3
KIRISH
Iqtisodiy ta`limotlar tarixini barcha ma`lumotli iqtisodchilar o`z vatani tarixini
bilganidek bilishi zarur, zero zamonaviy iqtisodchi uchun o`tmishni, bugungi
kunni yaxshi tushunish va mo„ayyan darajada kelajakni ko`ra bilishi zarur. Gap
Shundaki, tarix qaytariluvchan xususiyatga ega bo`lib, bugungi kunning ijtimoiy-
iqtisodiy muammolariga
duch kelar ekanmiz, o`tmishda o`xshash holatni topib,
uning sabab va mohiyatini tushuna bilishimiz zarur. Xuddi Shunday holat,
iqtisodiy ta`limotlar tarixiga ham tegishlidir. O`tmishdagi iqtisodiy holatlar nafaqat
takrorlanishi, balki real iqtisodiy hayotda qo`llanilishi mumkin bo`lgan bir paytda,
biz iqtisodiy g`oyalarni, ta`limotlarni, qonuniyatlarni ham bilishimiz zarur.
Bundan tashqari, ayrim o`xshash iqtisodiy muammolarning nazariy asoslari
bilan tanishish, ularni bilish orqali (iqtisodiyotdagi o`xshash asosiy hodisalar
unchalik ko`p emas), mo„ayyan nazariy g`oya bilan bog`liq bo`lmagan ijodiy,
erkin fikrlash ko`nikmasini hosil qilamiz.
Bugungi kunda, iqtisodiy ta`limotlar tarixiga bag`ishlangan ko`plab o`quv
adabiyotlari
topiladi, Shu sababli biz, mazkur o`quv qo`llanmasini bu adabiyotlar
ro`yxatidan nima bilan farq qilishini tushuntira olishga harakat qilamiz. Masalan,
MDU “Iqtisodiyo nazariya” kafedrasi professori A.G.Xudokormova tahriri
ostidagi chop etilgan o`quv qo`llanmasi yoki Toshkent Davlat iqtisodiyot
universiteti professori A.Razzoqov tomonidan tayyorlangan “Iqtisodiy ta`limotlar
tarixi” darsligidan farqli o`laroq, bizning o`quv qo`llanmamiz,
sodda tilda
yozilganligi va hajm jihatdan kichikligi bilan ajralib turadi. Shu sababli,
o`quvchilarimizga alohida mavzularni chuqurroq o`rganish uchun yuqorida tilga
olingan o`quv qo`llanmalariga murojaat qilishlarini tavsiya etamiz.
Bundan tashqari, mazkur o`quv qo`llanmasida iqtisodiy ta`lim tarixi
bo`yicha vatanimizda va xorijda nashr etilgan va tarjima
qilingan adabiyotlar
ro`yxatlari keltirilib, bu holat iqtisodiy ta`limotlar tarixiga oid materiallarning
chuqurroq o`zlashtirilishiga yordam beradi.
Hajm jihatidan o`rtacha bo`lgan mazkur o`quv qo`llanmasi o`quvchilarga
o`tmishda amal qilgan iqtisodiy nazariyalardan eng zarurlarini tanlash imkoniyatini
beradi, ammo bunda iqtisodiy ta`limotlar rivojlanishining umumiy mantig`i
yo`qotiladi. Fikrimizcha, iqtisodiy g`oyalar tarixi o`rganilishida, iqtisodiy
ta`limotlarni rivojlanishi haqida umumiy tasavvurga ega bo`lish
ham muhimdir,
zero o`tmish yirik iqtisodchilarining aniq nazariyalari, ta`limotlari, o`tmishdagi
iqtisodiy jarayonning ichki va tashqi sabablari haqida tushunchalar ham bilim olish
borasida
muhim
ahamiyatga
ega.
Iqtisodiy
ta`limotlarni
rivojlanishi
qonuniyatlarini o`rganar ekanmiz, zamonaviy iqtisodiy nazariyalarni tushunib olish
osonroq kechadi, chunki bu holat har-bir o`quv kursining mo„ayyan intiqosidir.
4
Iqtisodiy ta`limotlar rivojlanishining umumiy mantig`i yo`qotilmasligi uchun,
bizning ushbu o`quv qo`llanmamizda iqtisodiy fikrlar tarixi davrlarga ajratilib
keltirilgan.
Bundan tashqari, har bir davrda iqtisodiy, siyosiy, madaniy va umummilliy
omillar haqida ma`lumotlar
keltiramiz, ularning o`sha davrdagi iqtisodiy
nazariyalarini shakllanishiga ta`siri yoritilgan. Ikkinchidan, iqtisodiy qikrlar
tarixini ochib berishda mazkur davri iqtisodiyotining umumiy uslubiy tavsifi,
hamda o`sha davrda amal qilgan iqtisodiy nazariyalar maqsadi yo`nalishlari
yoritilgan, va Shundan keyingina ularning ba`zi
muhim jihatlari ajratilib
ko`rsatilgan. O`quv qo`llanmasining tuzilishiga nisbatan bunay yondashuv,
fikrimizcha iqtisodiy ta`limotlarni rivojlantirishning umumiy tendentsiyalarini
yo`qotilmasligiga olib kelgan.
Bundan tashqari o`quv qo`llanmada Markaziy Osiyoda shakllangan va amal
qilgan iqtisodiy fikrlar ham berilgan. Bunda biz, jahon iqtisodiyoti fani
rivojlanishida mamlakatimizda yashab ijod etgan
mutafakkirlar iqtisodiy
ta`limotlari o`rni va rolini ochib berish kabi muhim vazifani qo`yganmiz. Har bir
mavzu so`ngida o`quvchini o`z-o`zini sinash uchun savollar keltirilgan bo`lib, bu
hol mo„ayyan mazmunning asosiy muammolarini chuqurroq o`rganish, keltirilgan
materiallarni yana bir bor qayta ishlash imkoniyatini beradi.