99
ehtiyojlari zanjiri ham, bug`doyning beshinchi qopida uziladi. Agarda fermer
minglab qop bug`doy etishtirsa, qop maksimal foydalilik darajasini uning shaxsiy
iste`mol darajasiga belgilash imkoniyati mavjud bo`lmaydi.
Tannarx belgilanish jarayonida maksimal foydalilikdan voz kechmaslik
uchun avstriyaliklar mantiqiy zanjirni taklif etishdi, unga muvofiq ommaviy ishlab
chiqarish tovarlari tannarxi, ishlab chiqaruvchi shaxsan o`zi
uchun sotib olgan
predmetlar iste`mol predmetlari foydalilik darajasi bilan belgilanib, mazkur sotib
olishga mo`ljallangan mablag`larni u tovarlarni sotibgina egalik qila olar edi.
Shunga o`xshash sxema, avstriyaliklar tomonidan ishlab chiqarish xarajatlar
baholanishi uchun ham qo`llanilgan.
Narx
. Almashinayotgan tovarlar ishlab chiqarilish xarajatlari tengligiga
asoslangan ekvivalentli almashinuvni ko`zda tutuvchi mumtoz siyosiy iqtisoddan
farqli o`laroq, Menger nazariyasida
almashinuv noekvivalentdir, Chunki
almashtirayotgan har - bir shaxs, o`zi uchun foydasiz mahsulot evaziga foydali
mahsulot oladi. Pul evaziga tovar sotib olinishida bozor narxi talab va taklif
narxlari mutanosibligi asosida yuzaga keladi.
Talab narxi, xaridor nuqtai -
nazaridan mazkur tovar maksimal foydali darajasi bilan belgilansa, taklif narxi
sotuvchi nuqtai - nazaridan xuddi Shu tovar maksimal foydaliligi bilan
belgilanadi. Mazkur ikki narx orasida, odatda mo„ayyan interval mavjudligi bois,
oxirgi narx masalasini sotuvchi va xaridor savdo qilish ko`nikmasi hal qiladi.
Qizig`i
shundaki, Avstriya maktabi ning savdoga nisbatan e`tibori vaqt o`tishi
bilan yuksak natijalarni berdi, zero vena universitetining sobiq talabalari bo`lmish
Dj.Fon Neyman (1903-1957) va O.Morgenshtern (1902-1977) keyinchalik
AQSHga ko`chib o`tib, XX asr o`rtalarida “o`yin” nazariyasini yaratishdi.
Avstriya maktabi namoyandalari, asta sekinlik bilan real bozorga yaqinlaShuvchi
holatlardagi narx shakllanishini ko`rib chiqishgan. Izolyatsiya sharoitiga
almashinuvda, ya`ni bir tomonlama, va ikki tomonlama raqobatchilik
sharoitlarida. Ikki tomonlama raqobatchilik sharoitlarida, bozor narxi, bir
- biriga
maksimal darajada yaqin bo`lgan xaridor va sotuvchi narxlariga tayangan holda
belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: