Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

Adolatli narx
. Adolatli narx borasidagi Foma Akvinskiy fikrlari, birinchi 
navbatda almashish huquqi tushunchasiga tayanadi (adolatli almashinuv). Adolatli 
narx, almashinuv paytidagi tenglikni ta`minlashi kerak, ya`ni almashinuv 
qatnashchisining har - biri ulushiga mutanosib ravishda, belgilanishi lozim. 
Adolatli narx qanday belgilanishi haqida savol tug`ilishi tabiiy. Foma Akvinskiy 
fikriga ko`ra, bu holat almaShuvchi tomonlarning sub`ektiv narxlashlari natijasidir. 
Birinchi navbatda, bu mazkur tovarni sotgan taqdirda, sotuvchi tomonidan 
belgilanadigan zarar narxini sub`ektiv ravishda narxlashdir. Mazkur zarar umuman 
olganda, tovar ishlab chiqarilishi va sotib olinishi bilan bog`liq bo`lgan 
xarajatlarga tenglashtiriladi, ammo mazkur tovarning xaridor tomonidan sub`ektiv 
ravishda narxlanishi ham muhim masaladir, Chunki aynan Shu narx orqali 
xaridor, tovarga bo`lgan ehtiyoj darajasini belgilaydi. Shu bilan birgalikda, 
sotuvchi unga narx belgilash barobarida, tovar sifatini ham e`tiborga olishi lozim. 
Keyingi fikrlarida Foma Akvinskiy asosan adolatli narx sifatida o`rtacha 
sharoitlarda mazkur tovarga nisbatan bozorda belgilangan o`rtacha narxni ko`rib 
chiqadi. 
Foma Akvinskiy aloxida e`tiborni adolatli almashinuv qoidalari buzilish 
holatlariga ham qaratgan. Ulardan biri, sotuvchi tomonidan tovar sifatini sun`iy 
ravishda bo`rttirishidir. Uning fikricha, sotvuchi tovar unga ma`lum bo`lgan 
yashirin sifatsizliklarga ega bo`lgan taqdirda uning narxini tushirishi lozim. Bunda 
u, xaridor oldida mazkur kamchiliklarni aytib o`tirishga majbur emas. Xaridor, 
ularni o`zi aniqlashi, hamda tovarning past narxidan ular haqida tushunib olishi 
lozim.
Adolatsizlikning yana bir turi sifatida, mazkur tovarga xaridorning yuqori 
darajadagi ehtiyojidan foydalanish kiradi. Sotuvchi, bunday holatda tovar narxini 
oshirishga haqli emas. Shu bilan birgalikda, xaridor og`ir holatda ko`rsatilgan 


19 
xizmat uchun mukofot tarzida, o`zi alohida narxni taklif qilish huquqiga ega. 
Bundan tashqari, agarda sotuvchi mo„ayyan sub`ektiv sabablarga ko`ra, o`zida 
mavjud bo`lgan tovarni bozordagi o`rtacha narxdan yuqoriroq narxda 
narxlaydigan bo`lsa, u mazkur sub`ektiv baholanishga muvofiq bo`lgan narxni 
belgilash kabi adolatli huquqga ega bo`ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin