ikkinchi motiv - ko`zda tutilmagan xarajatlar paytidagi zahira
motivi bo`lib, u kutilmaganda yuzaga kelgan xarajatlarni qoplash uchun naqd
mablag`ga nisbatan insonlarning aktivlarini nazarda tutadi. Bunday holatda talab
hajmi, daromad darajasiga bog`liq bo`lib, unga nisbatan to`g`ridan - to`g`ri
proportsional bo`ladi. Uchinchi motiv spekulyativ bo`lib, bunda individlar uchun
mablag` boylikni saqlash formasiga aylanadi. Mablag`ga nisbatan o`z talabini
belgilagan bunday holatda individ, o`z zahirasini qanday formada saqlash eng
daromadli ekanligini shaxsan belgilaydi. Yig`ilgan mablag`larni saqlash al`ternativ
shakli sifatida, qimmatbaho qog`ozlar chiqadi. Ularning daromadlilik darajasi
qancha yuqori bo`lsa (masalan foizi) qimmatbaho qog`ozlarni saqlash Shunchalik
daromadli bo`ladi. Demak, o`z mablag`larini likvid shaklda saqlash moyilligi ham
164
Shu darajada past bo`ladi. Qimmatbaho qog`ozlar qimmatliligi darajasi pasayishi
sayin mazkur moyillik ham pasayadi.
Natijada likvidlikka nisbatan moyillik ikki omilga bog`liq bo`ladi.
Daromadga (Y) va foiz normasiga (i) bunda mablag`ga nisbatan talab, umumiy
ravishda insonlar harakati psixologik omillariga bog`liq bo`ladi. Mablag`
bozoridagi istalgan to`lqinlanishlar individlarning ishonchsizligiga sabab bo`lib,
likvidlikka nisbatan moyillik kuchayishiga olib keladi. Bu birinchi navbatda, foiz
normasini oshirib, bu holat investitsiyalarga ta`sir etadi. Demakki, zahira
mablag`lari o`sishi, foiz normasi o`sishi bilan birgalikda yuz beradi, natijada
yig`ilgan mablag`lar investitsiyalarga aylanmasdan likvid formada saqlanadi.
Mul`tiplikator kontseptsiyasi. Dj.M.Keyns, ichki muianosiblikga ega bo`lgan
iqtisodiyot modelini yaratadi. Uning muammosi Shundaki, barcha zahira
mablag`larini investitsiyaga aylantiruvchi avtomatik ravishda aylantiruvchi
mexanizm mavjud emasligidadir. Mazkur muammo, asosiy psixologik qonuniyat
harakati bilan, chuqurlashadi, zero bunda daromadlar o`sishi iste`molga maksimal
moyillik pasayishiga olib keladi. YA`ni, zahira mablag`larining bunday o`sishi,
investitsiyalar o`sishi tomonidan yutilib, daromadning har safar ko`proq ulushi
iqtisodiyotdan samarali effektiv talabga aylanmasdan turib tushib qolishiga olib
keladi. Investitsiyalar muammosi echilmasa, iqtisodiyot inqirozga tushib, inqiroz
holati barcha resurslarning etarli darajada ishlamasligi bilan tavsiflanadi.
Daromad va investitsiyalar mutanosibligini tadqiq etar ekan, Dj.M. Keyns,
mablag`lar o`sishiga daromadlar o`sishi miqdoriy ravishda mo„ayyan darajada
ta`sir ko`rsatishi haqidagi modelni ilgari suradi (investitsiyalar). Buning uchun, u
mul`tiplikator tushunchasini qo`llab, mazkur tushuncha 1931 yilda ingliz
iqtisodchisi Richard F. Kan (1905-1989) tomonidan «Ichki investitsiyalarning
ishsizlikka nisbatan mutanosibligi» maqolasida yoritilgan edi.
Daromadlar o`sishi iste`molchilik, hamda zahira mablag`lari o`sishiga olib
keladi. Investritsiyalar o`sishiga.
∆Y=∆C+∆I
Mazkur o`sishdagi C va I ulushlari mutanosibligi iste`molchilikka nisbatan
maksimal darajada moyillik bilan belgilanadi. Mazkur moyillik qay darajada past
bo`lsa, qo`shimcha o`sgan daromadning Shu darajada katta qismi investitsiyalarga
yo`naltiriladi. Demak, investitsiyalar o`sishi, iste`molchilikka nisbatan maksimal
moyillikni aks ettiruvchi mo„ayyan koeffitsientni hisobga olgan holda, daromad
o`sishiga tenglashtirilishi mumkin. Mazkur koeffitsienti Dj. M. Keyns
mul`tiplikator deb ataydi.
∆Y=m∆I
Bunda m - mul`tiplikatordir.
165
Mul`tiplikator
iste`molchilikka
nisbatan
maksimal
moyillikka
ega
hisoblanadi.
M=1/(1-k),
Bunda k- iste`molchilikka nisbatan maksimal moyillikdir.
Chiqarilgan model` asosida Dj.M.Keyns iqtisodiyot o`sishini kumulyativ
jarayon ko`rinishida aks ettirib, bunda investitsiyalar o`sishi daromad o`sishini
keltirib chiqaradi. Daromad esa, o`z navbatida, mul`tiplikator harakati natijasida
investitsiyalarning keyingi o`sishini keltirib chiqaradi. Aks ettirilgan model`,
iste`mol qilinmagan daromadning butun ulushi investitsiyaga aylanishini
tasvirlaydi. Agarda daromadning mazkur ulushi zahira ko`rinishida saqlanadigan
bo`lsa, mul`tiplikator faoliyati, teskari yo`nalishda amalga oshib, bu holat
daromadlar o`sishini asta - sekinlik bilan qisqarishiga olib keladi.
Davlat iqtisodiy siyosatining keynscha modeli. Agar iqtisodiy tizim samarali
talab masalasini mustaqil ravishda echa olmasa, demak iqtisodiyotga tashqi ta`sir
zarur bo`ladi. Samarali talab muammosining asosiy punkti sifatida Dj.M. Keyns
zahira mablag`larining investitsiyaga aylanishi deb hisoblagan. Uning tomonidan
mazkur masalani echa oladigan qator hukumat choralari taklif etilgan. Mazkur
choralarni ikki blokka ajratish mumkin. Pul - kredit va byudjet siyosati. Keyns
nuqtai - nazaridan Pul - kredit siyosati, xususiy investitsiyalarni rag`batlantirishga
qaratilgan bo`lishi kerak. Mazkur holat asosiy jarayoni deb u foiz stavkasi
tushirilishi hisobiga investitsion kiritishlar foydalalik darajasini oshirish deb
hisoblagan. Keynsianlik nazariyasida foiz stavkasi monetar fenomen deb
atalganligi sababli, uning nazorati, pul bozorida mablag` taklif etilishi bilan nazorat
etilishi mumkin. Ammo, Dj. M. Keyns, pul kredit choralarining belgilanganligini
ko`rsatadi. Uning yozishicha, pul massasi Shu darajada katta bo`lishi mumkinki,
buning oqibatida, foiz normasi tushmaydi, aksincha aylanmaga kiritilmagan pul
vositalari miqdorini oshiradi xolos. Bunday holatni Dj. M. Keyns likvidlik chohi
deb atagan.
Shu sababli kredit - pul siyosati byudjet siyosati bilan to`ldirilgan bo`lishi
kerak. Byudjet siyosati maqsadi, hukumat byudjet harakatlari hisobiga ommaviy
talab oshirilishi bo`lishi kerak. Dj.M.Keyns, byudjet mablag`larini xususiy
tadbirkorlarning jamoatchilik ishlarini yaratish uchun tovar va xizmatlarning
hukumat tomonidan sotib olinishini tashkillashtirish uchun xususiy tadbirkorlarga
kredit sifatida tarqatilishi lozim deb hisoblagan.
Barcha ko`rsatilgan choralar, investitsiyalar darajasini oshirish hisobiga
samarali talabni rag`batlantirish maqsadiga ega bo`lib, ommaviy talab masalalarini
echish uchun hukumat ko`rishi lozim bo`lgan asosiy choralardir.
Ammo, ommaviy talabning yana bir elementi mavjud. Bu ham bo`lsa
iste`moldir. Dj.M. Keyns fikricha, iste`molchilikni investitsiya o`sishi bo`yicha
166
dastur to`laligicha amalga oshirilganidan keyin amalga oshirish lozim, zero aynan
investitsiyalar ishlab chiqarish darajasiga bevosita ta`sir o`tkazishadi. Nima
bo`lganida ham, keynschilik nazariyasi iste`molchilikni oshirishga qaratilgan qator
choralarni ko`zda tutadi. Mazkur choralar tarkibiga yuqorida tilga olingan
jamoatchilik ishlarini tashkillashtirish (aholining mo„ayyan qismini ish bilan
ta`minlash uchun), hukumat ishchilari iste`mol darajasini oshirish, hamda
aholining kambag`al toifalari foydasiga daromadlarni taqsimlashga qaratilgan, zero
asosiy psixologik qonuniyatlarga muvofiq jamiyatning mazkur qismi ayniqsa
iste`molchilikka moyil bo`ladi.
Xulosa. Keynschilik nazariyasini paydo bo`lishi, marjinalistik iqtisodiy
nazariya rivojlanishining Yangi bosqichi bo`lganligi sababli, mazkur nazariya
taklif etilgan asosiy Yangiliklarni umumlashtirish joiz.
Birinchidan. Keynschilik, iqtisodiy tahlil vazifasini o`zgartiradi. Agarda
an`anaviy ravishda iqtisodchilar oldida cheklangan resurslarni optimal taqsimlash
masalasi qo`yilgan bo`lsa, Dj.M. Keyns depressiv siyosatni ko`rib chiqib, bunda
resurslar ortig`ini kuzatgan: ya`ni ishsizlik yuqori darajasi, ishlab chiqarish
quvvatlarining etarli darajada ishlamasligi, zahira mablag`larining investitsiyaga
aylanmasligi, sotilmagan tovarlar.
Ikkinchidan, kapitalistik tizimning o`z - o`zini nazorat etish imkoniyati
mavjud emasligi haqidagi tezis himoyasiga Yangi argumentlar keltirildi:
J.Sey buzorlar qonuniyati. Unga muvofiq har bir sotuvchi o`z navbatida
xaridorga aylanadi, ammo mazkur qonuniyat Keyns fikriga ko`ra faqatgina barter
iqtisodiyotida mavjuddir. Mablag` iqtisodiyotida, daromadlarning bir qismi zahira
sifatida saqlanib qolinib, Shu bilan birgalikda ommaviy talab hajmi pasayadi.
Buning natijasida taklif talabdan oshadi, bu esa inqirozning real imkoniyatini
yaratadi.
Zahira mablag`larini investitsiyaga aylantiruvchi avtomatik mexanizm
mavjud emas, zero mazkur jarayonning asosiy dvigateli, foiz normasi bo`lib, u
mablag` bozoridagi holat va likvidlik tanlovi psixologik omiliga bog`liqdir.
Insonlar iqtisodiy harakatlari real holatlardan farq qiluvchi mablag`
ko`rsatkichlar mavjudligi sababli yuzaga keladigan bozordagi mavjud noaniqlik
sababli, ratsional emasdir.
Uchinchidan,
hukumatning
iqtisodiyotga
doimiy
aralashish
imkon
mexanizmlarini va mazkur aralashuv zaruriyatini asoslab beruvchi nazariya
yaratildi.
Dostları ilə paylaş: |