Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


 D. Bell postindustrial jamiyati nazariyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

 
29.4. D. Bell postindustrial jamiyati nazariyasi 
P.Druker va A.Toffler nazariyalariga nisbatan, amerikalik sotsiolog Daniel` 
Bell (1919- yilda tug`ilgan) qarashlari nisbatan pessimistikdir. U tomonidan qator 
kitoblar yozilib, mazkur asarlar ichidan ikkitasini alohida ajratib ko`rsatish 
mumkin: «G`oya xotimasi» (1960), «Kelayotgan postindustrial jamiyat» (1973). 
Ushbu asarlarda D.Bell birinchidan Dj.Gelbreyt kabi ikki tizim konvergentsiyasi 
kontseptsiyasini rivojlantirishda davom etib, industrial jamiyatning ikki turi 
sifatida ijtimoiy va kapitalistik tuzumni tasvirlaydi. Mazkur jamiyatlar asosida esa 
yirik korporatsiyalar turib, ularning moddiy ravnaqlarini asosiy hajmini ishlab 
chiqaradi.
P.Druker va A.Tofflerdan farqli o`laroq, D.Bell kelajakni aynan yirik 
tuzilmalar doirasida ko`radi, zero iqtisodiy rivojlanish asosi sifatida, ilmiy - texnik 
progress turib uning fikricha, bu holat yirik kapital qo`yilmalarini talab etadi. Shu 
bilan birgalikda, P. Drukerdan farqli o`laroq, u jamiyat tomonidan iqtisodiy 
rivojlanish ustidan nazorat zarurati tarafdori bo`lib, hukumat olimlar ham nazorat 
etilishi lozim deb hisoblaydi. Ayniqsa olimlar, ilmiy - texnik progressga siyosat va 
bozor manfaatlari bo`ysunishini oldini olishlari kerak, kelajak jamiyatini D.Bell 
rejalashtiruvchi jamiyat sifatida tasavvur qilib, unda hukumat roli oshadi. 
D.Bell, asosiy e`tiborini yuridik firmalar faoliyatining salbiy oqibatlariga 
qaratadi. Birinchidan, atrof-muhitga holatiga texnologik jarayonlar ta`sir ko`rsatib, 
salbiy bo`ladi. Ikkinchidan, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar 
individlar haqiqiy ehtiyojlariga to`liq muvofiq bo`lmaydi. 


240 
D.Bell nazariyasida zamonaviy jamiyatda ijtimoiy o`zgarishlar haqida ham 
so`z yuritilgan. D.Bell “Postindustrial jamiyat” tushunchasini kiritgan holda, Yangi 
turdagi jamiyat asosiy xususiyatlaridan biri, meritokratiya hukmronligi bo`lib, u 
texnokratiya o`rniga keladi deb e`tirof etadi. Meritokratiya, jamiyat oldida katta 
xizmatlarga ega insonlar guruhidan tashkil topib, bu insonlar, yuqori intellektual 
rivojlanish darajasiga ega holatda axborotni qayta ishlash va qaror qabul qilishlari 
mumkin. 
1970-yillarda Dj.Gelbreyt qarashlari. 1970 yilda Dj.Gelbreyt «Jamiyat 
iqtisodiy nazariyalari va maqsadlari» kitobini yozadi. Bu kitobda muallif oldin 
bildirgan ko`plab qarashlarini qayta ko`rib chiqgan. Xususan Gelbreyt yirik 
korporatsiyalar faoliyatiga nisbatan yanada salbiyroq munosabatini bildirib, 
ekspluatatsiya o`sib borayotgan elementlari Yangiroq tavsifga egaligiga e`tibor 
qaratgan. Shu bilan birgalikda, u iste`molchilarning ishlab chiqaruvchilar 
tomonidan reklama orqali tovarlarni tiqishtirish vositasida ekspluatatsiyasi 
haqidagi fikrini ham rivojlantirdi. Shu bilan birgalikda, korporatsiyalar tomonidan 
bozor va narxlar ekspluatatsiyasi, rivojlanayotgan mamlakatlarning rivojlangan 
mamlakatlar tomonidan ekspluatatsiyasi, hamda tabiat ekspluatatsiyasi haqidagi 
fikrlari ham ahamiyatga molik. Deyarli u, asr boshi ruhidagi monopoliya tanqidiga 
qaytib, zamonaviy jamiyatni yirik korporatsiyalar monopoliyasi holatida ekanligi 
haqidagi fikrni bildirdi. U o`z g`oyasini 1950 yillar boshidagi “kuchlar 
muvozanati” haqidagi g`oyaga qaytarib, mazkur g`oya yirik korporatsiyalariga 
kichik ishlab chiqaruvchilar va iste`molchilar tashkillashtirilishi vositasida o`zi 
al`ternativ usullarni shakllantirib berishini taxmin etdi. Endilikda Gelbreyt jamiyat 
yirik firmalar hukmronligiga qarshi qo`yadigan hech - narsaga ega emasligi 
borasidagi fikrni bildirdi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin