Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

 
 
 
 


222 
27. 2. “Tarqatma bilim” kontseptsiyasi 
Iqtisodiy harakatni tahlil etar ekan, Fridrix fon Xayek neoavstriya maktabi 
ilg`or namoyandasi sifatida iqtisodiy axborot, ya`ni ishlab chiqarish faoliyati 
imkoniyatlari haqidagi bilim va iste`molchilar ta`biga qarab, bilimlarga faqatgina 
alohida individ, u ham bo`lsa faqatgina o`ziga nisbatan ega bo`ladi deb xulosa 
qiladi. Biror - bir inson, boshqa insonning didi, yoki xo`jalik rejalari haqidagi aniq 
axborotga ega bo`lmaydi. 
Bundan tashqari, bozorning xar bir ishtirokchisi ega bo`lgan axborot, to`la 
ravishda formalizatsiya etilishi, va bozorning boshqa ishtirokchilariga adekvat 
ravishda uzatilishi mumkin emas. Muammo Shundaki, mazkur individual 
bilimlarning asosi sifatida, rivojlantirilgan hissiyot, intuitsiya bo`lishi mumkin, u 
tahlil etilib, talqin etilishi mumkin emas, demakki bunday tajribaga ega bo`lmagan 
insonga uzatilishi imkoniyati ham yo`q. 
Mazkur xulosalar asosida, F. Xayek xulosa qiladiki, iqtisodiyotda bilimlar 
tarqatma tavsifga ega. Biror – bir shaxs, bozorning boshqa ishtirokchilari haqida 
to`liq axzborotga ega emas, demak sub`ekt o`zi haqidagi axborotni boshqalarga 
to`liq ravishda uzata olmaydi, va bozorning boshqa iqtisodiy sub`ektlari uning 
iqtisodiy ta`bi, biznesdagi muvaffaqiyati haqida axborotga ega bo`lmaydi. 
 
27. 3. Fridrix Fon Xayekning “Bozor” kontseptsiyasi 
Agarda axborot tarqatma bo`lsa, savol tug`iladi: individlar qay tarzda 
faoliyat yuritishadi, harakat mo„ayyan variantini tanlashda nimaga asoslanishadi
ularning o`zlariga nisbatan ega bo`lgan qisman bilimlar muvaffaqiyatli iqtisodiy 
harakat uchun etarli emas. F. Xayek fikriga bu holda ularga bozor munosabatlari 
yordamga keladi. Bozor mexanizmi qurilma indikatorlar, ya`ni 
narx 
ko`rsatkichlariga ega. Bu ko`rsatkichlar, tanlov variantlari va bozor boshqa 
ishtirokchilarining ishlab chiqarish imkoniyatlarini ko`rsatadi. Narxlardagi 
o`zgarish, ta`bdagi yuzaga kelgan o`zgarishlar, hamda individlar imkoniyatini 
ko`rsatadi. Bozor mavjud bo`lganda, tadbirkor, o`zining mahsulotiga nisbatan 
xaridorlarning ehtiyojlarini aniqlashi shart emas. Insonlarning maqsadlarini, 
demakki ularning ratsional yo`l bilan harakatlarini oldindan bilish imkoniyati yo`q. 
Bozor esa, amalga oshgan faoliyatlarni inobatga oladi, ya`ni xaridning oshishi, 
tovarga nisbatan narxning avtomatik ravishda oshishiga olib keladi, va aksincha, 
mo„ayyan mahsulotga bo`lgan qiziqishni pasayishi, uning narxini tushiradi. Narx 
signallarini o`rgangan tadbirkor, bozor kon`yunkturasi haqidagi zarur axborot olish 
imkoniyatiga ega bo`ladi va axborot asosida o`z harakatini rejalashtiradi. Bozor 
yana bir muhim vazifani bajaradi. Bozor, va faqatgina bozor, qanday iqtisodiy 


223 
harakat samarali va qaysi harakat samarasiz ekanligini aniqlash imkoniyatiga ega. 
F. fon Xayek nuqtai nazarida, ratsional yo`l orqali mazkur masalaga ilmiy tahlil 
uslubi vositasida javob berib bo`lmaydi. Faqatgina faoliyat natijalariga qarab, 
mazkur harakat reallikka nisbatan adekvat bo`lganligi yoki bo`lmaganligi haqidagi 
savolga javob berish mumkin. Agar, tadbirkor, daromad olib o`z biznesi 
rivojlanishiga erishsa, u iqtisodiy nuqtai - nazardan to`g`ri harakatni tanlagan 
bo`ladi, ya`ni uning harakatlari iqtisodiy jihatdan samaralidir. Agarda zarar 
ko`radigan bo`lsa, demak uning harakatlari iqtisodiy jihatdan samarasiz bo`ladi. 
Mazkur masala borasida, F. Xayek, alohida empirizm nuqtai nazarini bildirgan. 
Uning g`oyasini asosida Shundaki, u yoki bu harakat samaradorligi darajasini 
ratsional taklif asosida baholash mumkin emas. Faqatgina hayot va amaliyot 
barcha narsalarga baho berishi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin