217
noratsional motivatsiyasi sababli mo„ayyan ratsional siyosatni amalga oshirishini
ham Shubha ostiga olishadi. Shu sababli monetaristlardan farqli o`laroq, ular
markaziy bankning to`g`ri mablag` siyosat yuritishiga umid qilishmaydi. Umuman
olganda taklif iqtisodiy nazariyasi namoyandalari monetaristlar qarashlarini ya`ni
inflyatsiya ishsizlik masalasini echa olmasligi borasida qarashlarni qabul qilishadi.
Ammo ular mazkur holatga nisbatan negativ munosabatda bo`lib, narxlar o`sishi,
zahira mablag`lari qadrlanishiga, hamda investitsiyalar sekinlashishiga olib
kelishini aytib o`tishadi. Shuningdek munosabatda ular byudjet defitsitiga nisbatan
ham negativ munosabatlarini bildirishadi.
Soliq siyosati masalalariga keladigan bo`lsak, taklif iqtisodiy nazariyasi
namoyandalarining fikricha, birinchi navbatda, investitsiyalardan olingan
daromadlarga nisbatan soliq stavkalari pasayishi kerak, ayniqsa Yangi
texnologiyalarga bo`lgan investitsiyalar, bu esa shaxsiy daromadlar o`sishiga olib
keladi.
Dostları ilə paylaş: