Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


 3. Kelajakda jamiyat rivojlanishi nazariyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

 
29. 3. Kelajakda jamiyat rivojlanishi nazariyasi 
A.Toffler, o`z asarlarini zamonaviy jamiyat transformatsiyasiga bag`ishlagan 
mashhur mutaffakkirlardan biridir. O`zining «Futuroshok» (1970) va «Ekospazm» 
(1975) asarlarida, u jamiyat rivojlanishining zamonaviy bosqichini o`zgartiruvchi 
bosqich deb tasvirlagan. Ilmiy - texnik progress va iqtisodiy o`sishning yuqori 
darajalari iqtisodiy va ijtimoiy tuzilmalarni o`zgarishi, insonlarning ijtimoiy va 
psixologik zarbalarga to`qnash kelishiga olib kelib, bular doimiy ravishda mazkur 
o`zgarishlarga moslashishni talab etadi. Mo„ayyan kasblar, munosabat turlari 
yo`qolib, aholining mobilligi oshadi, ishchilar malakasiga nisbatan xam talablar 
doimiy ravishda o`zgaradi. Eski kasbiy jihatlarni sinishi bilan bog`liq stress 
holatlari chuqurlashadi, va bu holatni A.Toffler kelajak shoki deb ataydi. 
A.Tofflerning transformatsiya bilan bog`liq tavsiflari ko`pchilik jihatdan 
P.Druker g`oyalariga o`xshash. Uning fikricha XX asr oxiri iqtisodiyoti bilimlar 
iqtisodiyotidir. Toffler katta e`tiborni, Yangiliklarning asosiy manbai sifatida 
tadbirkorlikka ajratadi. Bunda u korporatsiya doirasida tadbirkorlik vazifasi 
tirilishini ham payqab, bu holat P.Drukerda, yirik firmalarga berilgan tavsiya 
sifatida ko`tarilgan. A.Toffler Shu bilan birgalikda, Avtokratiya haqida yozib, 
uning fikricha avtokratiya mutaxassislarning vaqtinchalik guruhi bo`lib, ular 
alohida loyihalarga boshchilik qilishadi, va texnokratiya, hamda byurokratiya 
o`rniga keladi. Mazkur kichik markazlashmagan jamoalar tashabbus, ijod, mustaqil 
qaror qabul qilish huquqiga ega bo`lib, o`zlari markazlashgan holda, ko`pchilik 
masalalar bo`yicha firma siyosatlarini yuritishadi. A. Toffler nuqtai - nazaridga 
ko`ra korporatsiya avtokratiyasi paydo bo`lishi bilan, korporatsiyalar bozorning 
Yangi sharoitlariga tezroq moslashib, innovatsion funktsiyalarini yaxshiroq amalga 
oshira boshlashdi. Shu bilan birgalikda, A. Toffler katta e`tiborini texnik – 
iqtisodiy rivojlanish ustidan nazorat masalalariga ham qaratgan. Uning fikricha, 
jamiyat yirik korporatsiyalar faoliyatini kuzatishlari lozim, zero korporatsiyalar 
progressga Shu darajada qiziqishganki, ular tomonidan tadbiq etilayotgan Yangi 
texnologiyalar foydasiz yoki insoniyat uchun zararli bo`lishi mumkin. 
Shu bilan birgalikda, Yangiliklar, jiddiy - ijtimoiy futuroshok bilan bog`liq 
oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Shu sababli, A. Toffler Yangiliklar kiritish 
monitoringi zarurati haqida ham so`z yuritgan. 
A.Toffler qalamiga mansub «Uchinchi to`lqin» (1980) asari alohida 
axamiyatga molikdir. Unda, muallif elektronikani tadbiq etilishi bilan bog`liq 


239 
texnika rivojlanishini tahlil etadi. Uning Yangi kontseptsiyasining muhim 
asoslaridan biri, elektron aloqa vositalari paydo bo`lishi bilan ishlab chiqarish 
markazlashtirilishi uchun sharoitlar yaratilishi haqidagi fikrdir. Shuni e`tiborga 
olish lozimki, uzoq vaqt davomida ilk marotaba texnologiyalar ishlab chiqarish 
kontsentratsiyasi sharoitlarini emas, uning taqsimlanish sharoitlarini ajratib berdi. 
Buning oqibatida, ishlab chiqarishning hududiy taqsimlanishi yuz berdi. Yangi 
aloqa vositalari mutaxassislarga bir - biri bilan doimiy aloqada bo`lib, uyda ishlash 
imkoniyatini beradi.
Aynan Yangi texnologiyalar sababli, kichik seriyali ishlab chiqarish arzonlashadi. 
Shuningdek taklif egiluvchan bo`ladi, buning oqibatida esa, iste`mol tuzilishi va 
hayot uslubi o`zgaradi. Odamlar yanada individuallashishga harakat qilishadi. 
mehnat tavsifi o`zgaradi. Mehnat individual tus olib, ijodiy tavsifga ega bo`ladi. 
Jismoniy mehnat xodimlari miqdori qisqaradi. yuqori malakali mutaxassislarga 
talab xam va taklif xam oshadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin