Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


Nominal daromad nazariyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

 
25.2.Nominal daromad nazariyasi 
Monetarist iqtisodchilar tomonidan amalga oshirilgan empirik tadqiqotlar 
asosida yana bir bog`liqlikni aniqlab, bu bog`liqlik monetaristlar nazariyasi uchun 
o`zak bo`ldi. Ular mablag` massasi hajmi dinamikasi mo„ayyan vaqt o`tishi bilan 
iqtisodiy kon`yunktura dinamikasidan takrorlanishi isbotlandi. YA`ni, agar 
iqtisodiyotdagi mablag` massasi oshadigan bo`lsa, mo„ayyan vaqt o`tgach 


210 
(taxminan 12-18 oy), ishbilarmonlik faolligi ham oshadi, va aksincha. Mazkur 
qonuniyat M. Fridmen tomonidan o`zining ikki asarida: «Mablag` va 
ishbilarmonlik sikllari» (1958) va «1867-1960-yillar davomida Qo`shma SHtatlar 
monetar tarixi» nomli (1963) asarlarida tasvirlangan. Olingan ma`lumotlarga 
asosan, u o`zining nominal daromad sikli nazariyasi va antisiklik nazorat 
nazariyalarini shakllantirgan. 
Empirik uslubda M. Fridmen, nominal daromadning mablag` massasi pul 
vositalari hajmiga bog`liqlik darajasi formulasini ishlab chiqgan.
Y=VxM 
Bunda: Y- nominal daromad darajasi, V – mablag` aylanish tezligi; M- 
mablag` miqdoridir. 
Bundan Shuni e`tirof etish mumkinki, mazkur formula, mablag` miqdoriy 
nazariyasi g`oyalarini takrorlaydi. M. Fridmen mazkur nazariyaning I. Fisher 
tomonidan taklif etilgan mablag`ni aylanish yoki to`lov vositasi sifatida emas. 
Dj.M. Keyns kabi, kapital sifatida ko`rib chiqgan, ya`ni masalan qimmatbaho 
qog`ozlarga investitsiya etish uchun zarur bo`lgan mablag`lar sifatidagi mo„ayyan 
miqdordagi har bir mablag`ni olgan iste`molchi variantiga murojaat qilgan aktivlar 
portfelini shakllantiradi. M. Fridmen, aktivlarning bir - necha turini ajratadi. 
Masalan naqd pul, obligatsiyalar, aktsiyalar, inson kapitaliga investitsiyalar va 
boshqalar. Demak, mablag`ga nisbatan talab, mazkur aktivlar daromadlilik 
darajasiga (bunda inflyatsiya hisobga olinadi), hamda har - bir iste`molchi 
individual istaklariga bog`liq bo`ladi. 
Mablag` aylanish tezligi uzoq muddat davomida deyarli o`zgarishsiz qolishini 
hisobga olgan holda, M.Fridman tomonidan taklif etilgan formula mablag` massasi 
tarkibidagi o`zgarishlar nominal daromaddagi muvofiq o`zgarishlarga olib 
kelishini taxmin qiladi. O`zgarishlar mexanizmining o`zini, M. Fridmen 
tasvirlamay, uni qora quti ko`rinishida ko`rsatadi. 
«Fridmen - Filips» vertikal egri chizig`i, yoki Filips egri chizig`i atrofidagi 
munozaralar. 
O`zining «Monetar siyosatning roli» (1968) nomli asarida, M.Fridmen, ingliz 
iqtisodchisi Elban Fillips (1914-1975) qalamiga mansub ishsizlik kontseptsiyasini 
tahlil qilgan. 1950-yillarda mazkur iqtisodchi tomonidan empirik jihatdan nominal 
ish haqi (W) va ishsizlik darajasi (U) darajasi orasidagi bog`liqlik aniqlangan edi. 
Buning uchun, A. Filips 1861-1957 yillar davomida Angliya bo`yicha muvofiq 
ma`lumotlarni tadqiq qilgan. Mazkur ma`lumotlar asosida, u xulosa qiladiki, ish 
haqining barqaror darajasiga ishsizlikning 5.5% darajasi muvofiqdir. Tadqiqot 
natijalari, uning tomonidan egri chiziq ko`rinishida berilib, mazkur egri chiziq 
keyinchalik Filips egri chizig`i nomini oldi (25.2.1-rasm). 


211 
Shuni ham aytib o`tish joizki, Filipsdan oldin, 1920-1930-yillarda mazkur 
bog`liqlikni I. Fisher, Y. Timbergen va Dj. Danloplar ham tasvirlashgan edi. nima 
bo`lganida ham, aynan Filips egri chizig`i keynschilar tomonidan inflyatsiya va 
ishsizlik nazariyasini asoslab berish uchun qo`llanilgan edi. Nominal ish haqi 
ko`rsatkichi, bunda inflyatsiya darajasi ko`rsatkichiga almashtirildi, natijada egri 
chiziq inflyatsiya yordamida bandlik darajasini nazorat etish, demakki ishlab - 
chiqarish darajasiga ham ta`sir etish imkoniyatlarini namoyish etdi. O`z siyosatini 
amlga oshirish davomida davlat yuqori darajadagi inflyatsiya va yuqori 
darajadagi ishsizlik orasida tanlovga egadir. Agar ishsizlik darajasini tushirish 
zarur bo`lsa, davlat inflyatsiya o`sishiga tayyor bo`lishi kerak, demak bu holat, 
ishchi o`rinlari o`sishi va ishlab chiqarish faoliyati faolligiga, zahira mablag`lari 
ulushiga nisbatan investitsiyalar ulushi oshishiga olib keladi. Agar inflyatsiya 
darajasini tushirish lozim bo`lsa, bu albatta zahira mablag`lari o`sishi, sarmoyalar 
qulayligini tushishi, demak ish o`rinlari miqdorlarini ham tushishiga olib keladi. 

5,5% 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin