27
iqtisodiyot atamasi paydo bo`ldi. Mazkur atama frantsuz iqtisodchisi Antuan de
Monkret`en tomonidan kiritildi (taxminan 1575-1621).
Mazkur nomlanish, iqtisodiy masalalar tahlilini aynan mamlakat miqiyosida
olib borish lozimligini tasdiqladi.
Ikkinchidan, millat boyishi asosiy manbalaridan biri tashqi savdo sanalganligi
sababli, aynan mana Shu soha, tahlilning asosiy predmetiga aylandi. Ko`rib
chiqilgan asosiy masalalar, tashqi va ichki savdoni tashkillashtirilishi, valyuta
kurslari va pul oqimini nazorat etish, kapital harakatining buzilishi oldini olish,
hamda kreditni tashkillashtirish bilan bog`liq bo`ldi.
Ishlab chiqarish sohasida ham, merkantilistlarning alohida e`tibori kuzatildi,
ammo bu soha, faqatgina tashqi savdo samaradorligining effektivligini
rivojlantirish asosi sifatidagina tadqiq etildi. Asosiy muammo, iqtisodiyotning
eksport ehtiyojlaridan kelib chiqgan holda, o`zgartirish bo`lib qoldi, bundan
tashqari, sohaviy tuzilmalar o`zgarishi ham tahlil etilib, buning oqibatida
manufakturalar, ya`ni hunarmandchilik tashkiliy jihatdan Yangicha shakllarni
yaratish dolzarblikka ega bo`ldi.
Savdo manfaatlaridan tashqari merkantilistlarni qiziqtirgan masala, aholini ish
bilan band etish masalasi bo`ldi.
Usul
.Umuman
olganda
merkantilistlar
iqtisodiy
hodisalar
tahliliga
makroiqtisodiy yondashuvi bilan ajralib turardi. Aynan ular tomonidan “milliy
boylik” tushunchasi kiritildi. Mazkur atama o`z o`rnida umumiy ezgulik teologik
atamasi o`rnida qo`llanila boshlandi (summum bonum) va Shu orqali, iqtisodiy
nazariyani teologik an`analardan ozod etib, o`rta asrlar fikriga xos bo`lgan umumiy
individ emas, jamoatchilik ezguligiga asosiy e`tibor qaratdi.
Boylik tushunchasi individualizatsiyasi, keyinchalik yuz bergan bo`lsada, bu
holat bevosita mumtoz iqtisodiy nazariya shakllanishi davriga to`g`ri keladi.
Mazkur usulning yana bir o`ziga xos tomoni, tadqiqotlarning empirik
yo`naltirilganligidir. Bir tomondan u abstrakt tushunchalardan voz kechish
natijasida yuzaga keldi, masalan adolatli narxdan voz kechish oqibatida, boshqa
tomondan sof amaliy masalalar ko`tarilib, bu masalalar dolzarb iqtisodiy siyosat
bilan bog`liqligi isbotlandi. Bu borada, xulosalar, tavsifi ham o`zgardi. Ular, diniy
qarashlarga xos bo`lgan me`yoriy tavsiflarni yo`qotib pragmatik yo`nalishga ega
bo`lishdi, hamda millat boyishi masalalarini echishga asosiy e`tiborni qaratishdi.
Dostları ilə paylaş: