62
rivojlanishini mumkinligiga ishonib erkin raqobatchilik qoidalarini yuridik
rasmiylashtirish yo`llarini yaratish haqida fikr bildirgan.
T.R.Mal`tus iqtisodiy nazariyasi. Ingliz iqtisodchisi Tomas Robert Mal`tus
(1766-1834), asli ruhoniy bo`lib, Shu bilan birgalikda ilmiy faoliyat bilan ham
Shug`ullangan. 1805 yildan boshlab, u Ost-Hindiston kompaniyasi kolledjida
siyosiy iqtisoddan dars bergan. Mal`tusning asarlaridan «Jamiyatning kelajakdagi
ravnaqi borasida aholi qonuniyatlari haqidagi tajriba» (1798), hamda «Renta tabiati
va o`sib borishi haqida tadqiqotlar» (1815) va «Siyosiy iqtisodiyot printsiplari»
(1820) kabi asarlari mavjud.
Predmet va uslub
. Umuman olganda, Mal`tus nazariyasi metodologiyasi
mumtoz siyosiy iqtisod umumiy printsiplariga muvofiq bo`lib, uning boshqa
namoyandalardan farqli o`laroq, tadqiqot predmeti sifatida ishlab chiqarishni taxlil
etgan (taklif), Shu bilan birgalikda Mal`tus talabga ham katta e`tibor qaratgan.
Dostları ilə paylaş: