16
uchraydi, bu holat ayniqsa barcha masalalar nasroniylik ma`naviyati asosida ko`rib
chiqilishida namoyon bo`ladi. Mualliflar fikrlari asosan aprior, shaxsiy fikrga
asoslanib, o`ziga xos mantiq asosida ilgari surilgan.
Bundan
tashqari, iqtisodiy fikrlarning isbotini asosiy elementi sifatida
mo„ayyan nufuzli manbaga tayanilgan. Manba sifatida, muqaddas kitoblar yoki
cherkov ruhoniylari asarlari qabul qilingan. Uslubning o`ziga xosligi sifatida
istalgan ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarning ikki tomonlama tavsifli baholanishini
olish mumkin. Bu holat teologlarga bir tomondan Xudo tomonidan yaratilganligi,
hamda uning irodasiga bo`ysunishi, ikkinchi tomondan esa inson tomonidan sodir
etilgan huquqbuzarliklar gunoh sifatida baholanishiga asoslanadi deb hisoblangan.
Shu sababli, barcha dunyoviy hodisalarda ruhoniylar ham xudo nuri, ham
inson gunohlari izlarini qidirishga harakat qilishgan.
Dunyoning ikki tomonlama
tavsifiga nisbatan O`rta asrlarda G`arbiy Evropa mualliflarining quyidagi ikki
tavsifli yondoShuvlarini keltirish mumkin. Erta nasroniylar, xususan mashxur
ruxoniy avliyo Avgustin o`zining (Avgustin Blajenniy – 354-430), barcha
gunohlarni engib o`tish, hamda Xudoga nisbatan to`laligicha bo`ysunishga
asoslangan g`oyalarini ilgari surgan. Shuningdek, dunyo ishlaridan voz kechish,
qashshoqlikda yashash, nasroniylik qonuniyatlariga to`laligicha bo`ysunish, og`ir
mehnat qilish,
jismoniy, hamda ruhiy azoblarga dosh berish g`oyalari ham ilgari
surilgan.
Keyingi davrlarda, O`rta asr sxolastikasi gullab yashnagan davrlarida
boshqacha nuqtai - nazar ilgari surilgan, bunday qarashlar asosan Foma Akvinskiy
(Akvinad) asarlarida yoritilgan (1225-1274). Uning fikricha, inson gunohkor
tabiati sababli, xudo qonuniyatlariga asoslangan hayotni qura olmaydi. Insonning
maqsad sari harakalanish yangidan - yangi gunohlarni keltirib chiqaradi. Xudo
yo`lidagi hayot faqatgina monastirlar, mo„ayyan ruhoniylar jamoasi doirasidagina
bo`lishi mumkin.
Dunyoviy ishlarga tartib o`rnatish
paytida esa, insonning gunohkorona
tabiatini e`tibordan qochirmaslik lozim. Shu sababli jamiyat ham xudo
qonuniyatlari (tabiiy holatlardan kelib chiquvchi tabiiy huquq), ham insonlar
o`zaro ishonch kuchiga asoslangan qonuniyatlarga muvofiq qo`rilishi lozim (shartli
huquq). Bunday shartli huquqlar mo„ayyan tarixiy holatda xudo qonuniyatlari
aksidir.
Bunday qonuniyatlarga nisbatan, yanada kuchli normativ qonuniyat yo`lga
qo`yilib, har - bir alohida masala adolat yuzasidan bajarilishi lozim, ya`ni
adolat
tushunchasi ostida adolatli narx, adolatli mukofot, adolatli bo`lishish va hokazolar
kiritilib, bunday g`oya markazida insonlarning o`zaro ishonchi yotgan.
Bunday holatlarda qonunlarga muvofiq hayot kechirishning o`zi ham adolatli
sanalgan (Xudo yoki shartli qonuniyatlar bo`lishidan qat`iy nazar).
17
Foma Akvinskiy iqtisodiy qarashlarining asosiy holatlari. O`rta asrlar
iqtisodiy fikrlari bir - xil bo`lmagan. Xayotning umumiy manba, ya`ni muqaddas
kitobga tayanish zaruratiga qaramasdan, teologiyada turli maktab va yo`nalishlar
mavjud ediki, ular orasida, ko`pincha munozaralar kelib chiqar edi.
Biz o`sha davrlardagi yirik mutafakkirlardan biri bo`lgan muallif Foma
Akvinskiy ijodiyotida to`xtalib, uning qarashlari misolida O`rta Asrlar iqtisodiy
fikrlari o`ziga xosliklarini yoritishga harakat qilamiz.
Boylik
. Foma Akvinskiy fikriga ko`ra, boylik bu gunoh emas.
Boylik
hukmronlik demakdir va bu hukmronlik faqatgina boylikka ega bo`lgan shaxsga
beriladi. Har qanday hukmronlik esa hurmatni keltirib chiqarishi lozim. Boylik qay
darajada qo`llanilishi esa, boshqa masala. Agarda uning yordamida yaxshi, ezgu
ishlar amalga oshiriladigan bo`lsa, boylik faqatgina ezgulikka xizmat qiladi.
Agarda boylik oqibatida gunohkorona ishlar amalga oshiriladigan, adolatsizlikka
yo`l qo`yiladigan bo`lsa, boylikning bu tarzda qo`llanilishi gunohdan o`zga narsa
emas. Boylikka ega bo`lgan shaxs, o`z harakatlari uchun yuqori darajadagi
mas`uliyatga ega bo`ladi. Chunki
bu harakatlarning oqibatida, atrof - muhitdagi
shaxslar, ayniqsa kambag`allar harakatidagi gunohkorlik yoki ezgulikni keltirib
chiqaradi. Shu sababli boy shaxsning gunohlari kambag`al shaxsning gunohlariga
nisbatan og`irroq bo`ladi. Boylikk orttirish istagi ham, o`z - o`zidan gunohdir, zero
boylik o`z -o`zidan boylik emas, dunyo borshqarilishi yo`lidagi vosita bo`lib,
boylikni maqsadga aylantirish, tabiatga qarshi chiqish bilan barobardir. Demakki,
buning asosida adolatsizlik yotadi.
Dostları ilə paylaş: