mamlakatlarida feodalizmning shakllanishi III-VII asrlarda ro„y berdi. Bu davrdagi iqtisodiy g„oyalar tovar-pul munosabatlarining rivoji bilan bog„liq. Islom - VII asrda (hijriy 622 yil) dastlab Arabistonda tarqalgan so„nggi
muqaddas din. Islomning muqaddas kitobi
Qur’oni karim da (arabchada
o‘qish, qiroat degani) Alloh taolo tarafidan shaxsiy mulk muqaddas deb ye‟lon qilingan,
unga ko„z olaytirish katta gunoh deyilgan va sudxo„rlik harom qilingan, ortiqcha
sarf-harajatlar qoralangan, ayniqsa «yenglar, ichinglar, hadya qilinglar, lekin isrof
qilmang» degan oyatlar bugungi kun uchun ham ahamiyatlidir.
Forobiy Abu Nasr ibn Muhammad (870-950) - qomusiy olim, Arastuning
izdotshi (Arastudan keyin ikkinchi muallim nomini olgan), xayoliy sosializmning
asoschilaridan, 160 dan ortiq asar yozgan, donishmand (ayni vaqtda diniy
jamoaning boshlig„i bo„lgan), hukmdor, tasarruf yetuvchi, «sahovatli yurt»
haqidagi ta‟limotni rivojlantirdi (fozil davlat tarafdori).
Abu Ali ibn Sino (980-1037) - qomusiy olim, 280 dan ortiq asar yozgan,
«Uy xo„jaligi», «Ruhshunoslik» va boshqa kitoblarda iqtisodiy qarashlari aks
yetgan.
Beruniy Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad (973-1048) - qomusiy olim,
150 dan ortiq asarlari mavjud, lekin iqtisodiy qarashlari to„liq o„rganilmagan.
Mehnat boylikning asosi yekanligi to„g„risidagi fikrlari mavjud.
Yusuf Xos Hojib Bolasog„uniy (~1016-1018-?) - turk tilidagi ilk «
Qutadg„u bilig » («
Saodatga yo‘llovchi bilim », 1069-70) asarida ajoyib iqtisodiy g„oyalarni
bayon yetgan (1990 yilda chop yetildi). Ayniqsa, hunar-kasb o„rganish, savdo-
sotiqning ahamiyatiga ye‟tibor berilgan. Kitobda «san‟at, hunar - kishiga chiroy,
turli-tuman hunarlarni o„rganmaslik tubanlik belgisi» (64-bet) yekanligi haqida
fikrlar va mehnat taqsimoti g„oyalari bor. Davlat va iqtisodiyot masalalaridagi
bog„lanishni yaxshi tushungan.
246
Nizomulmulk (1018-1092)
-
Saljuqiylar
davlati
vaziri
sifatida
«Siyosatnoma» asarini yozdi, unda soliq , davlat mablag„larining hisob-kitobi,
iqto„ (chek yer) to„g„risida qimmatli g„oyalar berilgan.