Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Liberalizm g`oyalari himoyasi. F.Xayek nazariyasida bozor ikki muhim iqtisodiy vazifani ya`ni iqtisodiy
kon`yunktura holati haqida axborotlar beradi va ishlab chiqarish vazifasi individual
eng yaxshi echimi saralashini amalga oshiradi. Bundan, F. Xayek iqtisodchilar
oldiga qo`yilgan asosiy talab keltirib chiqaradi. Bu talab, bozor erkinligini
ta`minlashdir. Uning tan olishicha, bozor, iqtisodiy agentlar harakatlari
boshqaruvining eng samarali vositasi emas, ammo bu yagona vositadir.
Tashqaridan istalgan aralShuvlar, istalgan iqtisodiy tizimni nazorat etish
harakatlari, narx signallari o`zgarishiga olib kelib, demakki iqtisodiy agentlar,
iqtisodiy kon`yunktura haqidagi yolg`on axborotga ega bo`lishadi. Iqtisodiy
nazorat, saralash jarayonini ham emirib, xo`jalik yuritishning samarasiz shakllarini
rivojlanishi uchun sharoit yaratib beradi.
Hukumatning istalgan aralashuvi, ya`ni antimonopoliya siyosatidan tortib,
aholining kambag`al qatlamlari yoki ishsizlarga yordam berish ijtimoiy
dasturlarigacha yolg`on signallar paydo bo`lishiga olib keladi. Bu holat istalgan
hukumat monopoliya shakllariga tegishli bo`lib, hattoki pul chiqarish
monopoliyasiga ham ta`sir etadi. Shu nuqtai nazardan F. Xayek xususiy mablag`
nazariyasini ilgari suradi. Uning ta`kidlashicha, hukumatning pul birliklarini
bosishga xususiy huquqi, bozor signallarini buzishga olib kelib, bu signallar
iqtisodiyotga qancha pul birliklari miqdori zarurati haqidagi axborotni
chalkashtiradi. Bundan tashqari, bunday huquqga ega holda, hukumat doimiy
ravishda bozor faoliyatiga aylanmadagi mablag` hajmini nazorat etish orqali
aralashadi. F.Xayek, inflyatsiyaning asosiy sababi, iqtisodiyotda al`ternativ
mablag`lar mavjud emasligi bilan bog`liq dngan tezisni ilgari suradi.
Mazkur muammo echimini u, valyutalar raqobatchilik bozori yaratilishida, ya`ni
xususiy mablag` bozori yaratilishida deb biladi. Mazkur echimni u xususiy
mablag`lar, ya`ni raqobatchilik valyuta bozorini yaratishda deb biladi. Uning
fikricha, pul birliklarini chiqarishga markaziy bank monopoliyasini buzishning
yagona usuli, xususiy banklarga o`z valyutasini chiqarish huquqini berishdir.
Mazkur valyutalar raqobatchiligi, mablag` bozorini sog`lomlashtirib, hisob -
kitobning samarali vositalarini aniqlash imkoniyatini beradi.