Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

Predmet va uslub
. Tadqiqot predmeti sifatida Kantil`on avvalambor 
dehqonchilikni ajratgan. Uning metodologiyasida birinchi navbatda abstraktsiya 
uslubini ajratib ko`rsatish mumkin, Chunki u iqtisodiyotning turli modellarini 
tadqiq etgan, ya`ni tabiiy xo`jalik, to`g`ridan - to`g`ri tovar ayirboshlash, va tovar - 
mablag` xo`jaligi.
Asosiy nazariy holatlar. 


43 
Narx va tannarx
. Kantil`on tannarxni er va mehnat sifatida belgilab, 
ulardan er ishlab chiqarishning asosiy omili sifatida e`tirof etilgan. Mehnat 
tannarxi sifatida Kantil`on bir ishchi tomonidan iste`mol qilinadigan predmetlar 
ishlab - chiqarilgan er miqdori bilan belgilashni taklif etgan. 
Sinflar va daromadlar
. Kantil`on ilk marotaba jamiyatning uch sinfga
ya`ni er egalari, yollangan ishchilar va tadbirkorlarga bo`linishini taklif qilgan. 
YOllangan ishchilar doimiy daromad, ya`ni shartnomaga muvofiq kelishilgan ish 
haqiga ega, tadbirkorlar esa, o`zgaruvchan daromadga ega. Kantil`on fikricha 
tadbirkor, mo„ayyan narxda, keyinchalik noaniq narxda sotish uchun tovar sotib 
oluvchi shaxs sifatida belgilangan. 
Bundan tashqari, Kantil`on erga beriladigan rentani ham uch qismga 
bo`lgan. Birinchi renta tadbirkor - fermer tomonidan er egasiga to`lanadi, 
ikkinchisi tovarlar sotib olinishi davomida shahar tadbirkorlariga, uchinchi qismi 
esa er egasida qoladi. 
Kapital
. Kantil`on mablag` va tovar massasi mutanosibligini ham aniq 
tadqiq etib, buning davomida kapitalning aylanma doirasida oshishi butun xalq 
xo`jaligi miqiyosida narxlarning avtomatik ravishda o`sishiga olib kelmasligi 
g`oyasini ilgari surgan. Birinchidan, narxlar o`sishi turli hududlarda turlicha 
kechadi, ikkinchidan, naqdsiz hisob - kitoblarni ham e`tiborga olish lozim, 
uchinchidan esa mamlakatlar orasida xalqaro savdo bilan bog`liq mablag`lar 
o`tishini ham hisobga olish zarur. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin