56
narxining asosiy manbaini to`g`ri aniqlagan holda, nazariya tartibsizligiga yo`l
qo`ygan». Tovar narxi, unga nisbatan sarflangan mehnat xarajatlari oshishi yoki
kamayishi holatda, narxlar oshishi yoki kamayishi tamoyiliga rioya etish o`rniga u
narxni mahsulotga nisbatan standart choralar va bu choralarga almashinishdan
kelib chiqib narx belgilash nazariyasini ilgari surgan. Shu sababli, Rikardo narx,
mo„ayyan mehnat xarajatlari bilan belgilangan taqdirda absolyut narx deb, uning
sotish bahosini esa, mo„ayyan tovarlar almashinuvi evaziga olinadigan bo`lsa,
nisbiy narx deb atashni taklif etadi. Nisbiy narxni tadqiq etar ekan, u har ikkala
tovarning absolyut narxlari o`zgarishiga bog`liqligini ilgari surib, tovar va pulning
absolyut qiymatlaridan kelib chiqgan holda narx haqida so`z yuritishni ilgari
surgan.
Mablag`
. Rikardoning fikricha, mablag` tovar bo`lib, uning qiymati tovar
ishlab chiqarilishi va bozorga keltirilishi uchun zarur bo`lgan mehnat miqdori bilan
belgilanadi. Istalgan tovarning narxi kabi, pul qiymati ham talab va taklif
mutanosibligiga bog`liq. Shunday qilib, Rikardo YUm tomonidan ilgari surilgan
mablag` miqdoriy nazariyasini rivojlantiradi. Mamlakatda pulning ortig`i yoki
etishmasligi Rikardoning fikricha, faqatgina tashqi savdo orqali belgilanadi.
Masalan, pul miqdorining oshishi narx oshishiga olib kelib, bu holat tovarlarning
chet eldan olib kelingan holda pulning ham chet elga chiqib ketishini yuzaga
keltiradi.
Dostları ilə paylaş: