Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

Proteksionizm 
- lotincha, davlatning milliy iqtisodiyotini chet yel 
raqobatidan himoya qilishga qaratilgan iqtisodiy siyosat. 
Fritreyderlik 
- inglizcha, yerkin savdo siyosati, proteksionizmga zid. Bu 
siyosatni bozor munosabatlariga o„tgan davlatlar tashqi savdoda qo„llaydilar. 
Sismondi Sharl 
(1773-1842) - Jenevada tug„ilgan, Fransiyada yashagan, 
mayda ishlab chiqarish iqtisodining asoschisi, yirik kapitalistik ishlab chiqarishga 
qarshi chiqdi va buni «isbotlab berish»ga harakat qildi. Mamlakatdagi barcha 
illatlar yirik ishlab chiqarish tufayli deb hisoblagan, u kapitalizmni tan olmagan, 
davlat yo„li bilan yirik korxonalarni tugatishni taklif yetgan. Klassik maktabga 
muholif. 
Prudon Per Jozef 
(1809-1865) - fransiyalik mayda ishlab chiqarish 
iqtisodchisi va sosiologi, mayda ishlab chiqarishni himoya qildi, «ishchi puli» 
orqali mahsulot sotishni taklif yetdi. Kapitalizmni isloh qilishni taklif yetdi. P. 
pulga qarshi bo„lgan. Klassik maktabga muqobil fikrlar bildirgan. 
Rodbertus Karl Iogann 
(1805-1875) - nemis iqtisodchisi, o„z iqtisodiy 
g„oyalarini «Sosial xatlar» shaklida ilgari surdi, qo„shimcha qiymat, pul va renta 
bo„yicha mayda burjuacha qarashlar tarafdori. Vulgar qarash - «o„ta 
soddalashtirilgan», «soxtalashtirilgan» degan ma‟nosi bor, g„ayriilmiy iqtisodiy 
nazariyalar majmui, asosiy namoyandalari Sey (1767-1832) va Maltusdir (1766-
1834). Ular kapitalizmni himoya qilish maqsadida iqtisodiy jarayonlarning tashqi 
ko„rinishini tavsiflash va «xo„jako„rsin»ga klassifikasiya qilish bilan chegaralanib, 
hodisaning mohiyatini tadqiq yetmaydilar. Ularga faqat ayrim masalanigina olib, 
butun muammoni hal qilish xosdir. V.k. namoyandalari klassik iqtisodiy maktabni 
inkor yetadilar. 
Apologetika 
- biror g„oya yoki ta‟limotni xato bo„lsa ham ko„r-ko„rona 
himoya qilish. Ma‟lum sinf, guruhlar manfaati himoya qilinadi. 


250 
Mill Jeyms
(1773-1836) - ingliz iqtisodchisi, ish haqini oshirish uchun 
kurashmaslik tarafdori, jonli mehnat bilan birga ishlab chiqarish vositalarining 
mehnatini ham tan olishni talab qilgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin