Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


 Angliyada klassik (mumtoz) siyosiy iqtisodiyot shakllanishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

 
4.2. Angliyada klassik (mumtoz) siyosiy iqtisodiyot shakllanishi 
 
XVII asrning o`rtalari va Angliya tarixida muhim davrga aylandi. Angliya 
Gollandiya bilan Evropada savdo sohasida yetakchilik uchun kurashga kirishdi. 
Mazkur kurashning asosiy usullaridan biri, shaxsiy manufakturani rivojlantirilishi 
bo`ldi. XVIII asrning boshida mazkur kurash Angliya uchun muvaffaqiyatli 
yakunlanib, u uzoq muddat davomida jahonda iqtisodiy jixatdan yetakchi davlatga 
aylandi. Shu bilan birgalikda Angliyada iqtisodiy rivojlanish bilan bir qatorda, fan 
rivojlanishi ham yuz berdi. XVIII asrning o`rtalarida Angliyada qirollik 
jamiyatida, birinchi fanlar akademiyasiga asos solindi. Mazkur printsiplarning 
barchasi, aynan Angliya mumtoz siyosiy iqtisod vatani ekanligini isbotlaydi. 
Angliyada mumtoz siyosiy iqtisod asoschisi sifatida esa, asl kasbi shifokor 
bo`lgan Uil`yam Petti hisoblanadi (1623-1687). Uning «Soliq va bojlar haqidagi 
traktat» (1662), «Mutafakkirlarga so`z» (1664), «Irlandiya siyosiy anatomiyasi» 
(1672), «Siyosiy arifmetika» (1676), «Mablag` haqida turli fikrlar» (1682) kabi 


38 
asarlarida, merkantilizm elementlari bilan bir qatorda iqtisodiy munosabatlarning 
Yangi g`oyalari ham shakllana bordi. 
Predmet va uslub
. Merkantilistlardan farqli o`laroq U.Petti o`z tadqiqot 
predmeti sifati ishlab chiqarish jarayonini tanladi. Asarlarining mazkur jihati 
iqtisodiyot tabiiy qonuniyatlariga nisbatan metodologik xususiyatlar apellyatsiyasi 
bo`ldi. 
 Asosiy nazariy yondashuvlar 
Boylik
. Pettining fikricha, boylik moddiy ishlab chiqarish sohasida 
yaratiladi, savdogarlar hech qanday mahsulot ishlab chiqarishmaydi, ular faqatgina 
siyosiy tana uchun (davlat uchun) ozuqaviy moddalari va qonini tarqatuvchi 
tomirlar rolini o`ynashadi. Bunday mahsulot bo`lib, faqat qishloq xo`jaligi va 
sanoatda ishlab chiqarilgan tovarlar hisoblanadi. 
Kapital
. Petti kapitalni mamlakat boyligi deb hisoblamagan, uning fikricha, 
ularni to`plash emas, xarakatga keltirish lozim, Chunki mamlakatdan pul 
chiqarilishini ta`qiqlovchi qonunchilik, tabiat qonuniyatlariga zid bo`lib, uning 
amalga oshirilishi mumkin emas. Aynan Petti tomonidan mamlakat uchun zarur 
bo`lgan pul massasi tushunchasi kiritilib, kapitalning asosiy vazifasi sifatida 
aylanish deb ta`kidlagan. 
Narx va tannarx. Aynan Petti ilk marotaba bozor narxi va tannarxni ajratib, ularni 
“siyosiy narx” va “tabiiy narx” deb atay boshladi. Uning fikricha tovar narxi uning 
tannarxidan kelib chiqib, belgilanadi, tannarx esa faqatgina ishlab chiqarish 
xarajatlari asosida belgilanishi mumkin. Masalan, bir qop bug`doy, bir untsiya 
kumushga teng ekanligini hisobga olgan holda, u kumushni bug`doy uchun tabiiy 
narx deb ataydi, Chunki , bir untsiya kumush ishlab chiqarish uchun, bir qop 
bug`doy ishlab chiqarilishi uchun sarflangan hajmdagi mehnat sarflanadi, agarda 
kumush ishlab chiqarilishi ikki barobarga oshadigan bo`lsa, uning narxi ikki 
barobarga tushadi, ammo bug`doyning kumushda belgilanadigan narxi, Shu 
darajada ikki barobar qimmatlashadi. 
U.Petti ishlab chiqarishning ikki asosiy omilini ya`ni mehnat va er omilini 
ajratadi. Uning fikricha, kema tannarxi va ustki kiyim, syurtuk tannarxi mo„ayyan 
miqdordagi er, mazkur erda sarflanishi lozim bo`lgan mehnat hajmiga teng bo`lishi 
lozim, Chunki kema ham, ustki kiyim ham insonning erga sarflangan mehnatidan
olingan mahsulotdir. Bu fikri bilan U.Petti “mehnat boylik otasi, er esa boylikning 
onasi” deb hisoblagan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin