Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


Permanent daromad nazariyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

Permanent daromad nazariyasi
. Monetaristlarning empirik tadqiqotlari 
asosida Dj. M. Keyns nazariyasining bir qator iqtisodiy tezislari xususan, uning 
«Asosiy psixologik qonuniyati» inkor etildi. Saymon Kuznets (1901-1985) 1869-
1924 yilgacha bo`lgan davrda AQSHning asosiy iqtisodiy ko`rsatkichlari taxlili 
tadqiqotini amalga oshirib, xulosa qildiki, iste`molchilikka nisbatan o`rtacha 
moyillik garchi daromadlar o`sgan bo`lsa ham o`zgarmas holatda qolgan. Buni 
boshqa qator iqtisodchilar tadqiqotlari ham tasdiqladi.


209 
Asta - sekinlik bilan, iste`molchilik harakatining Yangi nazariyalari paydo 
bo`la boshlab, ular iste`molning daromaddan emas, turli ijtimoiy - psixologik 
omillarga bog`liqligini ko`rsatishdi. 1957-yilda M. Fridmen «Iste`molchilik 
funktsiyasi nazariyasi» asarini yozib, unda permanent daromad nazariyasini 
rivojlantirdi. M. Fridmen daromadni (Y) ikki asosga bo`ladi: 
a) Permanent daromad (Yp), ya`ni individ o`z ma`lumoti darajasi
professional imkoniyatlari, ijtimoiy holatidan kelib chiqgan holda doimiy ravishda 
olishni mo`ljallayotgan daromad. 
b) Vaqtinchalik yoki tasodifiy daromad (Yi), ya`ni tashqi holatlarning 
vaqtinchalik o`zgarishi natijasida yuzaga kelgan va doimiy tavsifga ega bo`lmagan 
daromad (Masalan me`ros, lotereyada yutuq, sohaning siklik ko`tarilishi va 
boshqalar). Keyinchalik M. Fridmen, iste`mol darajasi faqatgina permanent 
daromad bilan belgilanishi haqidagi tezisni ilgari surgan. Barcha vaqtinchalik 
daromadlar, odatda vaqtinchalik mablag`lar sirasiga qo`shiladi. Bunda, permanent 
daromaddagi (Cp) iste`molchilik ulushi qator kattaliklar yordamida belgilanib, ular 
korrelyatsiyaning mo„ayyan koeffitsientini (k) shakllantiradi. 
SP=k YP 
Mazkur koeffitsient foiz stavkasi (i) zahira kapitali kattaligi (W) va 
iste`molchilar xohishi yoki (U) kabi holatlarga bog`liq. Shunday qilib, M.Fridman 
permanent iste`mol formulasi quyidagicha ifodalaydi.
CP =k (I, w, u) Yp 
Ilgari surilgan permanent daromad kontseptsiyasi asosida M. Fridmen 
iste`mol darajasi, uzoq muddat davomida doimiyligini saqlab qolishini 
ta`kidlaydiki, o`z nazariyasini tasdiqlash maqsadida u 1905-1951 yilgacha bo`lgan 
davrda AQSH daromadlari haqidagi empirik ma`lumotlarini yig`ib, mazkur 
ma`lumotlar permanent iste`molning permanent daromadga bog`liqligini 
tasdiqlaydi. Natijada M. Fridmen, Dj. M. Keyns tomonidan ilgari surilgan samarali 
talab nazariyasi kamchiliklari muammosi mavjud bo`lmay, u daromadlar o`sishi 
sayin iste`molga maksimal moyillik chiqarishi bilan bog`liq holatlar mavjud emas 
deb xulosa qiladi («Asosiy psixologik qonuniyat»). Demakki, mazkur talabni 
rag`batlantirish bo`yicha alohida choralarni ko`rish ham shart emas. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin