28
rivojlanganlik darajasi, hamda davlatning oqilona siyosati kiritilgan. Ko`pincha
boylikning ikki turga bo`linishi kuzatiladi: tabiiy va sun`iy. Ilk marotaba, bu holat
ital`yan merkantilisti A. Serra tomonidan kiritilgan. Tabiiy boylik mamlakatning
klimatik va jug`rofiy sharoitlaridir.
Asosan
bular sirasiga, qishloq –xo`jaligi mahsulotlari, hamda jug`rofiy
joylashishiga ko`ra mamlakat savdo darajasi kiritilgan. Sun`iy boylik, sanoat
tomonidan ishlab - chiqarilgan tovarlardir. Ularning mavjudligi, aholi miqdori,
uning mehnatkashligi, bilimi va ko`nikmalariga bog`liq. Uning mavjudligi ham
mamlakat uchun zarur bo`lib, uning hajmlarini mo„ayyan
siyosat yuritilishidan
bilib olish mumkindir. Boylikning mehnatkash aholi miqdori bilan bog`lanishi
orqali, merkantilistlar asosiy e`tiborini demokrafik masalalar, aholi bandligi,
hamda millatning mehnatkashligi va ko`nikmalarini belgilovchi omillarga
qaratishgan.
Shu bilan birgalikda, merkantilistlarning fikricha boylikni orttirish, faqatgina
tashqi savdo vositasida amalga oshirish mumkin. Bunday nuqtai- nazar, yirik
kapitallar yig`ilishi faqatgina tashqi savdoga bog`liq bo`lgan davr uchun xosdir.
Merkantilistlar tomonidan savdoga nisbatan ijobiy baho ham,
zamonaviy
ochiq jamiyat g`oyalarini eslatadi, ularning fikriga ko`ra, faol savdo aloqalarini
yuritayotgan mamlakat, iqtisodiy rivojlanish uchun ko`proq imkoniyatlarga ega
bo`ladi (ishlab chiqarish o`sishi, iste`mol darajasi ortishi va kapital to`planishi).
Daromad nazariyasi. Merkantilistlar uchun tashqi savdoning alohida
ahamiyati, ular tomonidan ilgari surilgan daromad nazariyasi bilan bog`liqdir.
Ularning fikricha, daromad tovar narxining uning tannarxidan
ustun kelishidan
yuzaga keladi. Bunda savdogar uchun, tovar narxi, nafaqat uning tannarxidan,
balki tovarning xarid narxidan ham kelib chiqgan. Daromadning bu turini
merkantilistlar sotishdan olingan daromad deb atashgan («Profit upon alienation»),
Chunki uning kelib chiqishi, tovar asl narxining ustiga savdogar tomonidan
qo`yilgan narx bilan birgalikda belgilanadi. Tovar uchun, uning birlamchi narxidan
ortiqroq to`lov to`lash, savdogar xizmatlari uchun to`lov
sifatida qabul
qilinmasdan, xaridor uchun zarar sifatida qabul qilingan. Merkantilistlarning
fikriga ko`ra, savdogar, tovar narxining ustiga narx qo`yishga haqli emas, u bor -
yo`g`i mavjud bo`lgan boyliklarni o`z foydasiga xaridor zarar ko`rishi hisobiga
qaratadi.
Shunday qilib, har- bir savdo aloqasi, faqat bir tomon uchun, ya`ni sotuvchi
uchun boylik manbaiga aylanadi. Demak, shaxsiy boylikni oshirish uchun, ko`proq
xarid qilish emas, sotish zarur.
Davlat miqiyosida, bu foyda import cheklovi va
eksportni maksimal darajada kengaytirishni bildirib, bu borada qonunchilik
darajasida ham qarorlar qabul qilingan. Frantsuz merkantilisti, Sharl` Dovenant
o`zining «Hindiston savdosi haqida esse» asarida yozishicha (1679), mamlakat
29
ichida iste`mol
qilinayotgan tovarlar, mamlakat ichida ishlab chiqarilayotgan
bo`lsa, uning savdosi asosida hech - kim boy bo`lmaydi. Bunda mamlakat
fuqarolaridan biri sotadi, ikkinchisi xarid qiladi».
Jamoatchilik iste`moli va banligi masalasi. Merkantilistlarning boylik
predmetlari iste`moli masalasiga munosabati o`ziga xos bo`lgan. Unda bir
tomondan boylikni, mablag`ni bekorga sarflanishiga tanqid qilinsa,
boshqa
tomondan boylik predmetlari import tovarlar sifatida tilga olinadi. Agarda so`z
ichki sanoat tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar haqida boradigan bo`lsa, ko`p
holatlarda merkantilistlar bu kabi iste`mol turi iqtisodiy foydaliligini ta`kidlashgan.
Bundan tashqari, merkantilistlar fikriga ko`ra, turli boylik yoki mablag` bekorchi,
ammo go`zal predmetlarga sarflanishi, mablag`ning boylar qo`lidan, mazkur
bekorchi boylik predmetlarini ishlab chiqaruvchi kambag`allar qo`liga o`tishi
ta`kidlangan.
Daromadlarning aynan Shu holatda qo`llanilishi, Yangi ish o`rinlari, aholi
bandlik darajasi, umuman olganda mehnatkash aholi daromadlilik darajasi
oshishiga olib keladi. O`zining «tanga haqidagi ocherkida» D. Norsning
yozishicha:
Umuman olganda, merkantilistlar, iste`mol darajasini millat
ishbilarmonligini rivojlanishi uchun omil sifatida qabul qilishgan. Demak bu kabi
omillar rivojlanishi ishlab chiqarish o`sishiga olib kelishi, XX asrning 30-yillarida
Dj. M. Keyns tomonidan qayta ko`tarilgan.
Bandlik bilan ta`minlash manfaatlari bilan importning cheklanishi ham
tushuntirilishi mumkin. Merkantilistlarning ta`kidlashicha, import tovarlariga
sarflangan mablag`lar, chet el hunarmandlari mehnatini to`lash uchun sarflanib,
bunday holatda, mamlakat ishlab - chiqaruvchilari mehnati to`lovsiz qoladi.
Dostları ilə paylaş: