Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


 Marjinalistika g`oyasining davriyligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

 
10.2. Marjinalistika g`oyasining davriyligi 
Marjinalistik inqilob jarayonida e`tirof etilishicha, u kelib chiqgan davraga 
ko`plab g`oyalar oldin ham mavjud bo`lib, bu g`oyalar mumtoz siyosiy iqtisod 
hukmronligi davridayoq marjinalistik g`oyalarni ilgari surgan. Ammo ular jamiyat 
tomonidan qabul qilinmay unutilgan. Marjinalistik inqilob asoschilari, mazkur 
nazariyalarni boshqatdan ilgari surishga harakat qilishdi, zero bu kabi ilmiy 
nazariyalarning barchasi, xuddi Shunday rivojlanish bosqichlaridan oldin ham 
o`tgan. Masalan mumtoz siyosiy iqtisod mohiyatan Kene va Smit nazariyalaridan 
kelib chiqib rivojlangan, Shu davrning o`zidayoq Petti, Buagil`ber va boshqa qator 
iqtisodchilar nazariyalari merkantilizm hukmronligi davrida tan olinmagan. Shu 
sababli, ilgarigi davr marjinistlari haqida quyida to`xtalib o`tamiz. Marjinalistik 


91 
inqilobni ikki bosqichga bo`lish mumkin bo`lib, ular predmeti va uslubi bilan bir - 
biridan farq qiladi.
Marjinalistik inqilobning birinchi davri XIX asrning 70-80-yillarning 
o`rtasiga to`g`ri keladi. Albatta, Shuni e`tiborga olish kerakki, birinchi bosqich 
g`oyalari tarafdorlari bo`lgan iqtisodchilar, keyingi davrlarda ham yashab faoliyat 
yuritishgan. yuqorida aytib o`tilganidek, birinchi bosqichning asosiy 
nazariyachilari Avstriyalik olim K.Menger, ingliz olimi U.S. Jevens va frantsuz 
olimi L. Val`ras kirgan. Ulardan hayoti davrida faqatgina Menger mashhurlikka 
erishib, uning shogirdlari va tarafdorlari Avstriya maktabi tushunchasi ostida 
birlashishgan. 
Birinchi bosqich marjinalistlari, boshlang`ich toifa sifatida tannarx g`oyasini 
saqlab qolishgan bo`lsada, tannarx nazariyasining o`zini o`zgartirishdi. Endilikda, 
tannarx, mumtoz siyosiy iqtisodda takidlangan, tovar ishlab chiqarishga sarflangan 
xarajatlar bilan emas, tovarning maksimal foydalilik darajasi bilan belgilangan. 
Demakki, tadqiqot predmeti o`zgargan. 
Agar, iqtisodning boshlang`ich asosiy sohasi sifatida ishlab chiqarish (taklif) 
qabul qilingan bo`lsa, keyinchalik iste`molchilik sohasi (talab) qabul qilingan. 
Foydalilik sub`ektiv tushuncha bo`lganligi sababli, Yangi nazariy yo`nalish 
boshlang`ich davrlarda sub`ektiv yo`nalish deb ataldi. 
Tannarx asosida predmetning foydalilik darajasi yotadi degan g`oya o`z-
o`zidan Yangi emas edi, u vaqt - vaqti bilan XVIII asrdan boshlab iqtisodiy fikrda 
keyingi davrlarda ham yuzaga kelgan edi. Tannarxga kam uchrash omili ham ta`sir 
etishi haqidagi g`oya ham tilga olingan, ammo bu ikki g`oyaning maksimal 
foydalilik tushunchasiga birlashishi Yangicha qarashni yaratdi. Maksimal 
(marjinal) kattaliklar tadqiqoti, Yangicha nazariy yo`nalishning farqli o`ziga 
xosligiga aylanib, uning nomini asosi sifatida qabul qilindi. Maksimal kattalik, 
hodisaning mohiyatini emas, mo„ayyan hodisa kattaligining boshqa kattalik 
o`zgarishi sababli o`zgarishini bildiradi. Boshqacha qilib aytganda, marjinalizm 
iqtisodiy jarayonlarni tadqiq etgan. 
Iqtisodiy o`zgarishlar (jarayonlar) marjinalistlar tomonidan matematik 
ravishda modellashtirilib, differentsial tenglamalar (muvofiq grafiklar) asosida 
o`rganilgan. Differentsial tenglama, mustaqil o`zgaruvchan kattalikni, uning 
funktsiyasini (ya`ni bog`liq o`zgaruvchanlikni), hamda ishlab chiqarish 
funktsiyasini (uning o`zgarish tezligini) o`zaro bog`lagan. Bunday modellashtirish, 
iqtisodiy hodisalar optimal kattaligini topish uchun qo`llanilgan. «Optimum» bu 
funktsiyaning, uning oqibati nol`ga teng bo`lgan ekstremal mazmunini bildiradi 
(maksimal yoki minimal).
Marjinalistik uslub matematik tilda shakllantirilishi bilan, - deb yozgan edi 
amerikalik iqtisodiy fikr tarixchisi B. Seligmen, - xo`jalik faoliyati mazmunini 


92 
maksimizatsiyasi muammosini tavsiflash imkoniyati yuzaga kelib, foydalalik, 
narx, daromad, ishlab chiqarish hajmlari, daromad va xarajatlar minimizatsiyasi 
uchun muhim bo`lib qoldi.
Modellashtirish istalgan boshqa nazariyadan ko`proq ravishda real hodisa 
yoki jarayon soddalashtirilishini ko`zda tutadi. Istalgan model` – «boshqa teng 
sharoitlarda» tushunchasini tarkibiga oladi. Iqtisodiyotning matematik 
modellashtirilishi bilan Shug`ullangan holda, marjinalistlar soddalashtirishni 
qo`llab, bunda sof iqtisodiyotnigina tadqiq etishdi, ya`ni ijtimoiy hodisalardan 
tashqari bo`lgan iqtisodiyotni. Mazkur atama L. Val`ras qalamiga mansub bo`lgan 
« Sof siyosiy iqtisod elementlari» (1874) asarida ham tilga olingan edi. 
Keyinchalik mazkur yondashuv siyosiy iqtisod atamasining iqtisodiyot 
(ekonomika, ekonomiks (ingliz)) atamasiga almashtirilishiga ta`sir etdi, Chunki
mumtoz siyosiy iqtisodiyotga bag`ishlangan mavzu doirasida aytib o`tilganidek, 
siyosiy so`zi Yunoncha «polis» (jamiyat, davlat) atamasidan olinib, siyosiy 
iqtisodiyot atamasi jamoatchilik (ijtimoiy) iqtisodiyoti ma`nosini belgilaydi. 
Xususan, U.S. Djevons o`z kitobini «Siyosiy iqtisod nazariyasi» (1871) deb atagan 
bo`lsa, keyingi asarini «Iqtisodiyot printsiplari» deb atadi. Nazariyaning Yangicha 
nomlanishining oxirgi varianti marjinalistik inqilobning ikkinchi bosqichida qabul 
qilindi. Marjinalistik inqilobning ikkinchi bosqichi XIX asrning 80-90-yillari 
o`rtasiga to`g`ri keladi. Mazkur nazariyaning asoschilari ingliz olimi A. Marshall, 
amerikalik olim D.B. Klark, va italiyalik olim V. Paretolar edi. Ular tannarx, 
hamda boshlang`ich toifa printsipidan voz kechib, iqtisodiy aloqalarning natijaviy 
talqinini funktsional talqin bilan almashtirishdi. Natijada, ular tannarxning ikki 
nazariyasini (ishlab chiqarish xarajatlari, hamda foydalilik darajasidan kelib 
chiqgan holda belgilanishi) birlashtirib, bir vaqtning o`zida tannarx tushunchasidan 
voz kechib, faqatgina narx tushunchasini qoldirishdi, hamda narx deb talab va 
taklifga bog`liq tenglik darajasi deb belgilab berishdi. «Biz narx predmetning 
foydaliligi, yoki predmetning ishlab chiqarish xarajatlari bilan boshqarilishi 
haqidagi munozaralarga teng ravishda munosabat bildirishimiz mumkin edi, ammo 
bir varaq qog`ozni bir vaqtning o`zida, qaychining har - ikkala kesuvchi qismi 
kesishini unutib qoldirayapmiz» - deb yozgan edi A. Marshall. 
«Endilikda aytish mumkinki, - deb ta`kidlagan edi, ikkinchi bosqich 
namoyandasi V. Pareto, - istalgan iqtisodchi tannarx sababini qidirar ekan, tenglik 
sintetik hodisasini to`liq tushunmasligini aniqlaydi». 
Endilikda, tizimni belgilovchi printsip, tannarx tushunchasiga ega daraxt 
ko`rinishidagi sabab - natijaviy aloqalar ketma - ketlikda birlashtirilgan iqtisodiy 
hodisani tadqiq etuvchi boshlang`ich toifa printsipi emas, boshiga ham, oxiriga 
ham ega bo`lmagan o`zaro bog`liq tizim sifatidagi iqtisodiyot tushunchasini ilgari 
suruvchi tenglik printsipi faoliyat yurita boshladi. Xalq xo`jaligi darajasida 


93 
iqtisodiy tenglikning umumiy, hamda bir tovarning bozor darajasidagi iqtisodiy 
tengligini tadqiq etuvchi xususiy iqtisodiy tengliklar ajratiladi. Albatta, tenglik 
tushunchasi iqtisodiyot fanida Yangi emas edi. Xususan, mumtoz siyosiy iqtisodda 
talab va tannarx tadqiqotida talab va taklif tushunchasi mavjud edi, ammo bu erda 
u ikkilamchi bo`ldi, Chunki narx tushunchasining tannarx tushunchasiga nisbatan 
farqlari namoyon bo`ldi. 
Agarda tovar, bozorga haqiqiy talabni qondirish uchun etarli miqdorda olib 
kelinadigan bo`lsa, deb yozgan edi Smit, bozor narxi, uning tabiiy narxi bilan teng 
bo`ladi. Marjinalistik nazariyasida esa, tenglik tushunchasi, asosiy tushunchaga 
aylandi. 
Marjinalistik inqilobning ikkinchi bosqichida, tadqiqot predmeti ham 
o`zgardi. Sabab – natijaviy yondashuvidan voz kechish, iqtisodiyotning 
boshlang`ich va asosiy sohasidan ham voz kechish bilan barobar edi. Endilikda, 
tadqiqot predmeti sifatida iqtisodiyotni birinchi o`ringa ko`tarish edi. Ishlab 
chiqarish sohasi endilikda, tadqiqot predmetiga aylanganligi sababli (iste`mol 
sohasi bilan bir qatorda), ikkinchi bosqich marjinalistlari neomumtozlar nomini 
olishdi. Bunda ular, marjinalistik g`oyalarga sodiq qolishib, maksimal kattaliklarni 
nafaqat talab muammolariga nisbatan, balki taklif muammolariga nisbatan ham 
qo`llasha boshlashdi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin