29.2. Davlat mulkini privatizatsiya etishi va mazkur mulkning yangi egalariga
oyoqqa turmagunlaricha yordam ko`rsatishi
Hayot sifati masalalari
. 1950-yillardan ko`tarila boshlangan yana bir
muammo hayot sifati muammosidir. Ammo mazkur atama faqatgina 1960-yillar
oxiri, 1970-yillar boshiga kelibgina ommalashdi, zero oldingi davrlar iqtisodiy
ko`tarilish bilan tavsiflanib, asosiy e`tiborni ravnaqning miqdoriy ko`rsatkichlari
tortar edi. mazkur kontseptsiyalar mohiyatini Dj. Gelbreyt, A. Toffler, R. Aaron
kabi iqtisodchilar rivojlantirib, ularning nazariyalarini mazmuni Shundan iborat
ediki, zamonaviy jamiyat yuqori iste`mol davriga erishib, asosan ravnaq miqdori
masalasini echdi. Shu sababli, uning oldida Yangi vazifa, mazkur ravnaq sifatini
ta`minlash vazifasi turibdi deb hisoblashgan. Yirik korporatsiyalari faoliyatida
yuqori texnologik ishlab chiqarish iqtisodiyot, insonlar moddiy ehtiyojlari
qondirilishini yuqori darajada ta`minlaydi. Shu sababli, jamiyat rivojlanishi
Shunday darajaga erishdiki, hayot sifati, ya`ni ravnaqlar sifati masalasini ko`tarish
vaqti etib keldi. Mazkur tushunchaga, nomoddiy ravnaqlar xususan: iqtisodiy,
237
ijtimoiy, siyosiy, ma`naviy rag`batlar xam kiradi, Shuningdek, bularning sirasiga
ta`lim, sog`liqni saqlash, ekologiya, ijtimoiy - iqtisodiy tengsizliklar ham kiritilishi
mumkin.
Bir tomondan mazkur masala, iqtisodiy taraqqiyotning ziddiyatli oqibatlari
bilan bog`liq. Birinchidan, bu holda korporatsiyalar iste`molchilarga o`z
mahsulotini o`tkazish bo`yicha agressiv siyosatini yuritishadi bunday holatda,
mazkur siyosat jamiyat uchun doimo ham foydali emas (Dj. Gelbreyt). Ikkinchidan
umuman olganda, sanoat rivojlanishi iqtisodiy muammolar o`sishiga olib kelib, bu
holat ham insonlar hayot sharoitlarini yomonlashtiradi. Ammo xar qanday holatda
xam jamiyat rivojlanishi Shunday darajasiga erishdiki, oqibatda mazkur
masalalarni qayta ko`tarib, mamlakat iqtisodiyoti oldiga Yangi vazifalarni
shakllantirish imkoniyatini beradi. Shuningdek aholining tobora kattaroq qismi,
atrof - muhitni saqlab qolinishi, hayot estetik tavsiflarini ko`tarish uchun to`lov
to`lashga tayyor. Mehnatning ishlab chiqarilishdagi vaqtiga nisbatan dam olish
vaqti uchun tobora ko`proq vaqtni ajratish imkoniyatini berib, dam olish sifatini
oshirish masalasini ham ko`taradi.
Hayot sifati haqidagi masala ko`tarilishi sababli, yuzaga kelgan muammo
hayot sifatini ko`rsatkichlaridir. Agar, iqtisodiy samaradorlik qator ko`rsatkichlar
masalan, yalpi ichki mahsulotning o`sishi, daromad normasi, narx indekslari, fond
indekslari kabi ko`rsatkichlar yordamida baholanishi mumkin bo`lsa, jamiyat
taraqqiyoti sifati to`g`ridan - to`g`ri hisoblash imkoniyatini bermaydi. 1961
yillarda, BMT hayot sifati sharoitlarining 12 aspektlarini ajratib, ularning holati
jamiyat rivojlanish darajasini sifat jihatdan tavsiflashi mumkinligini e`tirof etgan.
Ushbu ko`rsatkichlarga sog`liqni - saqlash, tarbiya, mehnat sharoitlari,
bandlik, iste`mol va zahira darajasi, transport va kommunikatsiya, turar joy fondi
holati, dam olish va ko`ngilxushliklar, ijtimoiy ishonch, shaxsiy erkinliklar kiradi.
Keyingi davrlarda, boshqa indikator tizimlari ham taklif etilgan. Hayot sifati
masalasiga katta e`tiborni amerikalik futurolog Alvin Toffler ham qaratgan.
O`zining “Futuroshok” («Kelajak shoki») deb nomlangan 1970- yilda nashr etilgan
kitobida, A. Toffler hayot sifati tushunchasini uchta aspektga ajratgan, ya`ni
ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy.
Ekologik aspekt o`z tarkibiga nafaqat atrof - muhit ifloslanishi bilan kurashni,
balki alohida hududlarda aholi tobora o`sishi bilan bog`liq muammolarni echish,
shovqin ifloslanishi, noestetik landshaftlar muammosini ham ko`targan.
Hayot sifati iqtisodiy ko`rsatkichlarini A. Toffler nomoddiy ehtiyojlarni qondirish
bilan bog`lab, estetik va psixologik tavsifga ega ekanligini aytib o`tgan. Bunday
ehtiyojlar sirasiga go`zalik, yaxshi kayfiyat, ijobiy hissiyotlar, tinchlikka nisbatan
munosabat yoki aksincha tavakkalga nisbatan harakatlar kiradi. A. Toffler
psixologik iqtisodiyot tushunchasini ham ilgari surib, uning ta`kidlashicha
238
zamonaviy taraqqiyot bosqichda iste`mol tuzilishini tovarning moddiy
xususiyatlari, emas iste`mol jarayonining psixologik tavsiflari belgilay boshlaydi,
ya`ni mazkur ravnaq qo`llanilishdan, insonda yuzaga keladigan hissiyotlar.
Dostları ilə paylaş: |