Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


Beshinchi bosqich ommaviy iste`molni yuqori darajasi bosqichi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

Beshinchi bosqich ommaviy iste`molni yuqori darajasi bosqichi.
Mazkur 
bosqich ishlab chiqarish tuzilmasi, uning uzoq muddatli foydalanish tovarlarini 
yaratishga yo`naltirilishi va xizmatlar ko`rsatish tuzilmasidagi sifat o`zgarishlari 
bilan bog`liq. U.Rostouning fikricha, faqatgina G`arbiy Evropa, AQSH va 
Yaponiya mazkur darajaga erishishgan. 
Mulkdorlik va daromad shakllaridagi o`zgarish 
A.Berl`ning yuqorida tilga olingan «Passiv mulkdorlik» kontseptsiyasi va 
G. Minz tomonidan ilgari surilgan kapitalizm kontseptsiyalaridan tashqari, 
mulkdorlik aktsionerlik shakllari masalalari bilan «Mulkdorlik diffuziyasi» 
nazariyasi doirasida Shug`ullanishgan (amerikalik iqtisodchi M. Nadler, italiyalik 
iqtisodchi N. Sal`vadori), Shu bilan birgalikda, amerikalik iqtisodchi Saymon 
Kuznetsga 
(1901-1985) 
mansub «Daromadlarni taqsimlashda inqilob» 
kontseptsiyasida ham mazkur masala bir - necha marotaba ko`rib chiqilgan. Ushbu 
nazariyalarning asosiy g`oyasi Shundaki, mulkdorlik aktsionerlik shakllari 
rivojlanishi, xususan, kichik aktsiyalar paydo bo`lishi bilan sinfiy to`siqlar 
yo`qolishi yuz beradi. Mulkdor bo`lish osonlashadi, demak aholining tobora 
kattaroq qismi yirik korporatsiyalar umumiy daromadidan o`z ulushini olish 
imkoniyatiga ega bo`ladi. 
Boshqarish sohasida o`zgarishlar 
Urushdan so`nggi davrlarda institutsional nazariyalar doirasida Shu kabi optimistik 
baholanishga yirik korporatsiyalar doirasida menedjerlar hukmronligi kuchayishi 


193 
bilan bog`liq holatlarga ham ega bo`lgan. Korporatsiyalarda davlat o`zgartirilishi 
haqidagi g`oyalar, P. Veblen tomonidan oldinroq ham ilgari surilgan. 1940-1960-
yillarda «Boshqaruv inqilobi» nazariyalari paydo bo`ladi (Dj. Bernxem, S. CHeyz, 
D. Liliental`, P. Druker). Shunga o`xshash g`oyalar, G. Minz va A. Berl` 
tomonidan 
ham 
tilga 
olingan 
edi. 
Mazkur 
nazariyalarga 
muvofiq 
boshqaruvchilarning davlat tepasiga hukumat boshiga kelishi yirik firmalar 
siyosatini o`zgarishiga olib kelib, bu holat mulkdorlik manfaatlari bilan bog`liq 
bo`lmagan holda tobora ko`proq ravishda ishlab chiqarish va jamoatchilik 
manfaatlariga qaratiladi, ya`ni Yangi texnorlogiyalar kiritilishi natijasida ishlab 
chiqarish kengayadi va kompaniya rivojlanadi. «Boshqaruv inqilobi» 
kontseptsiyasining ko`pchilik tarafdorlarini fikricha, mazkur manfaatlar xususiy 
mulkdorlik tavsifiga ega bo`lmay, butun jamiyat rivojlanishi manfaatlariga 
muvofiq bo`ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin