Asosiy nazariy holatlar Boylik . Sismondi Smit va uning burjua namoyandalari tomonidan ilgari
surilgan boylik nazariyasidan farq qiluvchi nazariyaga ega bo`lgan. “Adam Smit
bilan birgalikda, - deb yozgan edi u, fikrimizcha, mehnat boylik kelib chiqishining
yagona manbaidir, ammo biz buning qatorga milliy boylik o`sishi, faqatgina millat
ravnaqi o`sishi bilan birgalikda yuz berishi kerak deb hisoblaymiz”.
Sismondining fikricha, Smit, jamiyatni faqat insonning iqtisodiy shaxslar summasi
sifatida qabul qilib, barcha xususiy boyliklar summasi milliy boylik summasini
tashkil etadi deb xato qilgan, Chunki buning oqibatida, ijtimoiy tengsizlik yuzaga
keladi. Sismondining ta`kidlashicha, Shunday tartibga qarab harakat qilish kerakki,
bu tartib, boyga ham, kambahalga ham bir - xil darajada ravnaq, shodlik va tinchlik
olib kelsin.
Narx va taqsimlanish . Sismondi, narx mehnat nazariyasini ilgari surib,
mehnat boylikning yagona manbai deb ta`kidlagan. Shu bilan birgalikda,
mehnatning jamiyat uchun zarur xarajatlariga bahoni faqatgina ishlab chiqarish
nuqtai nazaridan belgilagan. Smit va Rikardodan farqli o`laroq, u narxni talab va
taklif mutanosibligi sifatida qabul qilib, narx butun jamiyat talabi va mazkur
talabni qondirishi mumkin bo`lgan mehnat miqdori mutanosibligi deb belgilagan.
Sismondining daromadlarni taqsimlash nazariyasi mehnat tannarxi
nazariyasidan kelib chiqadi. Uning ta`kidlashicha, o`z mehnati mahsuliga xo`jayin
bo`lgan ishlab chiqaruvchi manfaatlariga asoslangan kichik tovar ishlab
chiqarishdan farqli o`laroq, kapitalizm sharoitida ish haqi ishchi mehnatining
qirqma mahsulidir, Chunki kapitalist ishchiga uning mehnati uchun etarli
darajadagi kompensatsiyani ta`minlab bermaydi, aksincha, uning hayoti uchun
zarur bo`lgan eng zarur vositalarni beradi xolos. Shunday qilib, Sismondining
fikricha, daromad, ishchi haqqini o`g`irlashdan boshqa hech narsa emas. Aynan
65
Shunday fikr, er rentasiga ham tegishlidir, ammo Smit fikriga tayangan holda,
Sismondi rentani er haqqi deb tushunadi, Chunki er ishlab chiqarish kuchiga ega.