Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

Metodologiya

Neoinstitutsional 
nazariyalarni 
birlashtiruvchi 
qator 
metodologik yondashuvlarni garchi ular asr boshi instituttsionalizm bilan bir 
vaqtning o`zida farq qilib, turli yo`nalishlarga ega bo`lishsa ham. Birinchi 
navbatda, metodologik individualizm printsipi, ko`pchilik jihatdan mazkur oqim 
iqtisodchilari tomonidan ketma -ket ravishda neomumtozlarga nisbatan ko`proq 
qo`llanilsa ham ajratish mumkin. Nazariya asosiga individ harakatlari tahlili olinib, 
qolgan barcha iqtisodiy jarayonlar mazkur tahlil orqali jumladan, iqtisodiy 
institutlar harakati ham (turli firmalar, hukumat va boshqalar) ko`rib chiqiladi. 
Mazkur usul neoinstitutsionalizmni institutsional nazariyadan farqlaydi, zero 
institutsional nazariya, bunday yondashuvga qarshi chiqib, institutlarni 
jamoatchilik tashkilotlari sifatida ko`rib chiqib, ularning harakatlari alohida 
iqtisodiy 
agentlar 
harakati 
bilan 
bog`liq 
emas 
deb 
hisoblagan. 
Neoinstitutsionalistlarning fikricha, jamoatchilik bozor ishtirokchilari harakatlari 
alohida insonlar irodasiga bo`ysinadi, zero bu insonlar ularning mulkdorlari 
sifatida ish foliyatini boshqarishadi.
Neoinstitutsional 
nazariya 
printsipial 
ravishda 
davlat 
va 
uning 
iqtisodiyotdagi rolini o`zgacha tarzda talqin etadi. Davlat iqtisodiyotda alohida 
institut sifatida qabul qiladi. Hukumat tuzilmalari insonlardan iborat, ularning 


227 
faoliyati esa, istalgan xususiy firma xodimlari harakatlaridan farq qilmaydi. Ular 
ham firma xodimlari kabi, mo„ayyan tarzda ratsional, egoistik faoliyat turi bilan 
ajralib turib, (ya`ni noratsional), bozor signallariga ham tabiiy ravishda javob 
berishadi (yoki mazkur signallar nomuvofiqligiga). Mazkur institutning 
samaradorlik darajasi esa, istalgan tashkilotning boshqa formasi kabi samarali 
baholanishi zarur. 
Neoinstitutsionalizmning institutsional nazariyadan ikkinchi metodologik 
farqi, tahlilning tarixdan tashqari tavsifi bilan bog`liq. Neoinstitutsional 
nazariyalar, universal va umumiy tavsifga ega qonuniyatlarni ochish bilan 
Shug`ullanadi. Mazkur qonuniyatlar, barcha iqtisodiy ishtirokchilar uchun, 
haqiqiydir (institutlar, alohida individlar). Ularning yordamida istalgan iqtisodiy 
tizimlar, istalgan tarixiy davrda tasvirlanishi mumkin. 
Umumiy 
metodologik 
yondashuvlardan 
tashqari, 
neoinstitutsional 
yo`nalishga kiritilgan nazariyalar mo„ayyan farqlarga ham ega. Tahlil uslubi 
bo`yicha, ularni eng kamida ikki asosiy guruhga bo`lish mumkin. Birinchi guruh 
tarkibiga, asoslari R. Kouz O. I. Uil`yamson, D. Nort, R. Fogel`, R. Tomas 
nazariyalari kiradi, ular o`z tadqiqotlarida iqtisodiy tuzilmalar tadqiqoti uchun 
transaktsion tahlillarni qo`llaydi. Ikkinchi yo`nalish, birinchi yo`nalishga 
metodologik jihatdan yaqin bo`lib, mulkdorlik huquqlari nazariyasiga tahlil 
jihatidan yondashadi (A. Alchian, X. Demsets). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin